Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 880.35-29.8

  • EUR

    14 535.47-125.3

  • RUB

    156.68-3.1

+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+28c

  • Hozir

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 12-May

+28C

  • Hozir

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +21 C

  • Dushanba, 12

    +28 +20

  • Seshanba, 13

    +31 +20

  • Chorshanba, 14

    +33 +20

  • Payshanba, 15

    +34 +20

  • Juma, 16

    +35 +20

  • Shanba, 17

    +33 +20

  • Yakshanba, 18

    +25 +20

  • Dushanba, 19

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
205 10:35 | 10.05.2025 10:35

Prezidentning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ko'ra, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo'jaligi uchun yer tanlov asosida ijaraga berilgan edi.


O'tgan yili Andijonda bu yerlarning aksariyatiga chorva ekinlari va kungaboqar ekildi. Hosil ham haminqadar: kimdir bir-ikki tonna makkajo'xori silosi, yana kimdir 100-200 kilogramm kungaboqar hosili yig'ishtirib oldi.


Holbuki, bu yerlardan kamida ikki marta hosil olish kerak. Shundagina dehqonning qo'li pul ko'rib, kosasi oqaradi. Aks holda, sarflangan xarajat o'zini oqlamaydi.


Odatda dehqon hosilni parvarishlab, zararkunanda hashoratlardan asrab, uni xaridoriga yetkaza olsa, marraga yetgan hisoblanadi. Uzoqqa bormaylik, Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumanida shu yilning o'zida, oz emas, ko'p emas, 2,5 ming gektar yerga qulupnay ekildi. Har gektardan 10-12 tonna hosil olinib, o'rtacha 300 million so'mdan sof foyda ko'rildi. Buni mo'may daromad desa bo'ladi. Unga qulupnayning kilogrammini 25-35 ming so'mdan qo'shni Qirg'iziston, Qozog'istonga eksport qilish natijasida erishildi.


Lekin dehqon qo'lini qabartirib mehnat qilsa-yu, uni xaridorga pullay olmasa, ro'zg'origa baraka kiradimi? Ya'ni, yetishtirilgan hosilga dalaning o'zida pul to'laydigan mard topilmayapti. Xitoy tajribasidan ma'lumki, har bir hududda hosilni sotib olib, eksportga yo'naltiradigan yoki qayta ishlaydigan korxonalar tashkil qilinsa, samara beradi.


Agar xomcho't qilib ko'rsak, dehqon 10-15 sotix yerdan 5-6 tonna pomidor hosili olib, uning 2-3 tonnasini eksportchiga pullasa, hech bo'lmaganda, 10-15 million so'm daromad ko'rardi.


O'tgan yilning achchiq haqiqati shu bo'ldiki, piyoz, tarvuz yetishtirgan dehqon chuv tushdi. Gektarlab yetishtirgan hosilini suv tekinga sotdi, qanchasi kasodga uchradi. Holbuki, hosil eksportga chiqarilganda yoki qayta ishlanganda, foyda bo'lardi.


Shunday ekan, har bir hududda hosilni sotib oladigan kooperativ korxonalar tashkil etib, ularning faoliyatini jonlantirish payti keldi. Bu ezgu ishga mutasaddilar bosh bo'lib, dehqonga dalda bo'larmikinlar?


Anvarjon Halimov
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3978 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat