+18C

+18C

    O'zbekiston
    • Siyosat
    • Sport
    • Jamiyat
    • Iqtisod
    Xorij
    • Iqtisod
    • Siyosat
    Intervyu
    • Madaniyat va ma'rifat
    Kutubxona
    • Adabiyot
    • Ilmiy ishlar
    • Maqolalar
    • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
    Boshqalar
    • Suratlar so‘zlaganda...
    • Kolumnistlar
    • Arxiv
    • O'zbekiston jurnalistlari

    Telefon raqamingizni kiritng

    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

    Kirish

    Prem'er-liga klublarining e'tibori: Husanov uchun yoz qiziq kechadi

    O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov joriy mavsumda jarohatlardan keyin “Manchester Siti” tarkibida yana o'z o'rnini topdi. Ruben Diash, Jon Stounz va Yoshko Gvardiol jarohat olgan og'ir pallada 21 yoshli o'zbek futbolchisi himoya markazida ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning muhim figuralaridan biriga aylandi.
    Sport
    869 14:00 | 08.02.2026 14:00

    Husanovning muvaffaqiyatli o'yinlari uni “Manchester Siti” muxlislari tomonidan yanvar' oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilishi bilan ham tasdiqlandi.


    Ma'lum bo'lishicha, qishki transferlar davrida APLning ikki klubi — “Everton” va “Bornmut” Husanovga qiziqish bildirgan. “Everton” uni to'liq transfer qilishni, “Bornmut” esa ijaraga olishni rejalashtirgan.


    Biroq “Manchester Siti” rahbariyati har ikki taklifni rad etdi. Manbalarga ko'ra, bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham jamoaga og'ir pallada katta foyda keltirayotgan o'zbek himoyachisini qo'yib yuborish niyatida emas.


    Ko'rinib turibdiki, Abduqodir Husanov uchun yozgi transferlar davri yanada qiziq va muhokamalarga boy kechishi mumkin.


    Umid Xudoyqulov.


    Izoh qoldirish
    Jo‘natish
    Maqolaga baho bering
    0/5

    0

    0

    0

    0

    0

    Maqolaga baho bering
    0/5

    0

    0

    0

    0

    0

    Mavzuga oid

    Sport
    Kayfiyat fasli
    0 2714 11:23 | 02.10.2023
    Sport
    Sport