+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Jahongir Ortiqxo‘jaev: Bugun hatto ofitsiantlar ham ingliz tilida erkin muloqot qilmoqda

Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Yangi O‘zbekistonda biznes uchun yangi imkoniyatlar» forumida so‘zga chiqqan tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jaev mamlakatda xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Jamiyat
6868 11:28 | 02.06.2026 11:28

«Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi — fuqarolarimizning daromadlarini oshirish, oilalar farovonligini taʼminlash va inson manfaatlarini yuksaltirishdir. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi bugungi o‘zgarishlar aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda», — dedi Jahongir Ortiqxo‘jaev.


Tadbirkor turizm sohasida kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga ham alohida to‘xtalib, O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni sezilarli darajada ortib borayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, bu holat mehmonxona biznesi va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.


«Bugun ko‘plab mehmonxonalarimizda bo‘sh o‘rin topish qiyin. Shaharlarimizda turli mamlakatlardan kelgan sayyohlarni uchratish mumkin. Bu yurtimizning xalqaro maydondagi jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi», — dedi u.


Shuningdek, Ortiqxo‘jaev xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarning malakasi va xorijiy tillarni bilish darajasi ortib borayotganini yuqori baholadi.


«Bugun oddiy xizmat ko‘rsatish xodimlari yaʼni ofitsiantlar ham ingliz tilida erkin muloqot qila olmoqda. Bu esa ularning nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning istalgan nuqtasida o‘z kasbi orqali munosib o‘rin topa olish salohiyatiga ega ekanidan dalolat beradi», — dedi tadbirkor.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6619 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat