Valyuta UZS
  • USD

    12 715.13-45.08

  • EUR

    14 730.4825.61

  • RUB

    161.751.67

+38C

+38C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+38c

  • Hozir

    +38 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +30 C

  • 23:00

    +28 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 17-June

+38C

  • Hozir

    +38 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +30 C

  • 23:00

    +28 C

  • Seshanba, 17

    +38 +20

  • Chorshanba, 18

    +40 +20

  • Payshanba, 19

    +33 +20

  • Juma, 20

    +33 +20

  • Shanba, 21

    +36 +20

  • Yakshanba, 22

    +36 +20

  • Dushanba, 23

    +37 +20

  • Seshanba, 24

    +34 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Janubiy Koreyada prezident saylovlari boshlandi: yarim yillik siyosiy notinchliklarga nuqta qo'yiladimi?

Janubiy Koreyada olti oy davom etgan siyosiy mojarolardan so'ng bugun ertalab prezident saylovlari uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Mamlakatdagi bu muhim siyosiy jarayon Yun Sok Yol' rahbarligida yo'l qo'yilgan xatolar va siyosiy beqarorlik davrini tugatishi mumkin.
Siyosat
399 16:28 | 03.06.2025 16:28

Saylovlar Janubiy Koreya uchun katta ahamiyatga ega. AQShning strategik ittifoqdoshi sifatida bu mamlakat Osiyo mintaqasida siyosiy va madaniy nufuzga ega. Biroq oxirgi bir necha oy ichida yurtda yuzaga kelgan rahbarlar almashinuvi beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab bo'ldi. AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya barqarorlikni tiklasa, uning iqtisodiyotini qayta rivojlantirishda qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.


Ikki asosiy nomzod: Li Jemyon va Kim Munsu


Saylovda asosiy raqobat ikki nomzod – Li Jemyon va Kim Munsu o'rtasida kechmoqda. Li Jemyon Liberal-demokratik partiya vakili hisoblanadi. Kambag'al oilada ulg'aygan Li o'z mehnat faoliyatini zavodda boshlab, keyin inson huquqlari bo'yicha advokat sifatida tanilgan. U Seulning sobiq meri va provintsiya gubernatori lavozimlarida ishlagan. 2022 yilgi prezidentlik saylovlarida mag'lub bo'lgandan so'ng, parlament a'zosi sifatida faoliyat yuritdi.


2024 yil yanvar' oyida ommaviy tadbir paytida Li suiqasdga uchragan — uning bo'yniga pichoq urib ketilgan, ammo u omon qolgan. Uning saylov dasturida siyosiy va iqtisodiy islohotlar, xususan, prezident vakolatlarini cheklash, prezidentlik muddatini ikki marta to'rt yilga qayta ko'rib chiqish va konstitutsiyani yangilash kabi takliflar mavjud.


Lining asosiy raqibi – Konservativ "Xalq kuchi" partiyasidan Kim Munsu. 73 yoshli Kim mehnat sohasidagi uzoq yillik faoliyati bilan tanilgan. U o'z vaqtida mehnat vaziri lavozimida ishlagan va universitet doirasida mehnat huquqlari bo'yicha faoliyat olib borgan. Hibsga olingan va keyin ozod etilgan Kim partiya ichidagi bir necha oylik siyosiy kurashdan so'ng prezidentlikka nomzod sifatida ko'rsatildi.


May oyida sobiq prezident Yol' partiyani tark etib, o'z tarafdorlarini Kimni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu esa saylovda Kimning pozitsiyasini yanada mustahkamladi.


Natijalar qachon e'lon qilinadi?


Saylov uchastkalari seshanba kuni ertalab ochildi. Rasmiy natijalar chorshanba kuni e'lon qilinadi.


Janubiy Koreya bu saylov orqali nafaqat yangi yetakchini, balki mamlakatning kelajak yo'nalishini ham tanlamoqda. Iqtisodiy barqarorlik, siyosiy islohotlar va mintaqaviy nufuz masalalarida yangi prezidentning pozitsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.


Salohiddin Saidov,
Jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakul'tetining 2-bosqich talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat