“Сhinor ostidagi duel'” suratga olingan qishloq va qishda ham go'ja ichiladigan maskan – Forishdagi Qoratosh qishlog'idan fotoreportaj
– O'tgan asrning saksoninchi yillarida onam shu yerda go'ja sotardi, – deydi Iqlima opa. – O'sha vaqtlarda bir kosa go'ja 40-50 tiyin edi. Qishlog'imiz momolari azaldan go'ja tayyorlashga usta bo'lishgan. Bu an'ana avloddan- avlodga o'tib kelmoqda. Bizda go'ja to'rt xil mahsulot, ya'ni bug'doy, makkajo'xori, jo'xori hamda guruchdan tayyorlanadi. Sotuvchilar oldiga borganimizda bir holat e'tiborimizni tortdi. Go'jachi ayollar xaridorlar oldiga yugurib chiqib, «klient» talashmas ekan. Kimning navbati kelgan bo'lsa, faqat u go'ja sotarkan.
«Сhinor ostidagi duel'» fil'mini ko'rmagan odam bo'lmasa kerak. O'sha mashhur kino Forish tumanining Qoratosh qishlog'ida suratga olingan.
Tog'lar etagida joylashgan qishloqda qirlar, buloqlar ko'p. Tuman markaziga yo'l shu qishloqdan o'tgan. Yo'lovchi larning aksariyati markazga borish yoki qaytishda go'jachilar chaylasi oldida to'xtab, go'ja ichib ketishadi. Iqlima Egamova qish loqdagi eng tajribali go'ja tayyorlovchilardan biri. U go'ja tayyorlashni onasidan o'rgangan.
– O'tgan asrning saksoninchi yillarida onam shu yerda go'ja sotardi, – deydi Iqlima opa. – O'sha vaqtlarda bir kosa go'ja 40-50 tiyin edi. Qishlog'imiz momolari azaldan go'ja tayyorlashga usta bo'lishgan. Bu an'ana avloddan- avlodga o'tib kelmoqda. Bizda go'ja to'rt xil mahsulot, ya'ni bug'doy, makkajo'xori, jo'xori hamda guruchdan tayyorlanadi. Sotuvchilar oldiga borganimizda bir holat e'tiborimizni tortdi. Go'jachi ayollar xaridorlar oldiga yugurib chiqib, «klient» talashmas ekan. Kimning navbati kelgan bo'lsa, faqat u go'ja sotarkan.
– Bizning o'z qonun-qoidamiz bor. Yoz kunlari oltmishga yaqin ayollar savdoga chiqishadi. Aytaylik, bir kun o'ttiz nafar xotin-qiz go'ja olib chiqsa, ertasi kuni qolgan o'ttiz nafarining navbati. Har kuni sotaman, degan gap yo'q. Agar omadimiz kelsa, bir kunda 20-25 kosa go'ja sotamiz, ayrim kunlari umuman sotilmasligi ham mumkin.
Qish kunlari 2-3 kosa sotamiz, sovun puli bo'lib turibdi, harna-da, – deydi Umida Umirzoqova. Biz go'jani tayyorlash mashaqqati, kelida makkajo'xori donini ezish jarayoni haqida ham bilib oldik. Mahsulotni maydalash va tozalashga o'rtacha ikki-uch soat vaqt ketar ekan. Taom pishguncha yetti-sakkiz soat qaynatilarkan. Bu yumushlarni qish kunlari pechkada qilishning o'zi bo'lmasa kerak, albatta. Hozir bir kosa go'janing narxi besh ming so'm. Ammo taomni tayyorlash mashaqqati, sarflanadigan mehnat va taomga solinadigan mahsulotning narxini hisobga olsak, qimmat emas.
Surishtirib bildikki, qishloqda go'ja hamda ayronni bir necha xil usulda, o'ziga xos tarzda tayyorlash kecha yoki bugun paydo bo'lgan emas. Zamonaviy dunyo, innovatsion yondashuvlarning go'ja pishirishga aloqasi yo'q. Qoratosh qishlog'i xotin-qizlari ko'prik va buloq yoqasida kamida qirq yildan beri go'ja sotishar ekan. Go'ja va ayron sotib, oilasiga baraka keltirayotgan ayollar tomonidan joriy qilingan tartibda o'ziga xos adolat bor. Hamma mahsulotini navbat bilan sotadi, mijoz talashish, baqir-chaqir yo'q. Uzrli sabab bo'lmasa, hech kimga imtiyoz ham berilmaydi. Xullas, hech kimning savdosi sinmaydi. Agar Forishga yo'lingiz tushsa, Qoratoshga to'xtab o'ting. To'yimli, mazali va foydali go'jadan iching... O'shanda mening gaplarim qanchalik rost ekaniga amin bo'lasiz. Aytgancha, «Ayronchi qiz» degan qo'shiq bo'lardi. O'sha qo'shiqni eshitib, ayron yoki go'ja ichsangiz, boshqacha ketadi-da o'ziyam.
Muqimboy Ismoilov,
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0