+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Insonligini saqlab qolgan jurnalist

Baʼzi insonlar hayotimizga shunchaki kirib keladi, ammo vaqt o‘tib anglaymizki, ular qalbimizda butun bir maktab yaratishadi. Men uchun Olim Toshboev ana shunday insonlardan...
Jamiyat
723 17:13 | 25.05.2026 17:13

Ustozni ilk tanigan kunim yodimda. Auditoriya eshigidan sokin qadamlar bilan kirib kelgan, nigohida jiddiylik va mehr birlashib turgan insonni ko‘rib, bu dars oddiy o‘tmasligini his qilgandim. Rostdan, shunday bo‘ldi. Chunki baʼzi o‘qituvchilar faqat dars o‘tadi, baʼzilari esa o‘ylashga o‘rgatadi. Olim Toshboev esa aynan ikkinchi toifadagilar sirasiga kiradi.


“To‘rt yil talabalik davrida qiynalib o‘qisang, qolgan umringni rohatda o‘tkazasan”. Bu jumlani ustoz deyarli har bir dars yakunida takrorlardilar. Ilk bor eshitganimda bu shunchaki nasihatdek tuyulgan edi. Ammo vaqt o‘tib angladimki, bu so‘zlar ortida butun bir hayot tajribasi, mehnat falsafasi va insonni kamolotga etaklovchi haqiqat mujassam ekan.


Olim Toshboevning qalami oddiy qalam emas. U inson qalbining eng nozik nuqtalariga tegadi. Ustozning har bir satrida davr nafasi, tarix og‘rig‘i va millat ruhi yashaydi. Ayniqsa, “Oybolta ostidagi olomon” asarini o‘qiganda inson faqat matnni emas, butun bir zamonning iztirobini his qiladi.


“Qizil yulduz, qizil tong, qizil bayroq, qizil armiya...”


Adib birgina “qizil” so‘zi orqali butun bir tuzumning ruhiy manzarasini chizib beradi. Bu esa har qanday yozuvchiga ham nasib etavermaydigan mahoratning yorqin isbotidir. So‘zlari esa go‘yo qo‘l bilan ushlab bo‘ladigan darajada taʼsirli. Kitobxonni o‘tmish qaʼriga tortib ketadi.


Olim Toshboevni faqat adib sifatida taʼriflash kamlik qiladi. U – jurnalist, haqiqiy jurnalist. Chunki nigohida jamiyat dardi yashaydi. Voqealarga shunchaki qaramaydi, ularning tagidagi haqiqatni ko‘ra oladi. Shuning uchun ham publitsistikasida shoshqaloqlik emas, teran tafakkur ustun turadi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida yillar davomida ishlab, telejurnalistika va axborot sohasida ulkan tajriba orttirdim. Ammo, eng muhimi, hech qachon o‘zini katta tutmadi, aksincha, insonligini saqlab qoldi.


Olim Toshboev bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida yoshlarga saboq bermoqda. Dars jarayonida ustozning har bir qarashi, har bir savoli bizni hushyor torttiradi. U kishi talabani faqat baholamaydi, shaxs sifatida anglashga harakat qiladi.


Men ana shunday insonning talabasi ekanimdan faxrlanaman. Chunki baʼzi ustozlar bilim beradi, baʼzilari insonning hayotida iz qoldiradi. Olim Toshboev esa qalbimizga muhrlangan ustozlardan. Men uchun faqat “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” emas, fikrga masʼuliyat, kasbga sadoqat va insonga hurmat timsoli. Vaqt o‘tadi. Biz ham auditoriyalarni tark etamiz. Ammo ustozimizning ovozi, nasihati va nigohidagi maʼno umrbod yodimizda qoladi.


Menimcha, haqiqiy ustozlik aynan shu.


Sanobar RUSTAMOVA,


O‘zDJTU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6649 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat