Qudratilla Rafiqov O'zbekiston suzish federatsiyasi raisi etib saylandi
O'zbekiston suzish federatsiyasining navbatdan tashqari bo'lib o'tgan hisobot-saylov konferentsiyasida, jumladan, federatsiyaga yangi rahbar saylash masalasi ham ko'rib chiqildi.
Tadbirda federatsiya rahbari lavozimiga O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich nomzodi ilgari surildi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan ma'qullashdi va Q.Rafikov mamlakat suzish federatsiyasi raisi etib saylandi.
Tadbir davomida federatsiyaning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasi batafsil ko'rib chiqildi. Bunda terma jamoalarga xorijlik malakali murabbiylarni jalb etish, selektsiya yo'nalishiga ko'proq ahamiyat berish kabi mavzular muhokama markazida bo'ldi. Shuningdek, suzish, suv polosi, suvga sakrash va sinxron suzish dasturlarida atletlarimizning Olimpiada yo'llanmalari uchun imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Eslatib o'tamiz, Federatsiyaning avvalgi rahbari Q.Sanoqulovning mamlakat gandbol federatsiyasi boshqaruviga o'tdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0