Caratonga chalingan prezident xalq bilan xayrlashmoqda
Urugvayning sobiq prezidenti, ayni damda 89 yoshda bo'lgan Xose Muxika endi saratonga qarshi kurasha olmasligini va vatandoshlari bilan xayrlashayotganini aytdi. Uning so'nggi qarori nafaqat shaxsiy hayoti, balki jamiyat uchun ulkan ma'naviy saboq bo'lishi mumkin.
Muxika o'zining so'nggi bayonotida qizilo'ngach saratoni jigariga ham tarqalgani va bu kasallikni davolashdan bosh tortayotganini ma'lum qildi.
Men o'lyapman. Qizilo'ngach saratoni hozir jigarimga tarqalmoqda. Uni to'xtatib bo'lmaydi", deydi Muxika ElDiario nashriga bergan interv'yusida . Prezident uning tanasi boshqa jarrohlik amaliyotiga bardosh bera olmasligini bildirgan. “Meni faqat tinch qo'yishingizni so'rayman. Meni bema'ni interv'yular yoki boshqa narsalar bilan bezovta qilmang. Mening davrim tugadi. Ochiq aytaman, jon beryapman va jangchining orom olishga haqqi bor”, degan prezident.
Ma'lumot uchun, Xose Alberto Muxika Kordano - urugvaylik chap qanot siyosatchi. U 2010-yildan 2015-yilgacha Urugvayni boshqargan. O'tgan yili Muxikaga qizilo'ngach saratoni tashxisi qo'yilgani ma'lum bo'ldi. Uning ishi kimyoterapiyani murakkablashtirgan oldingi immunologik kasallik tufayli ikki baravar qiyinlashdi.
Muxika ba'zan sayyoradagi yeng kambag'al prezident deb atalgan, chunki u har doim oddiy qishloq uyida yashagan va deyarli butun prezidentlik maoshini xayriya ishlariga sarflagan.
Shu bilan birga, sobiq Urugvay rahbari o'tmishda 1960-1970-yillarda rejimga qarshi kurashda teraktlar, banklarni o'g'irlash va garovga olish kabi qurolli usullarni qo'llagan Tupamaros guruhi a'zosi sifatida tanilgan. Qo'shinlar bilan to'qnashuvlarda Muxika bir vaqtning o'zida olti marta otib tashlangan, qo'lga olingan, qiynoqqa solingan va jami 14 yildan ortiq qamoqda o'tirgan.
1985-yil mart oyida amnistiyadan so'ng u hokimiyatni qo'lga kiritish uchun zo'ravonlik usullarini qo'llash xato, degan ishonch bilan ozod qilinadi.
Muxikaning o'z kasalligini qabul qilishga va tez orada vafot etishga tayyorligi haqidagi hozirgi bayonoti Lotin Amerikadagi asosiy yangiliklardan biriga aylandi: uning so'zlari mintaqadagi barcha yetakchi nashrlarning birinchi sahifasida chop etilmoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0