Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 895.5515.2

  • EUR

    14 338.56-196.91

  • RUB

    159.382.7

+35C Toshkent Shahri

+35C Toshkent Shahri

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+35c

  • Hozir

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +32 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 13-May

+35C

  • Hozir

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +32 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Seshanba, 13

    +35 +20

  • Chorshanba, 14

    +37 +20

  • Payshanba, 15

    +39 +20

  • Juma, 16

    +40 +20

  • Shanba, 17

    +40 +20

  • Yakshanba, 18

    +31 +20

  • Dushanba, 19

    +30 +20

  • Seshanba, 20

    +33 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Hamma boy bo'lsin!

Har bir inson moliyaviy mustaqillikka erishish orzusida bo'ladi. Buni amalga oshirishda ilm, mehnat, sa'y-harakat va imkoniyatlar muhim o'rin tutadi. Shu bilan birga, faqat moliyaviy boylikni ko'zlashning o'zi kifoya qilmaydi. Bu borada sog'lom iqtisodiy muhit va ijtimoiy barqarorlik ham muhimdir.
O'zgacha rakurs
476 09:48 | 05.04.2025 09:48

Shu ma'noda yurtimiz aholisini kambag'allikdan olib chiqish uchun umummilliy harakat olib borilmoqda va iqtisodiy tizimda keng imkoniyatlar yaratilishiga e'tibor qaratilmoqda. Ayollar bandligi, yoshlar biznesi, mahallalar taraqqiyotini qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'plab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Zotan, ijtimoiy barqarorlik, ta'lim va yaratilish imkoniyatlari mavjud bo'lsa, odamlar o'zlari uchun moliya­viy farovonlikka erishish yo'llarini bemalol ­topishlari mumkin.


Biz bu borada dunyoning boy odamlari bosib o'tgan muvaffaqiyatli yo'llar haqida so'z yuritishimiz mumkin. Masalan, dunyoning eng boy odamlaridan bo'lgan Bill Geyts va Mark Tsukerbergning hayoti bizga muhim saboq bo'la oladi. Geyts Microsoft korporatsiyasini qurish orqali hashamatli hayotga qadam qo'ydi, faqat texnik bilimlar va innovatsiyalar orqali iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi.


Mark Tsukerberg esa Facebookni yaratishda axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali o'z boyligiga asos soldi. Ular bosib o'tgan yo'l shuni ko'rsatmoqdaki, agar jamiyatda imkoniyatlar bo'lsa, to'g'ri va samarali foydalanish orqali katta muvaffaqiyatga erishish mumkin. Har qanday moddiy yuksalish asosida, avvalo, bilim va mehnat yotadi. Ya'ni boylik manbai har jihatdan bilimga bog'liq.


Inson yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish orqali faqat moliyaviy jihatdan emas, balki ma'naviy jihatdan ham boy bo'lmog'i lozim. Gap shundaki, boylik abadiy bo'lishi uchun faqat qimmatli aktivlarga emas, balki ahamiyatli va insonga foyda keltiradigan ishlarga e'tibor qaratish muhimdir.


Yana bir badavlat shaxs Vorren Baffet hayotini alohida tilga olishni istardik. U dunyoning eng katta sarmoyaviy inves­torlaridan biri, o'z boyligini yaratishda qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar bilan birga, bilimga va sog'lom ish tajribasiga alohida e'tibor qaratgan. Uning ­fikriga ko'ra, bilim va tajriba bu moliya­­viy muvaffaqiyatning asosiy kalitidir. Baffetning tajribasi shuni ko'rsatadiki, agar inson iqtisodiy bilimga ega bo'lsa, u moliyaviy boylikka erishish uchun katta imkoniyatlarni qo'lga kirita oladi.


Jamiyatda barcha insonlar boy bo'lishi uchun teng imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak. Bu, haqiqatan ham, ijtimoiy adolat, barqarorlik va insoniyatning har bir a'zosiga bo'lgan munosabatlardagi tenglikka asoslanadi.


Moliyaviy boylikni tushunishda ijtimoiy muhit ham muhim omil sanaladi. Bu dunyoda biron kimsa boy bo'lsa, uning boyligi kishilik jamiyatiga ham ta'sir qilishi kerak. Сhunki agar jamiyatda axloq, bag'rikenglik va hamjihatlik bo'lsa, har bir inson o'z hayotini rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo'lishi mumkin.


Ilon Mask SpaceX va Tesla kabi loyihalar orqali dunyodagi eng innovatsion kompaniyalar asoschisiga aylandi va uning korxonalari jamiyat uchun ijtimoiy ta'sir ko'rsata oladi. Maskning ijtimoiy mas'uliyatga oid qarashlari shuni ko'rsatadiki, biz faqat moliyaviy boylikni qo'lga kiritish bilan cheklanmasdan, jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishni ham nazarda tutishimiz lozim.


«Hamma boy bo'lsin» – bu ushalmas orzu emas. Agar bu orzuni ro'yobga chiqarish uchun boshlangan umummilliy harakatga hamma bir yoqadan bosh chiqarib hissa qo'shsa, albatta, ijobiy va samarali natijalarga erishish mumkin. Muhimi, barcha insonlar uchun teng imkoniyatlar, ijtimoiy barqarorlik va sog'lom iqtisodiy muhit yaratish zarur. Buning uchun, avvalo, ta'lim, axloq va ma'naviyatga alohida e'tibor qaratish kerak.


Dildora IBROHIMOVA
«Ishonch»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs