Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 900.00-20.16

  • EUR

    14 595.06-86.12

  • RUB

    157.32-1.29

+30C

+30C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+30c

  • Hozir

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 02-May

+30C

  • Hozir

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • Juma, 02

    +30 +20

  • Shanba, 03

    +33 +20

  • Yakshanba, 04

    +34 +20

  • Dushanba, 05

    +35 +20

  • Seshanba, 06

    +36 +20

  • Chorshanba, 07

    +37 +20

  • Payshanba, 08

    +38 +20

  • Juma, 09

    +27 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Vatan muhabbati ila yurtlar obod bo'lur

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR hazratlari bilan suhbat
Madaniyat va ma'rifat
187 07:05 | 19.04.2025 07:05

– Assalomu alaykum! Muftiy hazratlari, qimmatli vaqtingizni ajratib, taklifimizga rozilik bildirganingiz uchun tashakkur. Vatan o'zi nima ekanini xalqona, sodda tilda, diniy-ma'rifiy, ijtimoiy jihatdan talqin qilib bergansiz. Suhbatimiz avvalida shu mavzuga muxtasar to'xtalib o'tsak.


– Bismillahir Rohmanir Rohiym. Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakotuh! Vatan haqida gap ketganda, kishini beixtiyor ­hayajon qamraydi. Сhunki keng­roq oladigan bo'lsak, hazrati Odam alayhissalom birinchi qadam qo'ygan tuproq, zurriyotlari to qiyomatga qadar istiqomat qiluvchi mo''tabar zaminimiz bizga maskan qilib berilgan. Xosroq qilib ­aytganda esa, kindik qonimiz to'kilgan va bir umr yashaydigan yurtimiz bizga taqdir qilingan vatanimizdir.


Ayniqsa, xizmat taqozosi bilan xorij safarlarida yurgan chog'larda yurt sog'inchini, ona Vatan taftini his qilmaydigan inson bo'lmasa kerak. Musofir bo'lmaguncha vatan va yurt qadr-qimmatini anglab bo'lmaydi, deyishadi. Xuddi baliq suv bilan hayot bo'lganidek, odam ham vatani, millati bilan qadrlidir.


Oyati karimada bunday keladi: «(Ey Muhammad!) Albatta, Sizga (ushbu) Qur'onni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz, Sizni qaytish joyi­­ga (Makkaga) qaytaruvchidir...» (Qasas surasi, 85-oyat). Tafsirlarda keltirilishicha, bu oyat Makka bilan Madina orasidagi Juhfa degan joyda – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zi va ota-bobolari tug'ilgan joyga mushtoq bo'lgan vaqtlarida nozil bo'lgan. Zero, Payg'ambarimiz alayhissalom Vatanlaridan chiqib ketishni xohlamadilar. Makka mushrik­larining u zotga zulmlari haddan oshgandan so'ng­gina Allohning izni va ko'rsatmasi bilan undan chiqib ketdilar. Сhiqish vaqti kelganida ko'zga yosh oldilar, ko'ngillar bo'shashib ketadigan so'zlar aytdilar: «Makka, sendan ko'ra menga sevimliroq shahar yo'q. Agar qavmim seni tashlab chiqishimga majbur qilmaganida aslo sendan boshqa joyni makon tutmasdim», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).


– Mashhur qoidada aytilganidek, bir narsani bilmaslik yo ko'rmaslik o'sha narsaning yo'qligiga dalil bo'lolmaydi. Ayt­moqchimanki, ba'zi kimsalar Vatan haqida so'z ochilishi bilan istehzoli kulishadi yo ensalarini qotirishadi. Hatto tug'ilib o'sgan joyga nisbatan muhabbat bo'lishini inkor etishadi. Holbuki, bu tuyg'uning ularda bo'lmasligi uning umuman yo'qligini bildirmaydi. Shunday emasmi, hazrat?


– Bugungi kunda shu masala o'ta dolzarb. Сhunki kim Vatan nima ekanini yaxshi anglab yetmas ekan, uning Vatanda yashashidan hech bir ma'no yo'q. Shu o'rinda zamondosh olimlardan biri aytgan fikrni keltirib o'tsak: «Bugungi kunda bo'layotgan to's-to'polon, urush-janjallar, nohaq qon to'kilishi, notinchlik hamda obod joylarning vayron etilishidagi eng katta sabab odamlarda vatanparvarlik hissi yetishmasligi, o'zgalar vatanini hurmat qilmaslikdir». Shu o'rinda hazrati Umar roziyallohu anhuning gaplarini eslaylik: «Alloh taolo yurtlarni Vatan muhabbati ila obod qilur».


Muhabbatni paydo qilish uchun, avvalo, xohish va iroda bo'lishi va uni yaxshi, deb baholay oladigan salohiyat ham kerak. Shuning uchun Vatanga muhabbat tilda emas, amalda ko'rinadigan ishlar sirasidan. Masalan, kishi o'z ­uyi­ni, oilasini, yaqinlarini yaxshi ko'radimi? Oila ham mo''jaz bir vatan-da. Kimda yanglish tushuncha bo'lsa, Vataniga shu zaylda qarasin. Eng yaqinidan boshlab, dindosh, millatdoshlariga qadar o'ylasa, kifoya. Vataniga muhabbati bor-yo'qligini o'zi bilib oladi.


Hujjatul islom Shayx Muhammad G'azzoliy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Bashariyat o'z yerini undagi narsalari bilan, garchi u hech kim yashamaydigan cho'l bo'lsa ham yaxshi ko'raveradi. Vatanni sevish – yurakka singib ketgan, insonni unda bo'lganida xotirjam, yiroq ketganida talpinadigan, hujum qilinganida asraydigan va kamsitilganida g'azab­lanadigan qilib qo'yuvchi tuyg'udir».


Dalilga ega bo'lmagan yot g'oyalar girdobiga tushib qolib, Vataniga, xalqiga, oilasiga, kerak bo'lsa, ota-onasiga qarshi chiqayotgan, hozirgi zamon ta'biri bilan ayt­ganda, vatanfurushlik qilayotgan g'alamislar borligi esa, achinarli.


– Yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham to'xtalib o'tsangiz.


– Mamlakatimizda – Yangi O'zbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarliklarida barcha sohalar qatori diniy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshirilayotgan xayrli tashabbuslar, ezgu ishlar e'tirof va tahsinga loyiq.


Taraqqiyotimizning yangi davrida insonlarning e'tiqod erkinligini ta'minlash xalqimizni ma'nan yuksaltirish va ilm-ma'rifatli avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, mo'min-musulmonlarimiz ibodatlarini emin-erkin ado etish­lari uchun barcha sharoitlar yaratildi, mamlakatimiz bo'ylab yuzlab masjid­lar ochildi, Qur'oni karim kurs­lari faoliyat yuritmoqda. Haj kvotasi 3 barobar oshirildi, umra ziyoratchilari bir necha yuz mingni tashkil etmoqda. Natijada qariyb 800 ming mo'min-musulmonlarimiz haj va umra ibodatlarini amalga oshirish baxtiga erishdilar.


Diniy ta'lim tizimining rivoj­lanishiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda O'zbekis­tonda 4 ta oliy, 10 ta o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi, jumladan, 2 ta ayollar madrasasi yoshlarga ilm-ma'rifat bermoqda. Dunyoviy va diniy bilimlarni uyg'unlashtirish, diniy sohada kadrlarni tayyorlash maqsadida O'zbekiston xalqaro islom akademiya­­si tashkil etildi.


Islom dini rivojiga ulkan hissa qo'shgan mutafakkirlar merosini ilmiy o'rganish, zamonaviy tahdidlarning g'oyaviy asoslarini tadqiq etish yo'lida O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari jadal faoliyat ko'rsata boshladi.


Davlatimiz rahbari ulkan va noyob ­loyiha – Islom tsivilizatsiya­si markazi binosi qurilishi bilan tanishish jarayonida din arboblari, ziyolilar, olimlar, me'morlar bilan suhbatlashar ekan, mazkur imoratni buyuk ajdodlarimiz zakovati, xalqimiz ma'naviy salohiyatiga mos qilib barpo etish, uni yoshlar uchun ulkan tarbiya maktabi, sayyohlar uchun tabarruk qadamjoga aylantirish kerakligini ta'kidladilar.


– Imom-xatiblik mas'uliyati va ularning xalq bilan muloqot yo'nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


– Alloh taolo Qur'oni karimda: «Alloh o'z ichlaridan Allohning oyatlarini o'qib beradigan, ularni (shirk va gunohlardan) poklaydigan hamda ularga Kitob va Hikmatni ta'lim beradigan Payg'ambarni yuborish bilan mo'minlarga in'om etdi» (Oli Imron surasi, 164-oyat), deb marhamat qilgan.


Oyatda keltirilgan vazifani Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sharaf bilan bekamu ko'st ado etdilar. Risolat va nubuvvat eshiklari yopilgach, bu ­mas'uliyat navbati bilan sahobalar, tobeinlar, tabaa tobeinlar, solih salaflar zimmasiga tushdi. Bugungi kunda bu vazifani, hadisi sharifga muvofiq, Payg'ambarimiz alayhissalomning merosxo'rlari bo'lmish ulamolar davom ettirmoqdalar.


O'zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning malakalari ham oshirib borilmoqda. Ayniqsa, xalqimiz bilan jipsligi yanada ortishi uchun ular oilalargacha kirib borishmoqda. Haftaning har chorshanbasi Diniy idoradan tortib vakilliklar, mamlakatimizdagi barcha hududlarda «Fuqarolar qabuli kuni» etib belgilangan. Imom-xatiblarimiz har bir murojaatni tinglab, kishilarga zarur tavsiyalar, yo'l-yo'riqlar berib, imkon qadar moddiy-ma'naviy jihatdan ham ko'maklashib kelayotir.


Diniy soha xodimlarining bu xayrli ishlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislariga hamohangdir: «Kim bir mo'mindan bu dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh undan qiyomat kunining mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir kambag'alning ishini yengillatsa, Alloh bu dunyo-yu oxiratda uning ishlarini yengillatadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh bu dunyo-yu oxiratda uning aybini berkitadi. Modomiki, banda birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo'ladi» (Imom Muslim, Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).


– Yaqinda O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining murojaati e'lon qilindi. Unda asosan ijtimoiy himoya haqida gap ketgan. «O'zi to'q bo'lib, qo'shnisi och qolgan odam mo'min emas», degan hadisi sharifga muvofiq dinimiz ta'limotida ijtimoiy himoya, ijtimoiy adolat juda muhim o'rin tutadi. Haqiqatan, bu borada diniy soha xodimlarining o'rni va xizmati kattadir...


– Alloh taolo Qur'oni karimda ehson qiluvchilarni maqtab bunday degan: «Rabbingizdan (bo'luvchi) mag'firatga va kengligi osmonlaru Yerga teng, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannat sari (solih amallar qilish bilan) shoshilingiz! Ular (mazkur taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-sadaqa qiladigan, g'azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar» (Oli Imron surasi, 133-134-oyatlar).


Shu oyatlarni o'qigan hazrati Usmon ibn Affon, Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhumo kabi sahobalar butun borlig'ini, bisotini Alloh yo'lida mo'min-musulmonlar uchun, el-yurt uchun, Vatan uchun sarflab yuborishgan.


Allohga shukrki, go'zal diyorimizda har tong­­ni tinchlik, xotirjamlik bilan qarshi olmoqdamiz. Bu yurtda inson aziz, uning qad­ri yuksak ekani o'zining hayotiy ifodasini topayotganini ko'ryapmiz. Ayniqsa, ijtimoiy himoya­­ga muhtojlar, nogironligi bo'lgan insonlar, kambag'al oilalarga doimiy g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda.


Islom dinida muhtojlarga yordam berish, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga mehr-muruvvat ko'rsatish, miskin va bechoralar holidan xabar olish eng savobli amallardan hisoblanadi. Muborak dinimiz xayr-saxovatga buyurar ekan, uni o'z o'rniga sarflashga amr etadi. Muhtojlar haqiga xiyonat qilish esa og'ir gunoh sanaladi.


– Hazrat, Diniy idora huzurida tashkil etilgan Fatvo markazi qo'shni respub­likalar, Misr, Turkiya kabi davlatlar fatvo markazlari bilan ham hamkorlik o'rnatgan ekan. Shu xususda ham ma'lumot bersangiz.


– O'zbekiston musulmonlari uchun barcha shar'iy masalalar yuzasidan fatvolar chiqarish, aholining diniy savollariga javob berish, odamlar o'rtasidagi diniy masalalar bo'yicha hukmlarni bayon qilish maqsadida 2022 yili O'zbekiston musulmonlari idorasi qoshida Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan Fatvo markazini tashkil etdik.


Fatvo markazimiz qo'shni respub­likalar, Turkiy davlatlar hamda Misr fatvo markazlari bilan izchil hamkorlikni yo'lga qo'ygan.


Markazning birgina o'tgan yilgi faoliyatiga nazar tashlasak, 255 mingdan ortiq savollarga javoblar tayyorlanib, «Koll-markaz» orqali 243 mingdan ortiq savollarga javob berildi. Bevosita murojaat qilgan fuqarolar soni 12 mingga yaqin ekan.


Shu paytgacha Fatvo markazi ulamolari tomonidan «Fatvolar to'plami»ning ikki juzi, «Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi», «Qurbonlikka oid fatvolar» va «Ro'zaga oid fatvolar» nomli kitoblar nashr etildi. Allohning inoyati bilan amalga oshirayotgan ishlarimizdan maqsadimiz yagona – Haqning va xalqning roziligini topishdir.


– Muftiy hazratlari, mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur. Kelgusidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Salomat bo'ling!


Tolibjon NIZOM suhbatlashdi.
Manba: «vatan» jurnalining 2025 yildagi 1-soni


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat