Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 926.51-9.17

  • EUR

    14 092.48-72.09

  • RUB

    156.00-2.8

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +20 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 21-March

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +20 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Juma, 21

    +25 +20

  • Shanba, 22

    +20 +20

  • Yakshanba, 23

    +22 +20

  • Dushanba, 24

    +12 +20

  • Seshanba, 25

    +10 +20

  • Chorshanba, 26

    +6 +20

  • Payshanba, 27

    +5 +20

  • Juma, 28

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
487 15:04 | 13.03.2025 15:04

Biror xalqning ma'naviyatiga baho bermoqchi bo'lsang, uning mozoriga boq deyishadi. Bugungi talato'p zamonda bir mamlakat vakillarining o'z ajdodlari va birodarlari ruhiga o'rinli izzat- ikrom ko'rsata olishi nafaqat ma'naviyat, balki jasorat hamdir. Qardosh birodarlarimiz bo'lgan ozarbayjonliklarning o'tganlar xotirasiga bo'lgan cheksiz hurmat va oqibati bu xalqning ma'naviyati naqadar ko'hna va yuksakligidan darak berib turadi.


Jurnalist Sharofddin To'laganovning "Olovlar yurti – Ozarbayjon" nomli kitobini mutolaa qilsangiz, ushbu fikrlarga o'zingiz yana bir karra ishonch hosil qilasiz. Kitob orqali ozar millatining navqiron va hassos tuyg'ulari, yarador va qaynoq qalbi ko'z oldingizda gavdalanganday bo'ladi. Bu sehrli mamlakat boshidan juda ko'p tegirmonlar aylandi, bir necha bor genotsidlar, qirg'inlarga duch keldi, ammo har safar olovlar qaridan butun chiqa oldi.


Ko'plab sinovlarni yengib o'tgan Ozarbayjonda bir yilda ikki bor ajdodlar xotirasi yod etiladi. Sharofiddin To'laganov o'z kitobida ushbu sanalar bilan bog'liq tarixiy hodisalarga ham mufassal to'xtalgan.


Kitobning "20 yanvar – Ozarbayjon umumxalq xotirasi kuni", "31 mart –Ozarbayjonda qatliom (genotsid) kuni" nomli sahifalari Ozarbayjon tarixi va buguni o'rtasidagi ko'priklarni mushohada qiladi.


Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasida mazkur kitobning tantanali taqdimot marosimi o'tkazildi. Tadbirda Ozarbayjon Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Husayn Guliev, O'zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori, senator Abdusaid Ko'chimov, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva, “O'zbekiston 24” radiosi direktori Xudoynazar Do'stqobilov va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda “Olovlar yurti – Ozarbayjon” kitobi mazmun-mohiyati, O'zbekiston – Ozarbayjon xalqlari do'stlik aloqalari rivojlanib borayotgani xususida so'z yuritildi.


Sharofiddin To'laganov kitobning yozilishi tarixiga to'xtalib shunday deydi:


– O'tgan asrning 70 yillarida SSSRning eng yuqori boshqaruv organi 22 kishidan iborat (14 nafari a'zo, 8 nafari nomzod) KPSS MK Siyosiy byurosi edi. Siyosiy byuroning atigi to'rt vakili milliy respublikalar rahbarlari edi. Ular – Qunaev (a'zo), Haydar Aliev, Sharof Rashidov, Shevardnadze (a'zolikka nomzodlar).


Biz yoshlar Haydar Aliev va Sharof Rashidov o'rtasida do'stlik aloqalari borligiga ishonardik. Shu o'rinda Andropov davrida Aliev, Gorbachev davrida Shevardnadze Siyosiy Byuro a'zosi bo'lganini eslatib o'taman.


O'zbeklardan Nuriddin Muhidinov Siyosiy byuro (1956-1957 yillarda a'zolikka nomzod, 1957-1961yillarda a'zo) tarkibida bo'lganini eslatib o'tamiz. Haydar Alievning keyinchalik Islom Karimov bilan do'stligi hammamizning yodimizda. Ayni damda Ilhom Aliev va Shavkat Mirziyoev ikki xalq, ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida o'zaro do'stlik aloqalarini o'rnatgan. Maqsud Shayxzoda 1958 yili qadimiy va ayni chog'da zamonaviy Toshkent shahriga bag'ishlangan “Toshkentnoma” lirik dostonini yozdi. «Jaloliddin Manguberdi» (1944) va «Mirzo Ulug'bek» (1961) kabi dramatik asarlar muallifi. Umuman, O'zbekiston va Ozarbayjonni o'zaro bog'lab turuvchi jihatlar juda ko'p, – deydi muallif.


Maftuna Karimova


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3668 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat