Kibermakondagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Kecha Senatda Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo'mitasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibida ko'rib chiqiladigan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, majlisda Senatorlar tomonidan “Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi qonun ham dastlabki tarzda ko'rib chiqildi.
Keyingi paytlarda Internetdan foydalanib, shaxslarning mobil' qurilmalarini, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarini zararli dastur yuborish yo'li orqali bloklab (to'sib) qo'yish, ma'lumotlarini o'chirib yuborish, o'zgartirish yoki olib qo'yish bilan qo'rqitib, pul, moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari ro'y bermoqda.
Kibermakonda shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma'lumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari ham uchrab turibdi.
Sodir etilgan bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qo'mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0