+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ruhiy bosimlardan qutilishning iloji bormi?

Odamlar muhokamasidan cho'chishimiz ham ruhiyatimizga tushayotgan bosimni oshirmoqda. Pirovardida, xarajatli to'y-marosimlar uyushtiramiz, bo'lar-bo'lmas lash-lushlarni sotib olamiz. Zero bu chiqimlar ortida qancha stress va tushkunliklar borligini hammamiz yaxshi anglaymiz. Ammo o'sha gap: odamlar nima deydi?..
O'zgacha rakurs
746 10:22 | 17.03.2026 10:22

Eski tanishlarimdan biri pensiyaga chiqqach, butkul ko'rinmay ketdi. Bir yilda deganda uni poezdda uchratdim. Qo'msaganim uchunmi, salom-alik qilar-qilmas, o'pkalay boshladim: “Yaxshi it o'ligini ko'rsatmaydi, deganlaridek butkul g'oyib bo'ldingiz, haliyam Jizzaxdamisiz?”.



U bo'lsa, odamlardan bezgani, ishdan bo'shagach, ijtimoiy tarmoqdan tamoman uzilgani, to'y-ma'rakalarda majburlikdan ishtirok etayotgani, o'shanda ham hech kim bilan gaplashmaslikka harakat qilishi, ruhi charchaganligni bildirdi...




Adashmasam, ana shu charchoq bugun ko'pchilikda sezilyapti. Bunga axborotning beto'xtov oqimi sabab, desak adashmaymiz. Ya'ni, ilgari qo'shni davlatda nedir yuz bersa, yo bilardik yoki yo'q. Hozir minglab kilometr uzoqda kechayotgan urushlar, zilzila, to'fon yoxud boshqa baxtsiz hodisalardan bir zumda xabar topyapmiz.


O'z navbatida, begunohlar o'limiga oid tafsilotlardan, biz mutlaqo tanimaydigan insonlarni ezayotgan nohaqliklardan jahlimiz chiqyapti, nafratimiz toshayotir. Eng qizig'i, uzluksizlik darajasiga yetgan bu kuyinishlarimizning o'sha voqealarga zarracha ta'siri yo'q.


Ijtimoiy tarmoqda kimningdir hashamatli turar joyini, dasturxonidagi antiqa taomlarni, xorijdagi sayohati tafsilotlarini, ko'rkam qiyofasiyu imkoniyatlarini ko'rib ham hasad yoki havasdan hislarimiz junbishga kelayotir. Darhol nega menda unday emas, degan savol bilan ongimizni tilkalayapmiz, o'zimizni kamsitilgandek his qilyapmiz.


Shuningdek, aholining katta qismini moliyaviy qullik, ya'ni kreditlar qiynamoqda. Senga bir miqdor pul berib qo'yishadi, to'laguningcha, 1 yilmi, 5 yilmi, 20 yilmi, xaltasini yo'qotgan tilanchi kabi garangsirab yuraverasan. Qarz, deya umring o'tganini sezmay qolasan. To'lolmay qolsang-ku, tamom, xavotir girdobiga qulaysan.


Aslida ko'pchiligimizda bu tashvishlarsiz yashash imkoni mavjud: oddiyroq bo'lsa ham boshpanamiz bor. Tirikchiligimiz ham o'tyapti. Lekin qasrlar qurmoq, dabdabali to'y qilmoq, so'nggi rusumdagi avtomashina, uyali aloqa vositasi yoki shunga o'xshash matohlar egasi bo'lish ilinjida o'zimizga tinchlik bermaymiz. Xuddi poygadagi otga o'xshab qolgandekmiz.


Tabiiyki, bunday hayot tarzi tanamiz va ruhimizdagi quvvatni so'rib olyapti. Ana shu charchoq tufayli bugun uyimizga kelgan mehmonni avvalgidek ochiq yuz bilan kutib ololmayapmiz. Bezovta qilmasliklari uchun darvozaning kattasini, qulfning zo'rini o'rnatyapmiz. Ana shu horg'inlik bizni jigarlarimizdan uzoqlashtiryapti. Hattoki, ota-onamizning holini so'ramoqqa yaramay qolyapmiz.


Odamlar muhokamasidan cho'chishimiz ham ruhiyatimizga tushayotgan bosimni oshirmoqda. Pirovardida, xarajatli to'y-marosimlar uyushtiramiz, bo'lar-bo'lmas lash-lushlarni sotib olamiz. Zero bu chiqimlar ortida qancha stress va tushkunliklar borligini hammamiz yaxshi anglaymiz. Ammo o'sha gap: odamlar nima deydi?..


Ko'chada kezar ekanman, ko'pchilikning ilgarigidek emasligini his etaman. Birov birovga tegib ketmaslikka, gapirmaslikka, ko'ziga qaramaslikka intilyapti. Bu ishxonadagi, ko'chadagi, oiladagi bosimlar, taqdir kutilmaganda “sovg'a” qilayotgan tashvish, alam va kulfatlarning natijasi.


Kamiga dam olishni bilmaymiz. Aksariyatimiz uchun ta'til vaqti va puli ro'zg'orning kamchiligini butlash, chala qolgan qurilishni tugallash, to'y yoki marosim o'tkazish vositasidir. Bunday hordiqdan so'ng o'zimizni qanday his qilishimiz mumkin? Umrimizni o'zimiz egovlamayapmizmi?


Tabiiyki, ushbu muammoning yechimi bor va ular oddiy. Avvalo, iste'molchilik kayfiyatidan, yashashimizga halaqit qilayotgan marosimlar bilan bog'liq “qadriyat”lardan qutilishimiz, o'zgalar muhokamasi, birov beradigan baho hayotimizga ta'sir qilishiga yo'l qo'masligimiz kerak. Buning uchun jamiyat ma'nan ulg'ayishi zarur. Ulg'aymoq omili esa bilimda.


Alijon ABDUSATTOROv


ISHONCH.UZ


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs