Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 926.51-9.17

  • EUR

    14 092.48-72.09

  • RUB

    156.00-2.8

+27C

+27C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+27c

  • Hozir

    +27 C

  • 18:00

    +25 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +20 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 21-March

+27C

  • Hozir

    +27 C

  • 18:00

    +25 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +20 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Juma, 21

    +27 +20

  • Shanba, 22

    +21 +20

  • Yakshanba, 23

    +23 +20

  • Dushanba, 24

    +13 +20

  • Seshanba, 25

    +10 +20

  • Chorshanba, 26

    +6 +20

  • Payshanba, 27

    +6 +20

  • Juma, 28

    +8 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Siyosat
877 08:16 | 14.03.2025 08:16

Sharl' de Goll', Uinston Сherchill', Franklin Ruzvel't, Yelizaveta II, Li Kuan Yu…
Endi esa ShAVKAT MIRZIYoEV!


Mendan Shavkat Mirziyoevning bugungacha el-yurtimiz oldidagi eng buyuk xizmati nimadan iborat, deb so'rashsa, hech ikkilanmay, O'zbekiston va xalqimiz sha'nini, obro'sini qayta joyiga qo'yganida, deb ayta olaman. Zotan, kechagacha millatimizning ham, mamlakatimizning ham qimmati qanday bo'lganini biz juda yaxshi bilamiz.


O'zbekiston desang, Pokiston, Afg'oniston va yana boshqa ...istonlar nomini tilga olib, bevosita yoki jo'rttaga talmovsirab turadigan xorijliklar munosabatini ko'p ko'rardik va bu bizning sha'nimizni kamsitardi. Til, milliy tilimizning ahvoli haqida-ku, umuman gapirib o'tirmasa ham bo'lardi. «Biz mustaqil bo'ldik», «Erkinlikni qo'lga kiritdik», deya do'ppimizni osmonga irg'itgan, shoirlar tilida aytganda, istiqlolning o'tgan chorak asrlik davrida ham madaniy jihatdan to'liq ­mustaqil bo'ldik, deb ayta olmaymiz. Masalan, milliy kodning eng asosiy unsuri bo'lgan til borasidagi siyosatimiz eski zamonlarnikidan ko'p farq qilgan emas.


To'g'ri, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi, amalda esa uning maqomi va funktsiyasi xuddi mus­tabid zamonlaridagidek, obrazli qilib aytganda, ro'zg'or tili darajasida qolib ketaverdi. O'sha ijodkorlarimiz romantizmga berilgan zamonlarda Davlat tili, deb e'tirof etiladigan o'zbek tili na ilm-fan, na-da siyosat tiliga aylandi. Hatto, bu tilni jiddiy masalalar munozarasida ishlatib bo'lmaydi, deganday chetroqqa surib qo'yib, xalqaro munosabatlarda ham, rasmiy doiralarda ham an'anaviy, «millatlararo vosita» lisonidan keng foydalanishga ustunlik berildi...


Mayli, o'tgan kunlardan malomat qilish bizning vazifamizga kirmaydi. Aytayotgan mulohazalarimizdan esa muddao o'zga. Ya'ni har neniki sifati ziddi orqali ma'lum bo'ladi. Qolaversa, buyuk yozuvchimiz aytganidek, tarixga qarab ish tutish xayrlidir. Shu ma'noda gapiradigan bo'lsak, bugungi O'zbekiston, xalqimiz turish-turmushi, mamlakatning xalqaro nufuzini kecha yashagan kunlarimiz yorqinroq ko'rsatadi bizga.


Bir o'ylab ko'ring, kechagina milliy til masalasini ko'targan ziyoli kim deb atalardi? Katta ehtimol bilan millatchi yoki kamida jamiyatda ayirmachilik qo'zg'ovchi buzmakor. Va, eng og'riqli tomoni, kolonial mafkura tomonidan o'ylab topilgan ushbu tamg'a ko'pchilikni ajablantirmas, odamlar bunga o'rganib ham ketgandi.


Xo'sh, ayni madaniy stereotip­larni sindirish uchun qancha vaqt va jur'at kerak bo'ladi, deb o'ylaysiz? To'g'ri, ko'pchiligimizning «biz hali bunday siyosiy-madaniy islohotlarga tayyor emasmiz», «Davlat tili, ya'ni milliy tilga e'tiborni ko'tarsak, jamiyatda nosog'lom muhit paydo bo'lishi mumkin. Bu darajaga yetish uchun hali ancha qovun pishig'i bor», deganga o'xshash siyosiy uydirmalarni eshitaverib, qulog'imiz qotib qolgan. Ammo masala mutlaqo bunday chigal emas ekan. Uzoq yillar kamsitilgan, nechinchidir darajalarga tushirib ko'rsatilgan tilimizning maqomini ko'tarish uchun faqat siyo­siy lider yuragi shu xalqqa, Vatanga bo'lgan kuchli muhabbat bilan urib tursa yetarli ekan.


Barchamiz yaxshi eslaymizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev zamonaviy O'zbekiston tarixida ilk bor 2020 yili BMT minbaridan turib o'zbek tilida nutq qildi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari bu masalada xalqaro protokol tartib-qoidalarini «buzish»ga ham o'zida jur'at topa oldi. Masalan, Prezidentimiz 2021 yilda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan o'tkazgan rasmiy uchrashuvida an'anaviy qonun-qoidani cheklab, o'zbek tilida muzokaralar olib bordi.


Bemalol «tarixiy» deb aytish mumkin bo'lgan ayni madaniy islohot maqomidagi qadamlar o'zbek tilining obro'sini yuksak­larga ko'tardi. Buyuk ajdodlarimiz gap­lashgan bu buyuk til ba'zilar uqtirganidek, aslo ro'zg'or yoki chuchmal seriallar tili emas, balki xalqaro minbarlarda, davralarda jaranglashga qodir, qudratli, o'lmas va shu bilan birga, «siyosat tili» darajasiga mutlaqo munosib ekanini ko'rsatdi.


Men so'zim avvalida bekorga Millatimiz Liderining o'z xalqi, Vatani oldidagi eng buyuk xizmati yurt va millatning qadr-qimmati, sha'nini ko'targani, demadim. Zero, u kishining qalbidagi shu elga bo'lgan mehri, xalqiga bo'lgan qaynoq muhabbati bilan shunday rutbaga erishdi, desam aslo yang­lishmagan bo'laman.


Tabiiyki, har qanday mulohazaning tagida bir sabab bo'ladi, albatta. Meni ushbu maqolani yozishga undagan voqea esa Prezidentimizning Frantsiyaga tashrifi doirasidagi hodisalar bo'ldi. Ha, safar tafsilotlarining men nazarga olmoqchi bo'layotgan jihatlari chindan-da, hodisa, milliy davlatchiligimiz tarixidagi noyob hodisalar majmuasi desam, yanayam to'g'riroq bo'ladi.


Hammamiz kuzatdik, o'qidik, kecha ijtimoiy tarmoqlar ham, milliy OAV ham bir-biridan quvonchli xabarlar va mulohazalar bilan to'yinganday bo'ldi. Yelisey saroyida Prezidentimizni qabul qilgan Frantsiya prezidenti Emmanuel' Makron o'z nutqini o'zbekcha lutf bilan tugatdi: «Yashasin O'zbekiston, yashasin Frantsiya! Yashasin Frantsiya – O'zbekiston do'stligi!» Va uning ayni mana shu kalomi ijtimoiy tarmoqlarning o'zbek segmentida «portlash» effektini yuzaga keltirdi, desam noto'g'ri gapirmagan bo'laman.


Oddiy cho'pondan tortib, akademikkacha, olis tog', cho'l ovullari yoki dunyoning narigi burchagida yashayotgan qay bir vatandoshimiz borki, barchasini bu hodisa mutaassir etdi. Millionlab yurtdoshlarimiz ushbu lavha va Makronning ijtimoiy tarmoqlardagi o'z sahifasiga joylagan o'zbek tilidagi ayni ­«posti»ni iftixor ramzi sifatida bir-birlariga ulashishdi.


Endi o'ylang, yuqorida aytganimizdek, kechagina bozor-o'char, bola-chaqa bilan munosabat qilishdagina ishlatiladigan til, deb ko'rsatiladigan, uqtiriladigan ONA TILIMIZga nafaqat Yevropa, balki jahonning eng qudratli davlatlaridan birining rahbari hurmat ko'rsatsa, shu tilda tilak bildirsa, bu hodisani milliy tariximizdagi ulkan evrilish, demay yana nima, deyish mumkin?!


Axir O'zbekiston bundan oldin ham bor edi. Ilgarilari ham dunyo davlatlari bilan diplomatik aloqalarimiz yo'q edi, deyolmaymiz... Ammo bugun jahonning bizga bo'lgan qarashi ham, muomalasi ham o'zgardi. Bu munosabatlar o'z-o'zidan bo'ladi, deb o'ylaysizmi? Yoki o'zbekchilik, deganday to'rtta patir, novvotu qand-qurs bilan erishiladi, deb xayol qilasizmi, bunday martabaga?!


Men shunday tushunamanki, barchamizning ko'ngillarimizni yoritgan, g'ururimizni ko'targan bu madaniy hodisalar Prezidentimiz ish boshlagan ilk kunlaridanoq qalbiga tukkan ulug' g'oya – millatning qadrini joyiga qo'yish, uning kimligini dunyoga ko'rsatishdek qat'iy olingan qarorning davomidir. Aslida barchamizning qalblarimizda iftixor tuyg'ulantirgan bu voqealarni bemalol siyosiy iroda g'alabasi, desak ham to'g'ri bo'ladi. Zotan, Yevropa ittfoqidagi yagona Atom qudratiga ega, bundan tashqari, insoniyat tamaddunidagi o'z saltanatchilik (imperiya) tarixiga ega mamlakat O'zbekiston bilan siyosiy mulozamatlarsiz munosabatni yo'lga qo'ydi, desak masala oydinlashgan bo'lar edi.


Tarixga nazar tashlasak, Vatanimiz bilan ushbu davlat o'rtasidagi diplomatik aloqalar ko'p qadim zamonlar ilgari yo'lga qo'yilganini ko'rishimiz mumkin. Manbalar shuni ko'rsatadiki, buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur o'z vaqtida Frantsiya qiroli Karl vI bilan yozishmalar qilgan, rasmiy aloqa o'rnatgan. Albatta, tariximizning o'sha shonli davrlari Vatanimiz qudratiga berilgan baho hozir ham kishi ko'nglini masrur qiladi. Ammo u o'tmish. Lekin haqiqat shundaki, nafaqat Frantsiya, balki u joylashgan butun boshli «Ko'hna qit'a» Amir Temur davlatini o'sha zamon qudrati (derjava), o'zini esa Yevropa xalos­kori, deb bilishadi. Xursand bo'ladigan jihat esa bunda: davlatchiligimiz, xalqimiz zakosi, milliy madaniyatimiz dunyoning oldi davlatlari tomonidan xuddi Temur zamonlaridagidek bugun yana tan olinmoqda.


Bunday deyishimga, albatta, yetarli asoslarim bor. Birinchidan, tashrif davomida ikki tomonni ham to'liq qanoatlantiradigan, manfaatlariga mos tushadigan ko'plab hujjatlar, jumladan, ular orasida eng muhimlaridan biri bo'lgan ikki davlat o'rtasida strategik sheriklik o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiya qabul qilindi. Ayni hujjat qanday kuchga ega ekanini siyosatga uncha yaqin bo'lmagan odam ham yaxshi tushunadi.


Ikkinchidan, tashrifning biz uchun eng quvonchli bo'lgan voqea­­si, o'sha mashhur Yelisey saroyida Mak­ron tomonidan Prezidentimiz Frantsiyaning eng oliy davlat mukofoti Faxriy legion ordeni (fr. Légion d'honneur) bilan mukofotlangani bo'ldi. 1802 yil 19 mayda imperator Napoleon Bonapart tomonidan ta'sis etilgan ayni mukofot bugungacha nafaqat Frantsiyada, balki dunyodagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo'lib qolmoqda. Albatta, uning hobro'si, martabasini uni olgan tarixiy shaxslar, siyosatchilar, madaniyat va san'at arboblari ham belgilaydi.


O'z vaqtida Frantsiya prezidenti Sharl' de Goll', Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Сherchill', Mikrobiologiya asoschisi mashhur olim Lui Paster, frantsuz aktyori Jan-Pol' Bel'mando, yozuvchi, «Uch mushketyor» asari muallifi Aleksandr Dyuma, birinchi fazogir Yuriy Gagarin, Janubiy Afrika respublikasi Prezidenti Nel'son Mandela, AQSh prezidenti Franklin Ruzvel't, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Singapur Bosh vaziri Li Kuan Yu...


Qisqagina ushbu ro'yxatga jiddiy nazar solsangiz, safda birorta tasodifiy shaxsni ko'rmaysiz. Barchasi dunyo siyosati, madaniyati, bir so'z bilan aytganda, insoniyat tamadduniga ta'sir qilgan liderlar, insonlar... Siz ushbu yuksak mukofotni o'zbekning chiroyli qoshu ko'ziga qarab berdi, deb o'ylaysizmi? Bu martabaga erishish, yuqoridagi jahon xalqlari tan olgan nufuzli ro'yxatdan joy olish uchun juda ulkan mehnat kerak bo'ladi, aziz o'quvchi.


Ushbu mukofot Prezidentimizning nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamizda amalga oshirayotgan tarixiy o'zgarishlar jarayo­­ni ijodkori sifatidagi irodali siyo­sati natijasi, desak haqiqatni aytgan bo'lamiz. Xususan, shaxsan Shavkat Mirziyoevning siyosiy irodasi tufayli bugunga kelib Markaziy Osiyo yagona geosiyosiy sub'ekt sifatida e'tirof etila boshlanganini juda ko'p siyosatchilar, tahlilchilar haqli ma'noda e'tirof etishmoqda.


Jumladan, mintaqamizdagi bugungi jarayonlar haqida munozara qiladigan siyosatchiyu analitiklar integratsion jarayonlarning samaradorligi integratsiya sub'ektlarini o'z atrofida jipslashtira oladigan salohiyatga ega davlatlarning mavjudligi bilan bog'liq, deya e'tirof etishadi. Va ayni vazifani uddalashga qodir bo'lgan mintaqa davlati sifatida O'zbekiston nomini keltirishadi. Juda qisqagina ushbu ta'rif ham Prezidentimizga dunyoda yuksak obro'ga ega bo'lgan ushbu mukofot qanday xizmatlari uchun berilganni asos­lashga yetadi, menimcha.


Bugun meni yozishga undagan narsa qalbimni yondirgan faxr-iftixor tuyg'ulari bo'ldi. Ha, bugun men, siz, barchamiz quvonishga, bir-birimizni qutlashga qutlug' bir sabab bor. Bu, muhtaram ­Prezidentimizning Yevropa markazida turib, davlatimiz, millatimiz sha'nini yuksak­larga ko'targani bo'ldi. Shunday ulug' e'tirof, martaba barchamizga muborak bo'lsin!


Fursatdan foydalanib, ­Prezidentimizni, qolaversa, butun xalqimizni o'z saflarida yetti million vatandoshlarimizni birlashtirgan O'zbekiston kasaba uyushmalari ­ nomidan qizg'in qutlamoqchiman:


Yuksak mukofot muborak bo'lsin, muhtaram Prezident!


Yuksak mukofot muborak bo'lsin, aziz vatandoshlar!


Qudratilla RAFIQOV,
O'zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi raisi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat