Валюта UZS
  • USD

    12 712.0935.36

  • EUR

    14 927.8152.94

  • RUB

    162.641.61

+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Янги Ўзбекистон суратлари
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+35c

  • Hozir

    +35 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 09-July

+35C

  • Hozir

    +35 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +26 C

  • Chorshanba, 09

    +35 +20

  • Payshanba, 10

    +30 +20

  • Juma, 11

    +32 +20

  • Shanba, 12

    +35 +20

  • Yakshanba, 13

    +35 +20

  • Dushanba, 14

    +37 +20

  • Seshanba, 15

    +36 +20

  • Chorshanba, 16

    +37 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qaramlikdan qanday qutulamiz?

Bugun insoniyat ijtimoiy tarmoqlarsiz yasholmaydigan darajaga yetdi. Ular turmushimizga qaysidir jihatlardan – bizning axborot, tajriba almashishimizga, yuzlab kilometr masofadagi do'stlar, maslakdoshlar bilan aloqada bo'lishimizga hamda ular hayotida kuzatilayotgan voqea-hodisalardan xabardor yurishimizga yordam beradi.
Jamiyat
132 14:11 | 09.07.2025 14:11

Yangi bo'sh ish o'rinlari haqida tezroq ma'lumot olishimizni ta'minlaydi. Ijtimoiy tarmoqlar sharofati bilan ko'p odamlar yangi do'stlar orttirishadi, ayrimlari juftini topishadi. Sayohat qilish, transport va joy topish xarajatlarini tejashga ko'maklashadi. Ko'plab iste'dodlarning tanilishiga, kuch olishiga, mutlaqo begona kishilar e'tirofiga sazovor bo'lishiga yordam beradi. Kimlar uchundir Telegram, Facebook, Instagram daromad manbaiga aylangan. Ehtiyojmandlarga davolanish uchun pul to'plash uchun ham qulay. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning huquq-tartibot organlari xodimlariga ham yordami tegyapti. Bunday xizmatlar ro'yxatini uzoq davom ettirish mumkin.


Biroq eng katta muammo odamlarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik muammosi. Xo'sh, ular nimasi bilan bunchalik o'ziga jalb qiladi? Ijtimoiy tarmoqlar vazifalari ustida ishlayotgan kishilar ularni kundan-kunga yaxshiroq, qiziqarliroq, rang-barang qilishga urinmoqda. Muloqot qilish ancha oson, odam o'z qiyofasiga ega bo'lmaydi. Negaki nafaqat o'z ismi, balki o'ylab topilgan taxallusi bilan ham ro'yxatdan o'tishi, fotosurat o'rniga avatar (rasm) yoki begonaning suratini joylashishi mumkin. Xohlagan narsasini yozadi, haqorat qilishdan ham toymaydi, chunki ko'p hollarda aytgan gapi uchun javob berishiga to'g'ri kelmaydi! Ayrimlar ijtimoiy tarmoqlarga faqat zarur axborot olish, muloqot qilish, o'zini ko'rsatish manbai sifatida qarashmaydi. Ular profillar bo'ylab tentirab yurishi, tanish-notanishlarni do'stlar safiga kiritishi, muzokaralarda qatnashib, statuslar, yangiliklarni o'qishi, fotosuratlarni tomosha qilishi, o'yinlar o'ynashi mumkin. To'g'ri, odamlar o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadigan, muhim savollariga javob olishiga ko'maklashadigan muzokaralar ko'p. Lekin tuturuqsiz muloqotlar ham yo'q emas: qisqa sharhlar, smayliklar, gohida odobsizliklar shular jumlasidan. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik internetga qaramlik alomatlaridan biridir.


Internetga qaramlik fenomenini tadqiqotchilar bir necha marta tavsiflab berishdi. Bunda olimlar ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikni alohida guruhga kiritishadi – “kiber-munosabatlar”ga qaramlik: chatda, telekonferentsiyalarda aloqada bo'lish, oxir-oqibat, haqiqiylari o'rniga virtual do'st va oilalarni almashtirishigacha olib kelishi mumkin. Tadqiqotchilar ta'kidlashicha, qidiruv, muloqot, shuningdek, eski tanishlar, sobiq kursdosh va sinfdoshlari hayotidagi fotosuratlarni tomosha qilishga sarflangan vaqt ko'p hollarda xodimlarning ish vazifalarini bajarishga ketadigan muddatdan oshib ketadi. Oqibatda ayrim tashkilotlar xodimlariga ish paytida ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlab qo'yishadi.


Lekin uyda bunday muloqotga kim ham xalaqit qilardi, deysiz?! Shu bois muammo butunlay bartaraf etilmaydi. Qaramlik sezdirmasdan yuz beradi, u darrov rivojlanmaydi.


Uzoq vaqt ko'rmagan tanishimizning telefon raqami bo'la turib, unga qo'ng'iroq qilish o'rniga 100 ta fotosuratni tomosha qilishning bizga nima keragi bor? Ehtimol, bu vaqtni chet tilini o'rganish, ota-ona, turmush o'rtoq yoki farzandlar bilan suhbatlashishga sarflaganimiz yaxshiroqdir? Yoki to'yguncha uxlasak-chi (negaki ijtimoiy tarmoqlar deb uyqusidan ham voz kechadiganlar yo'q emas oramizda). Ijtimoiy tarmoqlar foydali ishga sarflashimiz mumkin bo'lgan nihoyatda ko'p vaqtimizni havoga sovuradi.


Ijtimoiy tarmoqlarga quyidagi toifadagilar tez-tez mehmon bo'lib turishadi: voqea-hodisalarga boy kishilar; tengdoshlari bilan muomala qila olmaydigan o'smirlar; yosh onalar — «go'dak uyquda mahal»; shuningdek, o'ta kirishimli odamlar. Vaqt o'tishi bilan miyada real va virtual olam o'rtasidagi chegara yo'qoladi va odam do'stining tug'ilgan kunida gul va tort bilan smayliklar jo'natish o'rniga shunchaki mehmonga borish mumkinligi to'g'risida unutadi. Virtual muloqot qaramlar uchun yagona aloqa vositasiga aylanadi va ularni yoqtirgan mashg'ulotidan internet yo'qligi kabi favqulodda holatgina ayirishi mumkin. Negaki, ular atrofida qiziqarli, jonli, haqiqiy hayot borligini unutishadi! Qolaversa, qaram kishilar uni payqamay qo'yishadi. Agar siz yaqin odam ijtimoiy tarmoqlarda yashay boshlaganini, virtual va chin aka, do'stlarini adashtirib qo'yganini sezsangiz, sergak torting! Сhunki haqiqiy hayotdan yiroqlashish keyinchalik yanada chuqurlashadi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlar tufayli har beshinchi-oltinchi oila barbod bo'lmoqda. Axir bu dahshatli raqamlar emasmi? Ba'zida ajrashuvlarga er-xotindan biri internetga oilasidan ko'ra ko'proq vaqtini ajratishi sabab bo'ladi. Yoki turmush o'rtoqlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda noz-karashma qila boshlaydi. Juftining boshqa bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bilan ishqiy yozishmalarini ko'rish hech kimga yoqmasa kerak. Shu tariqa yolg'izlik ham uydirmadan haqiqatga aylanadi.


OAV bu masalaga e'tibor qaratishi, davra suhbatlari, muhokama maydonlarini tashkil etishi kerak deb o'ylayman! Manipulyatsiyaga moyil, shaxsiy fikri yetarli darajada shakllanmagan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatidan bexabar bo'lgan xotin-qizlarni tuzoqlardan himoyalash, ularning ongini g'oyaviy qurollantirish kerak, deb hisoblayman. Ayniqsa, bunday holatlar kelgusida qanday ijtimoiy jarohatlar olib kelishi mumkinligini tushungan jamoatchilik faollari jim qarab turmasligi kerak, agar o'zlari ham bunday "baxtli yashashni ko'rsatish" instrumentlaridan foydalanmayotgan bo'lsa har holda... Bunday holatlar yosh qizlarimizning ongi, kelajak bilan bog'liq orzu-havaslari, o'zlari uchun yasab olgan havas qiladigan modellari, orzu o'lchamlariga qanday salbiy ta'sir ko'rsatayotgani esa bu alohida og'riqli masala... Bunga ham diqqat-e'tibor qaratishimiz shart!


Ijtimoiy tarmoqlardan yolg'iz «qutulish» juda mushkul. Сhunki u o'z nomi bilan – tarmoq! Ularda erishsa bo'ladigandek ko'ringan imkoniyatlar va qiziqarli narsalar haddan tashqari ko'p. Shu bois, «jabrlanuvchi»ning yaqinlari qancha erta harakatni boshlashsa, uni haqqoniy hayotga tez va samarali qaytarish ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi. Ko'pincha tajribali psixologlar ko'magisiz buni uddalash qiyin. Qaramlikdan qanday qutulish mumkin? Kamdan-kam odamlargina ushbu halokatli qiziqishdan oson va beziyon qutulishi mumkin. Faqat kuchli irodasi bilan maqtana oladigan, yaqinlariga, orzusiga erishish, mustaqil bilim olishga sarflaydigan vaqtini behuda ketkazayotganini tushunadiganlargina bunga muvaffaq bo'ladilar.


O'z hayotingizni o'zgartirishga qat'iy ahd qilgan bo'lsangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi vaqtingizni oldindan tartibga solishga harakat qiling, o'z sahifangizga shunchaki kirmang. Bajarishingiz zarur bo'lgan ish ro'yxatini tuzib chiqing. Hamma ishlarni bajarib bo'lgandan keyingina «bonus» sifatida yoqtirgan ijtimoiy tarmog'ingizga kirishingiz mumkin. Yana bir amaliy usul – virtual emas, real olamda do'stlar bilan muloqot qilish. Birgalikda sayohatlarga otlanish, tabiat qo'yniga chiqish yoki qahvaxonalarda (faqat u yerda bepul vay-fay tarmog'i bo'lmasin) o'tirishni kelishib olish mumkin. Bu vaqtni aynan hordiq, do'stlar bilan muloqot, telefonda gaplashish uchun sarflashga harakat qiling.


Muxlisa TO'LQINOVA,


Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti


universiteti talabasi



Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4482 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat