Mirziyoev 2024 yil Samarqandda xalqaro iqlim forumini o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi
Shavkat Mirziyoev 18 oktyabr' kuni Pekin shahrida “Bir makon, bir yo'l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg'unligi yo'lida “Yashil ipak yo'lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig'ilishida ishtirok etdi.

O'zbekiston yetakchisi o'z nutqida barcha ishtirokchilarni “Makon va yo'l” tashabbusining o'n yilligi bilan samimiy qutlab, Buyuk ipak yo'lini qayta tiklashga qaratilgan ushbu g'oya qisqa davrda ko'plab tarafdorlariga ega bo'lgani va xalqaro hamkorlikning yangi modeliga aylanganini ta'kidladi.
Shuningdek, “Yashil ipak yo'li” tashabbusi mohiyat e'tibori bilan umumiy “yashil” kelajak kun tartibini shakllantirishni ta'kidlab, Markaziy Osiyoda “yashil” taraqqiyot sohasidagi maqsadlarga erishish yo'lida fikr almashish va sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun O'zbekiston rahbari 2024 yilda Samarqand xalqaro iqlim forumini o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi.
– Umid qilamizki, ushbu forum barqaror rivojlanish yo'lidagi global xavf-xatarlarga javob topish uchun “Kelajak uchun – Samarqand muloqoti”ni tashkil etishda amaliy qadam bo'lib xizmat qiladi, – dedi Prezidentimiz.
Mamlakatimiz “Yashil ipak yo'li” doirasida keng ko'lamli xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0