+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Cavdo hiylasiga aylanayotgan soxta chaqiriqlar

Yaqinda bir tanishim yozg‘irib qoldi. Aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga ishonib, arzon televizor sotib olish uchun maishiy texnikalar do‘koniga boribdi. Ammo reklamada ko‘rgan mahsuloti yo‘q ekan. Sotuvchilarning qistovi bilan ikki baravar qimmatiga boshqa rusumdagi televizorni xarid qilibdi. Afsus, rosa maqtalgan oynai jahon tez orada buzilib qolibdi. Qaytarib olib borsa, sotuvchilar «Kafolatni biz emas, ishlab chiqargan firma bergan. Siz servis xizmatiga murojaat qiling», deb qaytarib yuborishibdi. Xullas, do‘stim reklamaga ishonib, chuv tushibdi.
Jamiyat
368 13:39 | 07.06.2026 13:39

Bugun internet sahifalarini kuzatsangiz, «Eng arzon narx», «Faqat bugun», «Ombor tozalash», «Yarim bahosiga» kabi chaqiriqlar deyarli har qadamda uchraydi. Ko‘p holatlarda reklamada jozibali mahsulot namoyish qilinadi, narxi esa bozordagidan ancha arzon bo‘ladi. Tabiiyki, xaridor unga qiziqadi, vaqt va mablag‘ sarflab savdo nuqtasiga boradi. Lekin manzildan reklamadagi buyumni topolmaydi. Sotuvchi esa «Hozirgina tugab qoldi», «Ertalab olib ketishdi» kabi bahonalarni keltiradi. Keyin qimmatroq tovarni taklif qiladi.


Sirtdan qaraganda, bu oddiy marketing usulidek tuyulishi mumkin, aslida esa isteʼmolchini manipulyatsiya qilishning yashirin shakli. Chunki maqsad arzon mahsulotni sotish emas, balki odamni do‘konga chaqirish orqali uni boshqa xaridga undash bo‘ladi.


Eng achinarlisi, ayrim tadbirkorlar buni «savdo hiylasi» sifatida qabul qila boshladi. Vaholanki, qisqa muddatli manfaat ortidan quvish uzoq istiqbolda butun bozorga zarar keltiradi. Sababi, iqtisodiyotda eng muhim kapital – bu ishonch. Mijoz bir marta aldanganini his qilsa, keyin nafaqat o‘sha do‘konga, balki boshqa savdo nuqtalariga ham shubha bilan qaray boshlaydi. Oqibatda halol ishlayotgan tadbirkor ham bundan jabr ko‘radi.


«Reklama to‘g‘risida»gi qonunda yolg‘on, noaniq va chalg‘ituvchi axborotlarni tarqatish taqiqlangan. Maʼmuriy javobgarlik choralari ham belgilangan. Biroq muammo qonunning mavjud yoki mavjud emasligida emas, uning amalda qanday ishlayotganida. Ko‘pincha fuqaro o‘z huquqini bilmaydi yoki shikoyat qilishdan naf ko‘rmasligiga ishonadi. Baʼzan esa nazorat mexanizmi sustligi tufayli bunday holatlar jazosiz qoladi. Bu vijdonsiz savdogarlarga yanada kengroq maydon ochib beradi.


Masalaga faqat jarima nuqtai nazaridan qarash etarli emas, tadbirkorlik madaniyati haqida ham jiddiy o‘ylash kerak. Chunki biznes – faqat foyda topish vositasi emas, balki jamiyat oldidagi masʼuliyat hamdir. Halol savdo muhiti shakllanmas ekan, iqtisodiy islohotlardan kutilgan samara to‘liq namoyon bo‘lmaydi.


Biz shularni nazarda tutib, bir nechta takliflarni o‘rtaga tashlamoqchimiz. Avvalo, ijtimoiy tarmoqlardagi tijoriy sahifalar uchun ochiq reyting tizimini yo‘lga qo‘yish kerak. Xaridorlar do‘kon faoliyati, xizmat sifati va reklamadagi maʼlumotning haqqoniyligi bo‘yicha baholash imkoniga ega bo‘lsa, bu o‘z-o‘zidan masʼuliyatni oshiradi. Chunki odamlar endi faqat narxga emas, obro‘ga ham qarab tanlov qila boshladi. Qolaversa, reklamada ko‘rsatilgan mahsulotning minimal miqdori haqida talab joriy etish maqsadga muvofiq. Masalan, «Aktsiya», deb eʼlon qilingan mahsulot muayyan sonda rostdan ham mavjud bo‘lishi shart. Aks holda, bu ommani jalb qilish uchun ishlatiladigan soxta chaqiriqqa aylanib qoladi.


Shuningdek, isteʼmolchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish zarur. Chunki bugun ko‘pchilik qaerga shikoyat qilishni bilmaydi. Agar mobil ilova yoki yagona onlayn platforma orqali reklama yuzasidan tezkor murojaat qilish imkoni yaratilsa, jamoatchilik nazorati kuchayadi. Bu masalaga ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ham masʼuliyat bilan qarashlari kerak. Baʼzan tekshirilmagan savdo sahifalari sunʼiy ravishda targ‘ib qilinishi tufayli odamlar reklamaga emas, uni tavsiya qilgan shaxsga ishonib, aldanib qolishyapti.


Eng muhimi, tadbirkorlik erkinligi bilan vijdon o‘rtasida muvozanat bo‘lishi shart. Bozor iqtisodiyoti – kim kuchli bo‘lsa, o‘sha yutadi degani emas. Aksincha, qonun va ishonch ustuvor bo‘lgan muhitda halol mehnat qilgan inson muvaffaqiyatga loyiq. Chunki iqtisodiyotni faqat binolar, do‘konlar yoki raqamlar emas, odamlarning bir-biriga ishonchi rivojlantiradi. Agar bu ishonch emirilsa, tashqi ko‘rinishda o‘sish bo‘lgani bilan ichki muhitda beqarorlik kuchayadi.


Shunday ekan, yolg‘on reklama masalasiga oddiy «savdo hiylasi» deb emas, balki iqtisodiy madaniyat va jamiyat maʼnaviyatiga daxldor masala sifatida qarash vaqti keldi!


Bahodir HALIMOV


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6649 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat