Raqamli texnologiyalar — qulaylik vositasi
Bugungi kunimizni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Ayniqsa, idoralararo hujjatlar aylanishi va rasmiylashtirishida raqamli texnologiyalar rosa qo'l kelyapti.
Hujjatlarni raqamlashtirish bu ma'lumotlarni qog'oz shaklidan elektron formatga o'tkazish orqali ular bilan ishlashni osonashtirish, tezlashtirish va ishonchliligini oshirishdir.
Elektron tizimning bir qator afzalliklari bor. Masalan, ilgari bir necha kun vaqt talab etgan ish bu yo'l orqali bir zumda hal bo'lmoqda.
Elektron tizimlar foydalanuvchi ma'lumotlarini avtomatik tarzda tekshiradi. Bu esa inson tomonidan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, tayyor andozalar va avtomatik to'ldirish funktsiyasi foydalanuvchilarni noto'g'ri rasmiylashtirishdan asraydi.
Elektron hujjat aylanishi orqali tashkilotlar o'z faoliyatini shaffof olib borish imkoniga ega bo'ladi. Har bir hujjat kim tomonidan va qachon rasmiylashtirilgani, qaerda to'xtab qolganini kuzatish mumkin. Ayni shu jihat korruptsion holatlarning oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
Raqamli hujjatlar markazlashgan serverlarda saqlanishi bois ularning yo'qolib qolish darajasi deyarli nolga teng — bir zumda topish mumkin. Va eskirish yoki shikastlanish xavfini yo'q. Shuningdek, maxfiylik darajasiga ko'ra, tegishli hujjatlarga kirish huquqlari ham aniq belgilangan bo'ladi. Eng asosiysi, masofadan turib ishlash imkoniyati mavjud. Bu, ayniqsa, pandemiya yoki favqulodda vaziyatlarda rosa qo'l keladi. Elektron shaklda ishlash ham vaqtni, ham mablag'ni tejaydi. Shuning uchun bugun tashkilot va idoralar asosan elektron shaklda ishlashni ma'qul ko'rishmoqda.
FHDYo sohasida ham elektron tizim joriy etilgach, juda ko'p imkoniyatlar yaratildi. Nikohni qayd etish uchun onlayn ariza yuborish, nikoh qayd etilganligi yoki ajralgaanligi to'g'risida ma'lumotnoma olish, tug'ilganlik haqida guvohnoma (Ariza berilgandan so'ng FHDYo organi ikki ish kunida guvohnoma tayyorlab, pochtaga yuboradi. Pochta xizmati fuqaroning manziliga yetkazib beradi olish) kabi vazifalar shular jumlasidan.
Sirasini aytganda, raqamli texnologiyalarni qulaylik vositasi, desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Nozima Karimova,
Uychi tumani FHDYo bo'limi
2-toifali inspektori
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0