Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +13 +20

  • Dushanba, 21

    +16 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +19 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
O'zgacha rakurs
238 15:47 | 09.04.2025 15:47

Amir Temur yurt obodonchiligi va aholi sog'ligiga alohida e'tibor bergan. Bu haqda “Temur tuzuklari”da shunday deyiladi: “Yana amr etdimki, katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona (yo'lovchilar qo'nib o'tadigan joy, kambag'al yetim-esirga ovqat beriladigan joy, g'aribxona) solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirgan va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlagan.


Sohibqiron bobomiz o'z davrida ijtimoiy guruhlarni o'n ikki toifaga ajratgan. Shular ichida hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarni sakkizinchi toifaga kiritgan. Ularni saltanat korxonasiga rivoj beruvchilar, deb atagan. Tabiblar haqida shunday deydi: “Hakimlar va tabiblar bilan ittifoqda bemorlarni davolatar edim”.



Hukmdorning shaxsiy shifokori bo'lgan. Amir Temur davrida har bir shaharda shifoxona bo'lgan, ularda bilimli va tajribali tabiblar ishlagan. Jumladan, Samarqandda “Dor ush-shifo” nomli yirik kasalxona bo'lib, unga o'z zamonasining taniqli tabibi Mir Sayyid Sharif Sheroziy rahbarlik qilgan.


Bu tabib asli jurjonlik bo'lib, Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelib, kasalxonaga rahbarlik qilgan. Shu davrlarda mashhur tabiblardan Xisomiddin Ibrohim Kirmoniy, Mavlono Fayzulloh Tabriziy, Mansur ibn Muhammadlar yashab, faoliyat ko'rsatgan.


Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, Mavlono Fayzulloh Tabriziy Amir Temurning shaxsiy tabibi bo'lgan. U Sohibqironning barcha safarlarida birga bo'lar edi. Sterillash va antiseptika haqida bilgan jarroh bo'lgan.


Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek davrida tabiblar o'rtasida mohir jarrohlar ham bo'lgan. Ulardan biri Tojiddin Hakim edi. Bu jarroh ancha murakkab operatsiyalarni ham bajargan. Masalan, ko'z kataraktasini jarrohlik yo'li bilan muvaffaqiyatli davolagan.


Ta'kidlash lozimki, tabib operatsiyadan oldin jarrohlik asboblarini o't (olov) ustida qizdirib olib, so'ng ishlatgan. Operatsiya vaqtida esa qo'lini tez-tez mayda qilib to'g'ralgan piyozga botirib olarkan.


Ma'lumki, piyozda mikroblarni o'ldiruvchi fitotsidlar bo'ladi. O't ustida qizdirilgan asbob esa tamomila mikrobdan holi bo'ladi (sterilizatsiyalanadi). Bundan ma'lum bo'ladiki, Tojiddin Hakim yarani aynatuvchi jonzodlar mavjudligini bilgan va ularning rivojlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun shunday usullarni qo'llagan. Bu jihatdan, Tojiddin Hakimni O'rta Osiyoda antiseptika usulining asoschisi, deb ataladi.


Amir Temurning tibbiy-sanitariya choralari xam bo'lgan. Amir Temur va temuriylar davrida orastalik hamda ozodalik birlamchi masalalardan bo'lgan. Biz buni Sohibqironning o'z askarlariga qo'llagan chora-tadbirlari misolida ham ko'rishimiz mumkin.


Amir Temur jang oldidan askarlarining sog'lig'ini tekshirib, har birining o'zigagina tegishli bo'lgan shaxsiy buyumlari bilan ham qurollanishini tibbiy-sanitariya jixatidan nazorat qilib borgan.


Bundan tashqari, temuriylar davrida aynan shahzodalarning piyola va idishlari qanday metalldan yasalishiga ham alohida e'tibor qaratishgan. Ana shunday buyumlar sarasiga nefritni kiritish joizdir. Bu idishlarning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, ularga zahar solingudek bo'lsa, ularning rangi o'zgargan.


O'zi xukumdorlik qilgan xududlarda epidemiologik tartiblarga qat'iy amal qilishga undagan va doimiy nazorat qilgan. Xalqni ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun ko'pgina hovuz, kanal, ariqlar qazilgan. Tarixiy manbalarga ko'ra, Amir Temur va temuriylar davrida yuqumli kasalliklar tez-tez tarqab turar edi. Buning oldini olish uchun kerakli choralar ko'rilgan.


Xususan, tozalikka katta ahamiyat berilgan, ayniqsa, ariq va hovuzlardagi suvlar nihoyatda toza tutilgan. Shu sababdanmi, shifoxonalarning shimol tarafida Doral-huffoz orasida hovuz bo'lib, undan tabiblar bemorlarni davolashda foydalanar edi. Albatta, bular Temuriylar davrida barcha sohalar kabi tibbiyot ilmi ham jadal rivojlanganini tasdiqlaydi.



Abbosxon MAMADALIEV,


“Turon FA” a'zosi,


faxriy akademik



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs