Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 980.1644.89

  • EUR

    14 606.57239.37

  • RUB

    161.631.16

+38C

+38C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+38c

  • Hozir

    +38 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 15-May

+38C

  • Hozir

    +38 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Payshanba, 15

    +38 +20

  • Juma, 16

    +38 +20

  • Shanba, 17

    +37 +20

  • Yakshanba, 18

    +27 +20

  • Dushanba, 19

    +28 +20

  • Seshanba, 20

    +31 +20

  • Chorshanba, 21

    +35 +20

  • Payshanba, 22

    +38 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston JSTga a'zolik masalasini joriy yilda yakunlashi mumkin

Bu borada 2025-yilga mo'ljallangan davlat dasturi loyihasida gap boradi. Ushbu hujjat loyihasida tashkilotga a'zolik yo'lida tegishli vazirlik va idoralarga vazifalar yuklangan.
Iqtisod
958 11:32 | 09.01.2025 11:32

O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga to'laqonli a'zo bo'lish masalasini 2025-yilda yakunlashi mumkin.


Bu jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan 2025-yilga mo'ljallangan davlat dasturi loyihasida 93-maqsad sifatida belgilab qo'yilgan.


Qayd etilishicha, yuqoridagi masala ijrosi uchun asosiy mas'ullar – Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo'yicha maxsus vakili, investitsiyalar, sanoat va savdo hamda adliya vazirliklariga tegishli topshiriqlar berilgan.


Jumladan, joriy yil so'nggiga qadar Jahon savdo tashkiloti masalalari bo'yicha maxsus vakil (ayni paytda ushbu lavozimda Azizbek O'runov, -tahr.) donor tashkilotlar mablag'lari hisobidan JST va savdo siyosatini o'rganish va tahlil qilish markazi (think tank) hamda savdo himoyasi bo'linmasini (Trade defence unit) tashkil etishi lozim. Shuningdek, u JSTning savdo himoyasi talablariga mos mutaxassislar va savdo himoyasi nuqtasi kontseptsiyasini ishlab chiqish choralarini ko'radi.


Hujjat loyihasida, shu bilan birga, O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishi doirasida ko'p tomonlama muzokaralarni jadallashtirish va majburiyatlar loyihasini shakllantirish masalasi ham o'rin olgan.


Bunda tegishli vazirlik va idoralar 2025-yil may hamda noyabr oylarida O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishi bo'yicha Ishchi guruhning 10 va 11-yig'ilishlarini tashkil etishi belgilangan. 2025-yil dekabrida esa mazkur Ishchi guruh hisoboti loyihasining yakuniy bosqichga o'tiladi.


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkilotga a'zolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo'yicha ishlarni yakunlashi lozim. Ya'ni, JSTga a'zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiradi. Jumladan, Standartlar institutida tashkil etilgan Savdodagi texnik to'siqlar bo'yicha axborot markazi uchun sun'iy intellekt asosida tarjima qilish dasturini yaratish choralarini ko'radi.


Tashkilotga a'zolik yo'lidagi asosiy ishlardan biri – mamlakat qonunchiligini ushbu jarayonlarga moslashtirish Adliya vazirligi zimmasiga yuklangan.


Vazirlik Milliy qonunchilikni va huquqni qo'llash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining (JST) qoida, me'yor va bitimlariga moslashtiradi hamda tashkilot qoidalariga zid bo'lgan normalarni aniqlash bo'yicha amaldagi qonunchilikni xatlovdan o'tkazadi. Qonunchilik hujjatlarini tashabbus qilish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi takliflarni o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1271 11:15 | 26.10.2023