Eskrou bilan bog'liq xizmatlar uchun banklar tomonidan qo'shimcha xizmat haqlari undiriladi
Bir necha kunlardan so'ng O'zbekiston moliyaviy tizimida katta o'zgarishlar hayotga tatbiq etilishi kutilmoqda. 2026 yil 1 apreldan boshlab ko'chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisi banklar tomonidan ochiladigan eskrou hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Ko'chmas mulk BHMning 50 foizi miqdorida xaridor va sotuvchining hisobvarag'i bitta bankda bo'lganda bir marta haq undiriladi.
Xaridor va sotuvchiga ikki bank xizmat ko'rsatganda, har bir bank ushbu summaning yarmi miqdorida komissiya undiradi (206 000 so'm).
Avtotransport vositalari BHMning 25 foizi miqdorida xaridor va sotuvchining hisobvarag'i bitta bankda bo'lganda bir marta haq undiriladi.
Xaridor va sotuvchiga har xil bank xizmat ko'rsatganda, har bir bank ushbu summaning yarmi miqdorida komissiya undiradi (103 000 so'm).
Ko'chmas mulk va/yoki avtotransport vositasi bo'yicha oldi-sotdi bitimi tuzilmagan yoki bekor qilingan hollarda xaridorning eskrou hisobvarag'idan mablag'larni naqd yoki naqdsiz shaklda qaytarish xizmati bepul.
Shuningdek, bu tizim endilikda xususiy notariuslarga qo'shimcha yuklamalar yuklaydi. Shunki ko'chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisi banklar tomonidan ochiladigan eskrou hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Shu sababli “Mikrokreditbank” ATBga PF-246-son Farmon doirasida jami 51 ta xususiy notarius biriktirildi. Endilikda ushbu xususiy notariuslar bank ish kunlaridan tashqari 27 tasi shanba va 10 tasi yakshanba kunlari ish faoliyatini amalga oshiradi.
“Mikrokreditbank”ATB tomonidan dam olish (shanba va yakshanba) kunlari ishlaydigan xususiy notariuslarga biriktirilgan bank bo'linmalarida mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha barcha shart-sharoitlari to'liq ta'minlanishi bildirilgan.
“Mikrokreditbank”ATBda jami 806 ta bankomat mavjud bo'lib, shundan 151 tasi “CASH IN-CASH OUT” tizimida, ya'ni bank kartalariga bankomatlar orqali naqd pul mablag'larini kirim qilish imkoniyati mavjud.
Bank tomonidan 2026 yil davomida 2 000 (ikki ming) dona Uzcard to'lov tizimida ishlovchi PAX A 930 rusumli va 1 000 (bir ming) dona HUMO to'lov tizimida ishlovchi Sunmi P3 rusumli savdo terminallari bank mijozlariga foydalanish uchun topshirildi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0