Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+29C

+29C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+29c

  • Hozir

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+29C

  • Hozir

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +29 +20

  • Yakshanba, 24

    +29 +20

  • Dushanba, 25

    +31 +20

  • Seshanba, 26

    +32 +20

  • Chorshanba, 27

    +33 +20

  • Payshanba, 28

    +33 +20

  • Juma, 29

    +33 +20

  • Shanba, 30

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bugun inson koinotga birinchi parvozni amalga oshirgan kun

O'tgan asrning 1961 yil 12 aprelida Yuriy Gagarin “Vostok-1” kosmik kemasida "Boyqo'ng'ir" kosmodromidan fazoga uchirildi va dunyoda birinchi marta Yer sayyorasi atrofida orbital parvozni amalga oshirdi.
Siyosat
1267 13:13 | 12.04.2024 13:13

Parvoz Yerga yaqin fazoda 108 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida kema Yer atrofida bir marta aylanish qildi, shundan so'ng Gagarin Saratov viloyatidagi Smelovka qishlog'i hududiga "Vostok" apparatida muvaffaqiyatli qo'ndi. Ikki kundan keyin mamlakat va butun dunyo birinchi kosmonavtni sharafladi.


Yuriy Gagarin koinotga parvoz qilganidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldi. Bu unvon unga Vatan uchun jasorat ko'rsatgani uchun berilgan.


Shundan buyon 12 aprel' – Kosmonavtika kuni sifatida, BMT Bosh assambleyasining 2011 yil 7 apreldagi rezolyutsiyasi bilan esa "Jahon aviatsiyasi va kosmonavtikasi kuni" sifatida nishonlanadi.


Dunyoning birinchi fazogiri hayotidagi tutgan o'rni ham tarixiy ahamiyatga ega. Respublikamizning Mirzacho'l tumani markazi 1974 yildan buyon Gagarin nomi bilan ataladi. O'sha yili tuman markaziga shahar maqomi berilib, Gagarin nomi bilan atalib boshlangan. Bu shaharda birinchi kosmonavtga o'rnatilgan haykal Markaziy Osiyo respublikalaridagi eng mahobatlisi hisoblanadi.


Yuriy Gagarin O'zbekistonga tez-tez mehmonga kelib turganligini bugun katta avlod vakillari yaxshi eslaydi. U 1961 yildan 1968 yilgacha respublikamizga olti marta kelgan. Yurtimizga safari davomida ko'plab jamoat, madaniyat va san'at arboblari, yoshlar, oddiy odamlar orasida bo'lib, ko'plab do'stlar orttirgan.


2019 yil Jahon aviatsiyasi va kosmonavtikasi kunida kosmonavtlar – Vladimir Jonibekov, Solijon Sharipov, Yuriy Onufrienko va Rossiya davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiya a'zolari Yuriy Alekseevich Gagarin haykalini ziyorat qilish uchun kelgan edi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat