G'alla ekishda ham imtiyozli kredit to'g'ridan-to'g'ri fermerning o'ziga beriladi
Prezident yig'ilishda fermerlar manfaatdorligini yanada oshirish uchun bu yil g'allachilikda ham yangiliklar qilinishini ta'kidladi.
Qayd etilishicha, joriy yilda paxtadagi kabi g'allada ham imtiyozli kreditni to'g'ridan-to'g'ri fermerga berish tizimi joriy qilinadi.
Bundan tashqari, davlat resursi uchun xarid qilingan bug'doyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati 2024 yilda ham to'liq byudjetdan qoplanadi.
Ma'lumot uchun, 2023 yil ilk bor 3 million 700 ming tonna paxta, 8 million tonna g'alla hosili olingan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0