Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 931.94-8.17

  • EUR

    14 107.4551.9

  • RUB

    150.184.56

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 20:00

    +12 C

  • 21:00

    +11 C

  • 22:00

    +10 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 12-March

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 20:00

    +12 C

  • 21:00

    +11 C

  • 22:00

    +10 C

  • 23:00

    +10 C

  • Chorshanba, 12

    +14 +20

  • Payshanba, 13

    +14 +20

  • Juma, 14

    +14 +20

  • Shanba, 15

    +14 +20

  • Yakshanba, 16

    +16 +20

  • Dushanba, 17

    +18 +20

  • Seshanba, 18

    +19 +20

  • Chorshanba, 19

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Moratoriyni mensimayotganlar kimlar?

O'zbekistonda yuzlab daryo, kanal va soylar bor. Ming afsuski, bugun ular katta xavf ostida. Masalan, uzoq yillar Qoradaryo va Oqdaryoda qum va shag'allarning noqonuniy qazib olinishi atrof-muhit, suv va yo'l xo'jaligi ob'ektlariga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Zarafshon daryosi qirg'og'ida joylashgan “Zarafshon milliy tabiat bog'i” hududida yerosti suvlari sathi 3-4 metrgacha pasayishi oqibatida daraxtlar qurib qolmoqda.
Jamiyat
506 13:57 | 06.03.2025 13:57

Umuman olganda, hozir daryolarning suv sathi 5 metrga pasaygan, bu hatto o'zanlar ustiga qurilgan avtomobil' yo'llaridagi ko'priklarning tayanch ustunlari ochilib qolishiga ham sabab bo'lgan.


So'nggi vaqtlarda bunyodkorlik ishlari yanada ko'paydi va bu ularning barchasi daryolarga “ko'z tikkan”. Ekologlarning fikricha, daryolardan muntazam qum-shag'al qazib olinaversa, yer osti suvlari qochib, daryo o'zanlari o'zgaradi. Buning ustiga, qazib olishning belgilangan normalari bor. Noqonuniy kar'erlarda hech qanday tartibga rioya qilinmasligi oqibatida tabiatga jiddiy zarar yetyapti, qirg'oqlar chiqindixonalarga aylanyapti.


Jurnalist Nargis Qosimova ushbu dolzarb mazvu bo'yicha shunday fikrlar bildirdi:


– Daryoda tayyor yuvilgan, mayda shag'allar bor. Agar qurilish uchun toshlar tog'lar chetidan olinadigan bo'lsa, uni qazish va «drobilka»larda maydalash va yuvish kerak. Albatta, bunga katta mehnat va mablag' talab qilinadi. Shuning uchun asosiy qum-shag'al olinadigan joy – daryo o'zanlari bo'lib qolgan. Korruptsiya bartaraf bo'lmas ekan, bu narsa davom etaveradi. Lekin bu oxir-oqibat halokatli sabablarga olib kelmasa, deb qo'rqaman. Yevropa davlatlarida daryolarning qirg'og'idan tosh ham olib bo'lmaydi. Buning uchun qat'iy choralar belgilab qo'yilgan...


2024 yil 17 yanvarda Prezidentimizning «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni e'lon qilindi. Unga binoan Сhirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o'zanlaridagi holat keskin choralar talab qilishi tufayli, ushbu daryolarda noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilindi. Bu boradagi nojo'ya harakat uchun jarima miqdori 10 barobarga oshirildi. Davlat ekologik inspektsiyasining tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi qat'iy nazorati o'rnatildi. Endilikda daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallari qazib olish huquqi faqat «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.


Moratoriyning bugungi kundagi ijrosi haqida hamda uning qurilishlar sohasiga ta'sirini bilish maqsadida ayrim mutaxassislar bilan suhbatlashdik.


Aktam RAHMATOV,
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi bosh mutaxassisi:


– Сhotqol tog' tizmalaridan boshlanib, Сhinoz tumanidan Sirdaryoga borib quyiluvchi Сhirchiq daryosining uzunligi 154 kilometrni tashkil qiladi. Bu daryo atrofida ichimlik suv ta'minoti joylashgan. Kar'erlar faoliyati esa, yer osti suvlari qochishiga, aholiga ichimlik suv yetkazib berish qiyinlashishiga olib keladi. Shuning uchun qabul qilingan moratoriy bularning oldini olishda yaxshi omil bo'ldi. Ayni paytda daryo bo'ylaridagi 50 dan ortiq firmalarning qum-shag'al qazib olish faoliyati to'xtatilgan va kunu tun navbatchilik reydlari o'tkazilyapti. Biroq moratoriy e'lon qilinganidan keyin ham, Toshkent viloyati hamda Sirdaryoning Toshkent viloyatidan oqib o'tgan qismida 20 ga yaqin noqonuniy qum-shag'al qazib olish ishlari amalga oshirilgan. Oqibatda tabiatga umumiy hisobda qariyb 800 milliard so'm atrofida zarar yetkazilgani aniqlandi. Ushbu firmalarga qonunda belgilangan tartibda jarimalar qo'llanildi.


Shu bilan bir qatorda, Сhirchiq daryosi bo'ylaridagi chiqindilar haqida ham gapirib o'tsak. Taassufki, atrofga kameralar o'rnatilganiga qaramay, hatto yuk mashinalarida turli maishiy chiqindilarni daryo atrofiga keltirib tashlayotgan kimsalar uchrayotgani achinarli hol. Daryo uzun, uning nazoratini to'liq qamrab olish uchun boshqarmada xodimlar ham yetishmaydi. Ayni damda daryoni qayta tiklash, uning atrofini toza tutish, yashillikni ko'paytirishga ehtiyoj katta.


Moratoriy amaliyotga tatbiq etila boshlangach, qum-shag'al va qayta ishlangan xomashyolarning narxi keskin ko'tarilib ketdi. Hozir qurilish qilayotgan xonadon yoki firma egasi bilan gaplashsangiz, xom­ashyolar narxlari deyarli ikki-uch barobarga oshganini aytib, yozg'irishadi. Yaqindagina qurilish qilgan bir fuqaro «klinets»ni o'tgan yil 800 ming so'mdan, endi esa 1 million 900 ming so'mdan sotib olganini aytdi. Shu paytgacha 600 ming so'mdan olib kelgan «sheben'»ni esa 1 million 300 ming so'mdan xarid qilgan.


Hovlilardagi qurilishlar-ku, mayli, o'z yo'liga. Lekin katta miqdorda xomashyo ketadigan ko'pqavatli uy-joylar qurilishlarida ahvol qanday? Nurafshon shahri ayni paytda Toshkent viloyatining ma'muriy markazi. Shu sababli, hududda qurilishlar avjida. Xo'sh, moratoriy uylarning sifati yoki xonadonlar narxining ko'tarilishiga olib kelmayaptimi? Biz quruvchi firmalar vakillarining ayrimlarini suhbatga tortdik.


Sirojiddin OLLOBERGANOV,
«Salom Nurafshon» hamda «Sabo Nur» MСhJlari rahbari, tadbirkor:


– Narxlar oshgan. Masalan, 3-4 oy oldin Сhinoz tumanidagi firmadan katta yuk mashinasida 6 mln. so'mdan qum olib keldik. Bultur xuddi shu miqdordagisini 2 mln. so'mdan olayotgandik. Ayni paytda Xorazm viloyatida ham qurilishlar olib boryapmiz, lekin u yerda «Chacman» mashina sig'imidagi qumni 900 ming so'mdan xarid qilamiz. Ob'ektlar uchun aholi bilan shartnoma qilib bo'lingan, xonadonlar narxini oshirolmaymiz. Lekin navbatdagi ob'ektlarni pishgan g'ishtdan emas, yengil konstruktsiya asosida qurishni rejalashtirdik. Ya'ni bunda shuvoq qilinmaydi, tayyor beton olinadi, gazoblok ishlatiladi, devorlariga ishlov berishda issiq-sovuqqa mo''tadil bo'lgan – bazal'tdan foydalaniladi. Tabiatga zarar keltirmaslik uchun moratoriy joriy qilingani yaxshi ish bo'ldi.


«Modern house» MСhJ bosh menejeri:


– Aholi bilan ikki yil oldin shartnoma tuzilgan. O'sha paytda qurilish ashyolarining narxi hisob-kitob qilinganida qum, «sheben'» narxlari arzon edi. Hozir esa, juda oshib ketdi. Biz ko'p sonli aholi uchun uy quryapmiz, shunday ekan, hech bo'lmasa, hokimlik yoki boshqa mutasaddilar tomonidan xomashyolar arzonlashtirilgan narxlarda ta'minlansa, yaxshi bo'lardi. Lekin narxlar oshgani qurilish sifatiga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi. Сhunki Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspektsiyasi ishlatilgan har bir narsani maxsus uskunalar orqali qat'iy tekshirib qabul qiladi. Ularning yakuniy xulosasisiz uyni topshirolmaymiz.


Qum-shag'al yo'llar qurilishida ham ishlatiladi. Xo'sh, moratoriyning yo'lsozlik sohasidagi sifatga ta'siri bormi? Bu borada Toshkent viloyati Avtomobil' yo'llari hududiy boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Abdug'ofur YuSUPOV shunday dedi:


– Moratoriyning joriy qilinishi va qum-shag'al narxlari oshishining yo'llar qurilishi sifatiga hech qanday ta'siri yo'q. Shunchaki, endilikda shag'al pulli bo'ldi. Masalan, endi 1 tonna asfal't narxiga taxminan 10 foiz qo'shildi. Shag'allar maxsus ruxsatnomasi bor firmalardan olib, ishlatilatilaveradi.


Biz Piskent tumanida joylashgan qum-shag'alni qayta ishlovchi «drobilka»ga ham borib, mahsulotlar narxlari bilan qiziqdik.


– Bitta «ZIL» mashinasidagi qumning bahosi 1 million so'm, – deydi yuk mashinasi haydovchilaridan biri. – Tirikchiligim shundan. Kechgacha shu yerda bo'laman, xaridor kelsa, 800 ming so'mga qum ortib berishadi, men esa manziliga qarab, 200 ming so'mdan boshlab yo'lkira haqi olaman. «sheben'» narxi 750 ming so'm. Shag'al esa hozir yo'q...


Shuningdek, yangiyo'llik bir «hojatbaror»ning ushbu mahsulotlarni topib berish bilan shug'ullanishini eshitib, go'yoki xaridor sifatida unga qo'ng'iroq qildik va mahsulotlarni arzonroq narxda topib berishini so'radik.


– Сhinozdan toza, yuvilgan qum topib berolaman, – dedi u. – Qumni ortish va manzilga eltish katta «Howo» mashinasida 4 mln. so'm bo'ladi. Agar manzilingiz uzoqroq bo'lsa, narx biroz oshishi mumkin. Arzoni yo'q, oxirgi taqalgan narx shu. Shag'al hozir yo'q. Lekin Sirdaryodan kechasi qazib, ortib berayotganlar haqida bilaman. Istasangiz, surishtirib sizga shag'al topib beraman...


Prezident farmoni bilan e'lon qilingan moratoriyda Sirdaryo nomi ham bor edi. Ajabo, u daryodan kechasi shag'al qazib olayotgan shovvozlar kimlar ekan-a?


Ko'rinib turibdiki, moratoriyni mensimay, shaxsiy manfaatlari yo'lida daryoga ziyon yetkazayotganlar hamon bor. Ona tabiat – barchamizniki. Tabiiy boyliklarni shaxsiy manfaatlar uchun yo'q qilish emas, borligicha asrash barchamizning insoniylik burchimiz. Zero, bizdan keyingi avlodlar ham mana shu daryolardan suv ichishini, yashilliklardan bahramand bo'lishlarini hisobga olaylik!


Xolida EGAMBERDIEVA
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3617 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat