Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston poytaxtda ish boshlayotgan 16-IHT sammitidan nimalarni kutmoqda?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «Gazeta.uz» saytiga 8-9 noyabr' kunlari bo'lib o'tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a'zo davlatlar sammiti bo'yicha interv'yu berdi. Suhbatda ushbu tashkilot doirasida O'zbekiston uchun qaysi masalalar ustuvor hisoblanishi, mamlakatimiz hamkorlikdan nimani kutayotganligi ham ochiqlangan.
Siyosat
1107 14:23 | 08.11.2023 14:23

– Biz avvalo ishtirokchi davlatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdormiz, chunki mahsulotimizni eksport qilishning har bir imkoniyati yangi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va ish o'rinlari yaratish uchun resurs sanaladi. Shu sababli, biz platforma doirasida savdo hajmini oshirish, savdo to'siqlarini bartaraf etish hamda tovarlar va xizmatlar harakatini soddalashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ilgari surish niyatidamiz, – degan Sherzod Asadov O'zbekistonning IHTdagi roli haqida.


Oxirgi yillarda IHTning nima sabab sezilarli faollashgani haqidagi savolga javob berarkan, Sherzod Asadov, jumladan, quyidagi asoslarga to'xtalib o'tgan:

– IHT – umumiy tarix, madaniyat va dinga ega yarim milliard insonni birlashtirgan 8 million kvadrat kilometrlik ulkan maydon. Uning hududi bir tomondan Hind okeani va O'rta yer dengizi, ikkinchi tomondan qit'alararo quruqlik va dengiz savdo yo'llari o'rtasida joylashgan bo'lib, dunyoning eng strategik ahamiyatga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. IHT davlatlari bir-birini to'ldiradigan ulkan tabiiy, intellektual, sanoat, agrar va texnologik resurslarga ega. Iqtisodiy, savdo, transport, energetika aloqalari ana shu omillar va geografik omillar tufayli organik hamda tabiiy sanaladi.


Suhbatda, shuningdek, IHT a'zosi hisoblangan, biroq ikki yildan buyon mamlakatdagi siyosiy o'zgarishlar sabab IHT faoliyatida vaqtincha ishtirok etmayotgan Afg'oniston masalasi ham o'rin olgan. Jurnalistning Afg'oniston qanday sharoitlarda IHTdagi ishtirokini tiklashi mumkin, degan savoliga Sherzod Asadov quyidagicha javob bergan:

– Toshkent sammiti IHTning Afg'oniston ishtirokisiz o'tadigan ikkinchi sammiti bo'ladi. Qolaversa, bu Afg'oniston rasman a'zo bo'lib qolayotgan, lekin ularning joriy faoliyatida ishtirok etmayotgan boshqa mintaqaviy va xalqaro tuzilmalarga ham taalluqli hisoblanadi. Shu bilan birga, O'zbekiston Afg'onistonning tinch va farovon davlatga aylanishi tashkilot makonida barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning muhim sharti, deb hisoblaydi va barcha IHTga a'zo davlatlar singari Afg'onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvidan manfaatdor.
Ammo Afg'onistonning IHT faoliyatida to'laqonli ishtirok etishi tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida umumiy kelishuv bo'lganda va xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq, xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu davlatning muvaqqat hukumati tan olinganidagina mumkin bo'ladi.


Shuningdek, Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, sammitda Yaqin Sharqdagi voqealar kun tartibidan o'rin olishi ko'zda tutilmayapti. U IHT mohiyatan siyosiy tashkilot hisoblanmasligi va asosan iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilganini ta'kidlagan.


– Biroq ishtirokchilar o'z chiqishlarida Falastin-Isroil mojarosi bo'yicha o'z pozitsiyalarini bayon etishlari va mojaroni hal qilish bo'yicha takliflarini ilgari surishlari mumkinligi istisno qilinmagan, – degan Prezident matbuot kotibi interv'yusida.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1280 11:30 | 13.09.2023