1 kg go'sht va bodring 10 million so'mdan – xatolikmi yoki soxta bitim?
Soliq qo'mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo'l qo'yilayotgan qo'pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma'lumot berib bormoqda.
Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma'lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.
Misol uchun, 2023 yil mart oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug'ullanish maqsadida tashkil etilgan “Graf” MСhJning (nomi o'zgartirilgan) ustav jamg'armasi 10 mln so'mni tashkil etgan.
Mazkur korxona uzoq vaqt faoliyat yuritmagan bo'lsa-da, 2025 yil oktyabr oyining 6–10-sanalari oralig'ida ishchi kuchiga ega bo'lmasdan, egaligida yoki ijarada hech qanday mulk va transport vositalari bo'lmagan holda 38,5 mlrd so'm (shundan QQS – 4,1 mlrd so'm) miqdorida turli tovarlar hamda transport va logistika xizmatlari bo'yicha EHF rasmiylashtirgan.
Rasmiylashtirilgan EHFlarda 1 kg go'sht, 1 kg bodring, 1 dona izolenta yoki 1 dona podshipnikning har biri 10 mln so'mdan realizatsiya qilinganligi ko'plab savollarni keltirib chiqarmoqda.
Ammo Soliq qo'mitasi vakilining ma'lumot berishicha, EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo'yicha maxsus axborot tizimi test tartibida ishlamoqda va aniqlangan holatlar bo'yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko'rilmagan



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0