Valyuta UZS
  • USD

    11 963.2350.85

  • EUR

    13 970.6697.5

  • RUB

    155.351.96

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 11:00

    +6 C

  • 12:00

    +6 C

  • 13:00

    +7 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +7 C

  • 18:00

    +6 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +4 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 08-December

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 11:00

    +6 C

  • 12:00

    +6 C

  • 13:00

    +7 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +7 C

  • 18:00

    +6 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +4 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Dushanba, 08

    +6 +20

  • Seshanba, 09

    +5 +20

  • Chorshanba, 10

    +3 +20

  • Payshanba, 11

    +3 +20

  • Juma, 12

    +9 +20

  • Shanba, 13

    +9 +20

  • Yakshanba, 14

    +8 +20

  • Dushanba, 15

    +5 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekistonga shifokorlar yetishmayapti

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda har 10 ming aholiga 28,6 nafar shifokor to'g'ri keladi. Bir qarashda bu o'rtacha ko'rsatkichdek ko'rinsa-da, mutaxassisliklar kesimidagi tahlil haqiqiy vaziyat ancha jiddiy ekanini ko'rsatadi. Xususan, eng katta yuk terapevt va pediatrlarga tushmoqda. Terapevtlar — 10,8 nafar, pediatrlar esa 0–14 yoshlilar bo'yicha 8,3, 0–17 yoshlilar bo'yicha 7,1 nafarni tashkil qiladi. Demografik bosim yuqori bo'lgan mamlakat uchun bu raqamlar aholi ehtiyojiga mutlaqo mos emas.
Iqtisod
257 11:41 | 02.12.2025 11:41

Jarrohlar yetishmasligi ham jiddiy muammo bo'lib qolmoqda — bu yo'nalishda har 10 ming aholiga atigi 3,3 nafar mutaxassis to'g'ri keladi. Bu amaliyotlarning kechikishi, navbatlarning ortishi va tibbiy xizmat sifati pasayishiga sabab bo'lmoqda. Ayollar salomatligi yo'nalishidagi holat ham xavotirli: akusher-ginekologlar soni har 10 ming ayolga hammasini hisoblaganda 3,2 nafardan oshmaydi, bu esa yuqori tug'ilish ko'rsatkichlari sharoitida perinatal xavflarni oshiradi.


Ayrim mutaxassisliklarda vaziyat yanada tang:
oftal'mologlar — 0,5,
otolaringologlar — 0,6,
ftiziatrlar — 0,2,
onkologlar — 0,3,
psixiatrlar — 0,3
va nevropatologlar — 0,9 nafarni tashkil etadi.
Bu sohalar aholi salomatligida eng muhim yo'nalishlar sanalsa-da, mamlakat miqyosida ular bo'yicha kadrlar yetarli emas.


Muammo faqat shifokorlar sonida emas, balki tizimda: kadrlarning noteng taqsimlanishi, xorijga ketish tendentsiyasi, maoshning raqobatbardosh emasligi, xususiy sektorga o'tish va ayniqsa qishloq hamda tumanlarda kadrlar yetishmasligi holatni yanada og'irlashtirmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu sohada muammolarni hal etish uchun shifokorlar maoshini oshirish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash jarayonlarini qayta ko'rib chiqish va davlat darajasida uzoq muddatli kadrlar strategiyasini ishlab chiqish zarur.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1805 11:15 | 26.10.2023