Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +20 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +24 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +27 C

  • 13:00

    +27 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +28 C

  • 16:00

    +28 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +20 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +24 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +27 C

  • 13:00

    +27 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +28 C

  • 16:00

    +28 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • Juma, 09

    +21 +20

  • Shanba, 10

    +17 +20

  • Yakshanba, 11

    +17 +20

  • Dushanba, 12

    +16 +20

  • Seshanba, 13

    +18 +20

  • Chorshanba, 14

    +18 +20

  • Payshanba, 15

    +18 +20

  • Juma, 16

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Tilla karta» evaziga – fuqarolik

AQShning 47-prezidenti Donal'd Tramp ish boshlaganiga ko'p bo'lmay, qator tashabbuslari va murojaatlari bilan jahon afkor ommasini shoshirib qo'ydi. Qaysidir davlatni qo'shib yoki sotib olish, ko'prik nomini o'zgartirish, mustaqil davlatlarga tahdidlar, xalqaro tashkilotlar a'zoligidan chiqish, xorij mahsulotlari solig'ini oshirish va hokazolar shular jumlasidandir.
Siyosat
726 17:29 | 27.03.2025 17:29

Bugun Trampning «tilla karta»si haqida so'z yuritamiz. Bu ham davlat g'aznasini to'ldirishning bir usuli. Mazkur vizaning narxi besh million dollar. Bu mamlakatga investitsiya kiritmoqchi bo'lgan xorijliklarga mamlakat fuqaroligi rasman sotiladi, deganidir. To'lov xorijlikka AQShda yashash va ishlash huquqini beradi hamda fuqarolikka yo'l ochadi.


Bu yangilik grin karta kabi afzalliklarga ega. Ammo fuqarolikni olishga izn bermaydi.


Karta Kongress tasdig'idan o'tgach, ishga tushadi, u ­dunyodagi eng qimmat viza dasturi sifatida tarixga kiradi.


«Tilla hujjat» 1990 yilda qabul qilingan investorlarga beriladigan EB-5 immigratsiya vizasi dasturi o'rnini egallaydi. Mazkur viza chet elliklarga kamida bir million dollar miqdorida yoki mamlakatning iqtisodiyo­­ti og'ir hududlariga 800 ming dollarlik sarmoya kiritish majburiyatini yuklar edi.


Savdo vazirligi viza uchun murojaat qiluvchilar to'la-to'kis tekshiruvdan o'tishlarini ta'kidlaydi. Narxi qimmatligiga qaramay, uning jahon boylari orasida ommalashishi kutilmoqda.


To'sqinlikni faqat Qo'shma Shtatlarning soliq tizimi yaratishi mumkin, bu esa fuqarolarni mamlakatdan tashqaridagi daromadlaridan to'lagan soliqlari uchun mas'uliyatni oshiradi.


Rasmiylar «tilla karta» firibgarlik yo'li bilan AQShga kirib kelishlarning oldini oladi, deyishmoqda.


Trampning «tilla karta» to'g'risidagi bayonoti avvaliga barchani hayajonga solgani muqarrar. Сhunki «U tadbirkor-da, davlat ishida ham kasbidan unumli foydalanmoqchi», degan gaplar urchigan edi. Aslida-chi?


Sarmoya vizalari dunyoda keng tarqalgan. Taxminan yuzdan ziyod mamlakatlar, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Gretsiya, Mal'ta, Avstraliya, Kanada, Italiya singari davlatlar boylarga «tilla vizalar» taklif qiladi.


Evropa komissiyasi anchadan beri bunday «tilla kartalar»dan xavfsizlik nuqtai nazaridan voz kechishga da'vat qilib keladi.


Portugaliya 2023 yilda o'zining «tilla vizasi»ni qayta ko'rib chiqib, turarjoy muammosini hal etish maqsadida ko'chmas mulkka sarmoya kiritishni to'xtatdi. Yashashga ruxsat beruvchi hujjat olish uchun chet elliklar endi investitsiya jamg'armalariga mablag' kiritishlari mumkin.


Ispaniya ham yirik miqdorda sarmoya kiritgan xorijliklarga ushbu mamlakatda yashash huquqini beruvchi «tilla viza»dan qaytgan. Avvallari kamida 500 ming yevro mablag'ni ko'chmas mulkka sarflagan chet ellik uch yil yashash va ishlash huquqini qo'lga kiritar edi.


Kipr hukumati «Sarmoya – pasport olish uchun imkoniyat» dasturini to'xtatib, ikki yil avval 222 nafar badavlat sarmoyador va ularning oila a'zolarini fuqarolikdan chiqargandi.


Turkiyada ham ko'chmas mulkni sotib olish chet ellik­larga yashash va fuqarolik olish imtiyozlarini kafolatlaydi. 2023 yil oktyabr' ­oyidan e'tiboran 200 ming dollarlik turarjoy sotib olgan chet ellikka yashash uchun izn beriladi, besh yildan keyin u fuqarolikni oladi.


400 ming dollar sarmoya tikkan xorijlik yarim yilda Turkiya fuqarosi bo'la oladi. Mazkur sarmoya dasturi murojaatchining turmush o'rtog'i va balog'atga yetmagan farzandlariga ham taalluqlidir.


Abror Xon


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat