Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yangi yilni turli davlatlar qanday kutib oladi?

Yil yakunlab bormoqda va har safar biz yangi yil boshlanishdan oldin o'zimiz va farzandlarimiz uchun qiziqarli g'oyalar o'ylab topishga harakat qilamiz.
O'zgacha rakurs
309 14:48 | 16.12.2024 14:48

Yangi yil uchun uy inter'erni o'zgartiramiz, sovg'alar sotib olamiz, taomnomani xilma-xil qilishga harakat qilamiz. Bayramning zo'r o'tishi ko'p jihatdan an'analarga ham bog'liq. Bezatilgan archa, xushbo'y mandarinlar, mushakbozlik, tilaklar yozilgan xatlar. Bularning barchasi bizga bolalikdan tanish. Dunyo mamlakatlarida yuz yillar davomida yangi yilni kutib olishning o'ziga xos an'analari shakllangan. Ba'zi an'analar juda g'alati, boshqalari biz uchun mutlaqo tushunarsiz. Ulardan ayrimlarini keltiramiz.


Rossiya o'lkalari


Yangi yil odatdagidek o'tadi, ya'ni 31 dekabrdan 1 yanvarga o'tar kechasi nishonlanadi. Bayram oila davrasida o'tkaziladi, keyin mehmonlar tashrif buyuradi. Qorbobo va Qorqiz tomonidan bolalarga sovg'alar tarqatiladi.


Evropa mamlakatlarining yangi yil an'analari


Evropaliklar Rojdestvo bayramiga 25 dekabr' kuni ko'proq ahamiyat qaratishadi.


Avstriya


1 yanvarga o'tar kechasi Vena aholisi va sayyohlarning katta oqimi "Tinchlik qo'ng'irog'i" (barchani tinch hayotga chaqirig'i) ovozini eshitish uchun Avliyo Stefanga katta olomon bo'lib boradi. Qolaversa, qadim zamonlardan beri Yangi yil arafasida mo'ri tozalovchini ko'rish va hatto uning kiyimiga qo'l tekkizib, loyga belanish yaxshi an'ana sifatida baholanarkan. Ammo hozir truba tozalagichni uchratish unchalik oson emas, shuning uchun avstriyaliklar ob'ektni "almashtirishdi." Ular uchun cho'chqa yaxshilik alomati hisoblanadi. Mana shu hayvon shaklidagi suvinerlarni bir-birlariga farovon hayot tilab sovg'a qilishadi.


Albaniya


Bu davlatda bayram o'zgacha kutib olinadi. Eng muhimi ularda halqa shaklidagi mashhur pirogi tayyorlanadi. Urf-odatlar ham ko'p, chunki Albaniya hududida goh xristian, goh musulmon madaniyati hukmronlik qilgan. Bu an'analarning biroz chalkashligiga olib keldi. Hozir mamlakatning turli burchaklarida bayram turlicha nishonlanmoqda. Eng keng tarqalgan odat -daraxt yoqish. Darvoqe, bu odat chechen xalqlarida ham bor. Yangi yilga bir hafta qolganda uyga kesilgan daraxt olib kelishadi. Ideal holatda u tekis va chiroyli bo'lishi kerak. Bayram kechasida uni hosildorlik ramzi bo'lgan o'tlar bilan birga yoqishadi. Ular uyga osoyishtalik olib keladi va barcha qiyinchiliklarni quvib chiqaradi deb hisoblashadi.


Bolgariya


Yangi yilning ajralmas bo'lagi - qizil tayoqchalar. 1 yanvar' kuni ertalab bolalar kattalar oldiga kelib, tayoqchalarini bir-biriga urib tabriklashlari kerak.


Shuningdek, oilaning eng kichik a'zosi mehmonlarni kutib olib, ularga qo'shiqlar kuylaydi. Tabiiyki, bu tekin emas.


Shvetsiya


Shvedlar Yangi yilni oilasi bilan kutib olishmaydi. Yangi yilni "jamoatchilik" bayrami deb bilishadi. Uni hamkasblar, do'stlar va tanishlar bilan nishonlagan ma'qul deb hisoblashadi. Hattoki do'stlari bo'lmasa ko'chada bekorchilar bilan ham kutib qo'ya qolishadi. Shvetsiyada aksariyat Yevropa mamlakatlaridan farqli o'laroq, bolalarga sovg'alarni baland bo'yli soqolli qariya emas, balki gnom olib keladi. Unga turli hayvonlar, parilar, shahzoda va malika va hatto qor malikasi ham yordam beradi. Shvedlar har-xil fol ochishni juda yaxshi ko'rishadi. Yangi yil kechasida ular tarelkalarni qo'shnilarning eshigiga urib sindirishadi. Parchalar qanchalik mayda bo'lsa, yangi yilda baxt shunchalik ko'p keladi.


Niderlandiya


Niderlandiyaliklarda ajoyib odat bor. Uy bekasi bayram dasturxoni uchun tayyorlagan pirogiga no'xat yashiradi va u kimga duch kelsa, u "toj kiygan" deb hisoblanadi va uni ko'klarga ko'tarib maqtaydi.


Gollandiya


Gollandlar o'zlari bilan gugurt olib, yangi yil ziyofatiga borishadi. Gugurt keyinchalik kaminda yoqiladi. Agar u butunlay yonib ketsa, yil juda omadli o'tadi.


Italiya


Ital'yanlar sershovqin va serg'ayrat xalq. Ularning yangi yil an'analari ham xuddi shunday favqulodda ro'y beradi. Masalan, Italiyada bir-birlariga qizil ko'ylak sovg'a qilish, keraksiz narsalarni derazadan uloqtirish odat tusiga kirgan. Narsa uloqtirish an'anasidan sekin-sekin voz kechishmoqda, chunki bu ko'plab odamlarga shikast yetkazgan. Lekin hali-hamon derazadan uchib tushayotgan kresloga hech kim ajablanmaydi. Ital'yanlar keraksiz chiqindilarni tashlab, bir yil ichida to'plangan salbiy energiyadan xalos bo'lamiz deb o'ylashadi. Ilgarilari uy derazasidan hatto eski, og'ir mebellarni ham uloqtirib tashlash mumkin edi, endi o'tkinchilarga zarar yetkazmaslik uchun kichikroq buyumlar bilan xayrlashishga harakat qilishadi.


Amerika mamlakatlarining yangi yil an'analari


Amerika sehrli diyorda bizga ma'lum bo'lmagan qandaydir alohida an'analar mavjud emas. Yangi yil 31 dekabrda boshlanadi. 1 yanvar' esa bayramona paradlar va yurishlar bilan boshlanadi. Ular ko'p jihatdan yevropaliklarga o'xshaydi.


Argentina


O'tayotgan yilning so'nggi ish kunida argentinaliklar eski yil bilan afsuslanmay xayrlashadi: eski taqvimlar, kvitantsiyalar, blankalar va boshqa keraksiz hujjatlarni tashlab yuborishadi. Deraza tagidagi trotuarlar qalin qog'oz qatlami bilan qoplanadi. Bu shaharliklarning o'zlariga yoqqan eng yoqimli odati.


Braziliya


Braziliya aholisi dengiz ma'budasiga albatta sovg'alar keltirishlari kerak. Oq kiyim kiygan ayollar va erkaklar sohilga minglab yoqilgan shamlar yoki oq gulbarglar olib kelishadi. Bayramning romantik qismidan keyin karnaval boshlanadi.


Meksika


Meksikaliklar soat bong urishi bilanoq qog'ozni yondirib, kulini shampan' vinosiga qo'shadi. Soat kechgi 12 ga bong urishi bilan bir-birlariga 12 ta tilak bildiradi.


Osiyo va Afrika mamlakatlarining yangi yil an'analari


Osiyo mamlakatlari Amerika yoki Yevropa mamlakatlariga qaraganda biroz murakkabroq bayram nishonlaydi. Hamma gap xitoy taqvimiga bog'liq. Unga ko'ra, yangi yil 21 yanvardan 19 fevralgacha bo'ladi. Biroq, ba'zi mamlakatlar 1 yanvarni ham nishonlaydi.


Yaponiya


Yangi yil bir hafta davom etadi. Banklar, yirik do'konlar va tashkilotlar o'z faoliyatini to'xtatadi. Bayram arafasida yil ramzi bo'lgan hayvon tasviri tushirilgan tabriknomalar tayyorlanadi. Kirish eshigiga poxol, bambuk yoki qarag'ay novdalaridan maxsus bezak - kadomatsu quriladi. Shuningdek, bir juft turli rangdagi havo ilonlarini tayyorlash kerak. Ammo ularni faqat erkaklar ishga tushirishi kerak. Uy ichida olxo'ri (yordam ramzi), bambuk (bolalar ramzi) va qarag'ay (uzoq umr ko'rish ramzi) shoxlari bo'lishi shart. Yangi yil kechasida uydagilarning hammasi qattiq kulishlari - yovuz ruhlarni haydashlari kerak.


Yangi yil haftasi davomida quyidagi so'zlarni talaffuz qilish mumkin emas: tulki, ajdar, yo'lbars, ilon, o'lim, jinlar. Agar kimdir o'z nutqiga e'tibor bermasa (odatda, bu bolalar), ular og'zini maxsus marosim matosi bilan artishlari kerak.


Vetnam


Yangi yilda vetnamliklar uyda o'tirishmaydi. Ularda ko'chada gulxan yoqish, bir-birlarini guruchli taomlar bilan siylash, tirik baliqlarini hovuz yoki daryoga chiqarish odat tusiga kirgan. Mehmonlarga shaftoli novdalari sovg'a sifatida taqdim etiladi. Ideal mehmon esa 70 yoshdan oshgan odamdir. Vetnamliklarning fikricha, agar yangi yil dasturxoni ortida yetmish yoshdan oshgan odam o'tirsa, uning donoligi barcha ishtirokchilarga tarqaladi. Mehmon qancha katta bo'lsa, unga shuncha hurmat-ehtirom ko'rsatiladi.


Tailand


Bu mamlakatda siz na archalarni, na odatiy atributlarni uchratasiz. Buning o'rniga taylar sizga suv quyib berishadi. Bu an'ana omadni jalb qilish va poklanishga qaratilgan.


Hindiston


Eng yorqin va ekzotik mamlakatlardan biri. Yangi yilda yomon kayfiyatda bo'lish qat'iyan man etiladi. Garchi bu juda qiyin bo'lsa-da, atrofingdagi hamma narsa oq, binafsha, pushti va yorqin qizil ranglar bilan bezatiladi. Hamma joyda chiroqlar miltillaydi, patnisda esa yaqinlar tomonidan sovg'alar kutadi.


Xitoy


Xitoyda bizning archamizning analogi bo'lgan Nur daraxti bezatiladi. Daraxtdan tashqari, xitoyliklar juda ko'p turli xil chiroqlarni yoqishadi.


Markaziy Afrika


Afrikada marosim raqslaridan tashqari qiziqarli an'ana bor – tuxum bilan tezlikka yugurish. Kim birinchi bo'lib yugurib kelib, tuxum sindirmasa, o'sha g'olib chiqadi. Bayramning ekzotikligi bo'yicha rekordchi - Avstraliya. Qor ham yo'q, archa ham yo'q, bug'u qo'shilgan arava ham yo'q. Lekin pal'malar, quyosh, okean va Santa Klaus bor.


Ha, ha, Avstraliyada Yangi yilni shunday nishonlashadi: oftobda, sirfing taxtasi va Santa Klausning an'anaviy kiyimida kutib olishadi.


Ekvador


Ekvadorda Yangi yilni kutib olishning quvnoq an'anasi mavjud. Mahalliy aholi sayohat qilishni juda yaxshi ko'radi va agar soat zang urguncha katta chamadon bilan uy atrofida o'n ikki marta aylanib chiqilsa, kelgusi yilda ular albatta ko'plab turli joylarga va mamlakatlarga tashrif buyurishlari mumkinligiga ishonishadi.


Feruza RAHIMOVA,


ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs