Italiya prezidenti Serjio Mattarellaning O'zbekistonga tashrifi kutilyapti
Serjio Mattarellaning O'zbekistonga safari 1997 yildagi prezident Oskar Luiji Skalfarodan keyingi ilk oliy darajadagi tashrif hisoblanadi.
9 noyabr kuni Italiya prezidenti Serjio Mattarellaning O'zbekistonga tashrifi kutilyapti. Bu haqda Agenzia Nova nashri xabar bermoqda.
Mattarellaga uning qizi Laura hamda mamlakat tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o'rinbosari Edmondo Cirielli hamrohlik qiladi.
Serjio Mattarellaning O'zbekistonga safari 1997 yildagi prezident Oskar Luiji Skalfarodan keyingi ilk oliy darajadagi tashrif hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Italiya yetakchisi tashrif doirasida xalqaro miqyosdagi eng dolzarb muammolar, jumladan, Isroil-Falastin mojarosi, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi qat'iyati va Ukrainadagi urush kabi masalalarni muhokama qiladi.
«Mattarellaning tashrifi O'zbekiston hukumati tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlanmoqda.
Toshkent bilan hamkorlik Italiya uchun, ayniqsa, Yevropa va Uzoq Sharq, shuningdek, Rossiya va Xitoy kabi yirik mintaqaviy davlatlar o'rtasidagi tarixiy aloqa mintaqasida joylashgan mamlakatning strategik mavqeini hisobga olgan holda alohida ahamiyatga ega. Aynan shu ma'noda Rim O'zbekistonga o'z suvirenitetini saqlab qolish va G'arb bilan munosabatlarni mustahkamlashda yordam berishi mumkin», – deyiladi Agenzia Nova nashri xabarida.
10 noyabr kuni Italiya yetakchisining Shavkat Mirziyoev uchrashuvi bo'lib o'tadi. Shu kuni MattarellaToshkentdagi Turin politexnika universitetiga boradi va u yerda ikki tomonlama oliy ta'limda almashinuvni sarhisob qilish hamda iqtisodiy va texnologik sohalardagi rivojlanish hamda hamkorlikning yangi salohiyatli yo'nalishlarini baholash imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Tashrif 11 noyabr kuni Samarqand shahrida yakunlanadi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0