+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O‘zbekistonda sunʼiy intellekt iqtisodiyot drayveriga aylanmoqda

Iqtisod
2484 20:37 | 17.04.2026 20:37

Toshkent shahrida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan “Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya: O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro konferentsiya tashkil etildi.


Maʼlumki, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va ularni iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarga keng joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Tadbir sunʼiy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyotning real sektoriga keng joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda davlat, biznes va ilm-fan o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.


Unda sunʼiy intellekt sohasida mamlakatning asosiy drayverlari bo‘lgan ilm-fan, davlat va IT-industriya vakillari bir minbarda jamlandi.


Ishtirokchilar fundamental va amaliy ilm-fanni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va IT-infratuzilmani kengaytirish, shuningdek, startaplar va eksportga yo‘naltirilgan raqamli bizneslarni qo‘llab-quvvatlash kabi strategik yo‘nalishlarda o‘z qarash va echimlarini ilgari surdi.


Jumladan:


– O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Sh. Ayupov tomonidan mamlakatda fundamental va amaliy ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yoritildi;


– Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos tomonidan raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt infratuzilmasini shakllantirish masalalariga to‘xtalindi;


– Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi direktori A. Abdullaev tomonidan AI bo‘yicha kadrlar tayyorlash va taʼlim tizimini transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi;


– “ITParkUzbekistan” bosh direktori o‘rinbosari M. Muksinova tomonidan IT-ekotizim, startaplar va eksportga yo‘naltirilgan raqamli bizneslarni rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etildi.


Shuningdek, konferentsiya doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini moliya, sanoat, qurilish, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarga joriy etish, infratuzilmani raqamlashtirish va davlat boshqaruvida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Amaliy echim sifatida SQB tomonidan ishga tushirilgan “AI Maslahatchisi” platformasi taqdim etildi. U fuqarolarning biznes g‘oyalarini tahlil qilish, ularning rentabelligini baholash va moliyalashtirish imkoniyatlarini shakllantirish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.


Bir so‘z bilan aytganda, bugun sunʼiy intellekt O‘zbekistonda shunchaki texnologiya emas, u iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan va aholi daromadlarini oshirishda muhim omilga aylanmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 2354 11:15 | 26.10.2023