Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Jamoat transportida yo'l haqi endi raqamli. Bu zamonaviylikmi yo noqulaylik?

Yil boshidan avtobuslarda naqd pul orqali to'lov qilish amaliyoti butunlay bekor qilinishi belgilangan edi. Bugun jamoat transportlari faqat kartalar orqali xizmat ko'rsatmoqda.
Jamiyat
184 15:22 | 09.01.2025 15:22

Aytish joizki, ushbu tartib xalqaro standartlarga mos. Biroq xorijiy tajribada bunday o'zgarishlar kiritilayotgan vaqtda, avvalo zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Ya'ni, yo'lovchilar uchun yo'l haqi to'lash imkoniyatlari har bir bekatda ta'minlanadi. Savol tug'iladi: bizda bu borada vaziyat qoniqarlimi? Yo'lovchilar uchun qulay va oson to'lov usullari mavjudmi?


ishonch.uz Toshkent ko'chalari bo'ylab ushbu savolga javob qidirdi. Kuzatishlarimiz davomida avtobus bekatlarida ATTO karta olish mumkin bo'lgan shaxobchalarga ko'zimiz tushmadi. Balki hech bo'lmasa aholi gavjum joylarda QR-kod chiqarib beradigan paynet qurilmalarini toparmiz, degan umidda avtobusga chiqdik. Yo'l-yo'lakay 1-sonli avtobus haydovchisi Zafar G'afurjonovning naqd puldan voz kechish va bunga yo'lovchilarning bunga munosabati haqida so'rab ketdik. Haydovchi shunday javob berdi: “Aslida, to'lov shakli elektron tizimga o'tkazilgani yaxshi o'zgarish bo'ldi. Avvallari yo'lovchilarga qaytim qaytarishga qiynalardik, vaqt talab qilar edi. Natijada, tirbandlik yuzaga kelar, shoshib turgan yo'lovchilarning kayfiyati buzilardi. Hozirgi tizimda konduktorga ham hojat yo'q, hamma vaqtida kartasini urib tushib ketaveradi. Biroq yangiliklar har doim ham yaxshi qabul qilinavermaydi. Doimiy naqd puldan foydalanadigan yo'lovchilar yoki viloyatdan tashrif buuyuruvchilarga bu holat norozilik tug'dirmoqda. Shunga qaramasdan ularga tushuntirib, bir martalik to'lov uchun QR-kod yoki doimiy ATTO kartalarini sotib olishini aytyapmiz. Ushbu muammolar bartaraf etilib, tez orada yo'lovchilarning barchasi yangi tizimga o'rganishiga umid qilamiz”.


Nihoyat, Ashxobod sayilgohi yonidagi bekatda QR-kod chiqaradigan qurilmaga ko'zimiz tushdi. Shu yerda avtobusdan tushdik, ammo bizdan oldin shoshib borib chek olaman degan amakining xafsalasi pir bo'lib ortga qaytganini ko'rib hayratga tushdik. Bilsak, paynet qurilmasi nomigagina turibdi ekan, chek chiqarish jarayonida xatolik yuz beryotgandir deb qarasak, hattoki, yoniq ham emas ekan. “Tarvuzi qo'ltig'idan tushgan” odamdek ortga qaytdik. Shu payt yonimizdagi ikki tengdosh suhbatidan Pochta xizmati markazida transport kartasini olish uchun soatlab navbat kutib olganligini eshitib qoldik va voqeani o'z ko'zimiz bilan ko'rish maqsadida o'sha yerda bo'ldik.


Pochta xizmati markaziga borganimizda turnaqator navbatga duch keldik. Kutuvchilarning biriga “To'lov tizimining elektron shaklga o'tilganligi sizga noqulaylik tug'dirmayaptimi?” degan savol bilan yuzlanganimizda u shunday javob berdi: “Uy bekasiman. Haftada bir-ikki marotaba ko'cha-ko'y, bozorga chiqib turaman. Kecha viloyatdan onam mehmonga kelgandi. Kutib olish maqsadida avtobusga chiqsam naqd pul qabul qilmayotgan ekan. Aksiga olib yaqin atrofdan QR-kod chiqarib beradigan paynet qurilmasi yoki ATTO sotib oladigan shaxobchani topolmadim. Yaxshiki bir qiz yordam berib plastik kartasidan men uchun ham to'lov qilib berdi va men unga naqd pul berdim. Vokzaldan onamni olib qaytishda ham shu muammoga duch keldik. Ayniqsa, viloyatlardan tashrif buyuruvchilar uchun bu holat ancha noqulaylik tug'dirarkan. Bugun alohida vaqt ajratib, Pochta markaziga transport kartasini olgani keldim. To'lovlarning elektron tizimga o'tilganligi yaxshi, biroq barcha bekatlarda sotuv shaxobchalari bo'lsa, hech qanday norozilik holatlari kuzatilmasdi”.


Ma'lumot o'rnida aholi qatlamlari uchun to'rt turdagi kartalar mavjud bo'lib, ular:


qizil – nafaqa yoshidagilar uchun;


sariq – talabalar uchun;


ko'k – maktab yoshidagilar uchun;


yashil – ijtimoiy himoyadagi aholi uchun.


Karta sotish davomida aholiga barcha tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda. Jamoat transportida elektron to'lov tizimlarini joriy etish dunyo standartlariga mos bo'lib, yo'lovchilar uchun qulaylik va transport operatorlari uchun samaradorlikni oshiradi. Bu nafaqat yo'lovchilarga qulaylik yaratadi, balki transport tizimining samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Ammo yangi tartib-qoidalarga sharoitlar ham mos kelishi kerak. Avval terminallarning har bir bekatda bor-qo'yligi nazrat qilinishi, ularning sozligi tekshirilishi lozim. Karta sotib oling yoki onlayn karta ko'chirib oling, deyish oson. Yoshi katta insonlarning hammasi ham yangiliklarga moslasha olmaydi. Texnikalarni ishlatishni yaxshi bilishmaydi. Umid qilamizki, tez orada aholi yagona transport kartasiga ega bo'lib, barcha noqulayliklar bartaraf etiladi.


Mashhura JO'RAQULOVA


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 2636 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat