Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +23 +20

  • Yakshanba, 24

    +22 +20

  • Dushanba, 25

    +19 +20

  • Seshanba, 26

    +21 +20

  • Chorshanba, 27

    +20 +20

  • Payshanba, 28

    +20 +20

  • Juma, 29

    +22 +20

  • Shanba, 30

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Oddiy ishchidan ish beruvchiga aylangan zamonamiz qahramonlari

"Bugun Kattaqo'rg'on ko'chalarida chiqindi ko'rmaysiz, xodimlarim ko'cha kuylardagi baklajka, salafan, qog'oz, temir, xullas nimaiki shahrimiz husniga dog' bo'lib yotgan chiqindilar bo'lsa, ularni yig'ib kelishadi. 26 xil turdagi chiqindini qayta ishlab, yetti xil turdagi mahsulot chiqaramiz. Eng kam maosh oladigan xodimim – 3 mln so'm oladi. Har kuni ishchilarim bilan birga, bir stolda tushlik qilaman..."
Jamiyat
161 14:11 | 19.08.2025 14:11

Yaqinda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin qizlar qo'mitasi, “Hamroh” kompaniyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamkorligida tadbirkor ayollar uchun “Ayol, biznes, innovatsiya” mavzusidagi o'quv seminari tashkil etildi.


U yerga respublikamiz bo'ylab turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan opa-singillarimiz tashrif buyurishdi.


Seminarda 165 nafar yetakchi va istiqbolli tadbirkor ayollar ishtirok etib, biznesni rivojlantirish, mahsulotni eksportga chiqish, elektron tijorat kabi muhim yo'nalishlarda bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.


Qatnashchilar bilan muloqot qilib, yaqindan suhbatlashib, ularning har biri katta yurak sohibi – zamonamiz qahramonlari ekanini angladim. Nega desangiz, bir paytlar oddiy ishchi-xodim bo'lgan ayollar bugun katta-katta g'oyalarni amalga oshirmoqda. Qo'l ostida kamida 7-8 nafardan tortib, 500 nafargacha bo'lgan ishchilari bor ulkan jamoaga rahbarlik qilmoqda. Shunday bo'lgach, ular albatta bugungi zamonamiz qahramonlari-da!


***


Ulardan biri sirdaryolik Shahlo Azimova...


Opa bir paytlar bolalar bog'chasida tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlagan. Keyinchalik bir dugonasining taklifi bilan ayollar sartoroshligi kasbini o'rganib, go'zallik salonlaridan birida ishlay boshladi. Ko'p o'tmay o'zi ham shunday go'zallik saloni ochdi. Keyinchalik esa xonadon bog'chasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda yolg'iz qolgan qariyalar holidan xabar olib, ularning uyini tozalab, ovqatini qilib beruvchi xodimlarni birlashtirgan markaz ochdi. 10 nafardan oshiq ishchi-xodimlari bor.


***


Yana bir tadbirkor qashqadaryolik Gulshan Buvrajabova. U asli tikuvchi bo'lib, 2022 yildan buyon oilaviy tadbirkor sifatida ayollar va erkaklar kiyimi ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelmoqda.
Qo'l ostida 10 dan oshiq shogirdlari bor. Bundan tashqari mahalla guzarida yoshlarga kasb-hunar o'rgatuvchi markaz ham tashkil etgan. U yerda tikuvchilik, qandolatchilik, bolalar massaji, bolalar bog'chasi enagasi kabi yo'nalishlarda yoshlarni hayotga tayyorlaydi. Jami 100 dan ortiq ishchisi bor. Gulshan opa Turkiya va qirg'izistonlik hamkasblari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Buning natijasida hamma turkiyadan kiyim olib kelsa, opa jamoasi bilan turkiyaga va qirg'izistonga kiyim tikib yuboradi va eavaziga yaxshigina haq oladi.


***


Kattaqo'rg'onlik Gulmira Jumaeva chiqindini qayta ishlashni yo'lga qo'ygan. 426 nafar qonuniy va doimiy ishlovchi xodimi bor. Ularning 123 nafari nogironligi bo'lgan va kam ta'minlangan oila vakillaridir.


–Bugun Kattaqo'rg'on ko'chalarida chiqindi ko'rmaysiz, xodimlarim ko'cha kuylardagi baklajka, salafan, qog'oz, temir, xullas nimaiki shahrimiz husniga dog' bo'lib yotgan chiqindilar bo'lsa, ularni yig'ib kelishadi. 26 xil turdagi chiqindini qayta ishlab, yetti xil turdagi mahsulot chiqaramiz. Eng kam maosh oladigan xodimim – 3 mln so'm oladi. Har kuni ishchilarim bilan birga, bir stolda tushlik qilaman, – deydi Gulmira opa.


***


Ha, chetdan qaraganda tadbirkorlik juda havas qilgulik ishdek tuyuladi. Aslida ham shunday. Yurtimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yayotgan, ishsiz yurtdoshlarimizni ish bilan ta'minlab daromad topishiga sababchi bo'layotgan bunday ayollarimizning izlanishi, intilishi tahsinga loyiq. Ammo buning ortida juda katta matonat, qiyinchiliklar va yugur-yugurlar turganini hamma ham his etavermaydi. Ko'pchilik tadbirkorlar ish boshlayotganlarida banklardan katta miqdorda kreditlar olishgan. Endilikda oyma-oy ana shu kreditlarni to'lab borishadi va shu bilan birga, boshlagan ishlarida yangiliklar, qulayliklar qilishga ham harakat qilishmoqda.


Oiladan, farzandlar tarbiyasidan ortib, ana shunday ulkan ishlar bilan band bo'lgan, davlatimiz farovonligiga munosib hissa qo'shayotgan, yuragi katta zamonamiz qahramonlariga sog' bo'ling, omon bo'ling, aslo kam bo'lmang, deb qolamiz.


Zebo NAMOZOVA
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4822 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat