Mirziyoev: “Daromadi o'rtadan yuqori” bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirish niyatidamiz
O'zbekiston yetakchisi BMT BAning 80-sessiyasida so'zga chiqib, mamlakatda Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy mamlakat barpo etish siyosati olib borilayotganini ta'kidladi.
Ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda O'zbekistonda kambag'allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqargan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga, oliy ta'lim bilan qamrov esa 9 foizdan 42 foizga oshgan.
Prezident O'zbekiston 2030-yilga borib “daromadi o'rtadan yuqori” bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganini ta'kidladi.
“Biz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lida olgan majburiyatlarimizga sodiqmiz. 2030-yilga borib “daromadi o'rtadan yuqori” bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirishni niyat qilganmiz.
Shu maqsadda ochiq va pragmatik siyosatimizni izchil davom ettiramiz”, – dedi Mirziyoev.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0