Valyuta UZS
  • USD

    12 559.26-59.37

  • EUR

    14 413.01-103.46

  • RUB

    160.17-0.66

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +23 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +34 C

  • 13:00

    +35 C

  • 14:00

    +36 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +35 C

  • 20:00

    +32 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +30 C

  • 23:00

    +28 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 22-June

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +23 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +34 C

  • 13:00

    +35 C

  • 14:00

    +36 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +35 C

  • 20:00

    +32 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +30 C

  • 23:00

    +28 C

  • Yakshanba, 22

    +23 +20

  • Dushanba, 23

    +22 +20

  • Seshanba, 24

    +22 +20

  • Chorshanba, 25

    +26 +20

  • Payshanba, 26

    +22 +20

  • Juma, 27

    +19 +20

  • Shanba, 28

    +19 +20

  • Yakshanba, 29

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Nega barcha davlatlar omma qudratidan cho'chiydi? – Gustav Lebonning “Omma psixologiyasi” asariga sharh

Shaxsning tafakkuri, tanqidiy fikrlashi omma ichida yakka holdagi vaqtiga qaraganda zaif bo'ladi. Ommaning ichida yuqumlilik darajasi o'ta yuqori bo'ladi.
O'zgacha rakurs
1026 11:39 | 09.08.2024 11:39

Ongsizlik


Gustav Lebonning “Omma psixologiyasi” kitobi Zigmund Freyd psixoanaliz nazariyasini yaratgan o'sha 1890 yillarda yozilgan. U o'z kitobida nima sababdan bir necha odam bir yerga yig'ilganda ular sinxron fikrlashi, o'tmishning xotiralari ya'ni ongsizlik xolati ularni boshqarishi, uning axloqiy qarashlari, e'tiqodi shakllanishi va boshqa masalalarga javob bergan. Bu kitobni tushunish uchun Zigmund Freydning ongsizlik atamasi bilan qisqacha tanishish lozim. Uning nomlanishi o'zbek tilida bir necha xil, lekin mazmuni bir xil: Ongsizlik – ongosti – ID!


“Ongsizlik shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o'zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar kundalik hayotda, uyquda, ya'ni tush ko'rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog'liq bo'lmagan, uning ixtiyorida bo'lmagan holat. Z.Freyd ta'biricha, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostida qo'nim topadi. Ongsizlik tug'ma xususiyat bo'lib, insonlarning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi” – Z. Ibodullaev “Asab va ruhiyat” 137 bet.


Insonlarning nasldan-naslga o'tuvchi xislatlari orqali butun bir millatning tafakkuri shakllanib boradi, biroq kuzatuvchilar tasdiqlashicha, bir necha insonlar bir maqsadda to'planib, guruhlarga birlashsa nafaqat millatga xos bo'lgan, balki ma'lum miqdorda farqlanib turadigan yangi psixologik xususiyatlar shakllanishi ham mumkin.


Shaxsning tafakkuri, tanqidiy fikrlashi omma ichida yakka holdagi vaqtiga qaraganda zaif bo'ladi. Ommaning ichida yuqumlilik darajasi o'ta yuqori bo'ladi. Ommaning ichidan kimdir nojoiz so'zlar aytib haqorat qilsa yoki biror jismoniy harakatga da'vat etsa bu ommaga tez tarqaydi va ular harakatga kelishi ehtimoli yuqori. Omma shuning uchun havfliki ularda javobgarlik hissi yo'q. Shuning uchun ham qo'zg'olon va mitinglardan barcha davlatlar cho'chiydi. Butun omma bir tanga aylanadi. Ommaning qudrati – ongsizlikda. Tildan murakkabroq va g'aroyibroq nima bo'lishi mumkin? Eng kuchli olimlar ham tilning qonuniyatlarini o'rganish bilan cheklanadi, chunki ularning o'zi til yarata olishmaydi. Ana shu ongsiz omma tilni yaratgan. Hayratlanarli. Shaxs o'zining bir maromdagi hayotida aslo qilmaydigan ishlarini ommaning ta'siri va ruhiyati ostida bemalol uddalay oladi. Bunda g'oya, mafkura yo'lida shaxs o'zini ayamaydi. Agar ular ma'lum vaziyatlarda aql ishlatib, o'z manfaatlari yo'lida harakatlanganlarida edi, sayyoramizda hech qanday tsivilizatsiyalar bo'lmasligi va biz xozir o'qiyotgan tarix yozilmasligi mumkin edi.


Omma hissiyotlar orqali boshqariladi


Omma liderdan mantiq va asosli gap kutmaydi. U emotsional, ishtiyoq uyg'otuvchi jo'shqin nutq so'zlaydigan to'daboshiga itoat etadi. Omma rahnamosidan o'zining fikrlari, hissiyotlariga tasdiq kutadi, e'tirof etishini kutadi. Ommani harakatga keltirish uchun notiq biror masalani mantiq bilan, maydalab tushuntirishi shart emas. U umumiy va obrazlarga boy, keskin fikr bildirsa kifoya. Bir necha yil oldin Bulanjizm nomi ostida o'tgan ommaviy harakatdan ma'lum bo'ldiki, ommaning diniy instinktlari o'zini boshqa shaklda namoyon etishga tayyor turar ekan. O'shanda qahramon portreti ilinmagan bironta kulba qolmagandi.


Kitobdan iqtiboslar:


“Aslini olganda, omma jinoyat qilishga moyil bo'lishi rost, biroq nega shunday? Javobi oddiy. Ibtidoiy davrlardagi ajdodlarimiz qoldirgan instinktlar bizda yashirin saqlanadi (yuqoridagi rasmga, IDga qarang:). Bu instinktlar yashirin bo'lib, yovvoyi xususiyatga ega”.


“Ommaga qanday g'oya ta'sir o'tkazmasin, omma bu g'oyani mutlaq va o'zgarmas, deb bilmas ekan, bu g'oya samarali natija bermaydi. Samarador g'oyalar ommaga ma'lum obrazlarda namoyon bo'ladi, mafkurani ommaga boshqa shaklda tadbiq etish ilojsiz”.


“Ma'lum bir g'oya xalqqa to'la singdirilishi uchun ko'p o'zgarishlarni boshidan kechiradi. G'oya xalqning ongsizlik holatigacha kirib borishi va natijada uning hissiyotlarining bir qismiga aylanishi lozim. Bu esa juda ko'p vaqt talab qiladi. G'oya xalqqa singishi uchun qancha ko'p vaqt kerak bo'lsa, uning unutilishi ham shuncha cho'ziladi”.


“Ma'lum bir g'oya muhokama ostiga qo'yilgan onda, uning ahamiyati susaygani va u yemirilib borayotgani ma'lum bo'ladi. Xar qanday g'oya o'ylab topilgani sabab uni muhokamaga qo'yish juda xavfli”.



Ommaga ta'sir etishda eng muhim narsa takrorlashdir.


Napoleon



Lebon Frantsuz inqilobiga sabab bo'lgan falsafiy g'oyalar bir asr davomida xalqining zehniyatida pishib kelganini yozadi. Davomida shunday deydi:Butun boshli millatning ijtimoiy tenglik, erkinlik va boshqa xuquqlarini ta'minlashga bo'lgan barcha qirolliklarni zaiflashtirdi va butun g'arb dunyosiga katta ta'sir o'tkazdi.


Mavzuni kengroq ochishga yana bir iqtibos: “G'oya halqqa singishi uchun qancha ko'p vaqt kerak bo'lsa, uning unutilishi ham shunchalik ko'p vaqt talab qiladi.


G'oyangizni o'zingiz himoya qilishingiz kerak, u sizdan boshqa hech kimga kerak emas. Erkinlik va hurfikrli jamiyat tashkil qilish g'oyasina targ'ibotchilarning o'zi ishonmasa va yengilsa, bu boshqalar uchun ayni maddaodir. Biz necha asrlardan beri boshqa yurtlar hamlasiga uchrab kelganmiz. Mustamlakachilar hech qachon boshqa yurtni farovonligi uchun harakat qilmaydi, shundan bizning “demokratiya, erkin fikr, adolat” haqida eshitganimiz onimizdayoq taslim bo'la qolamiz. Bu bizning zehniyatimiz uchun aksiomaga aylanib bo'lgan. Biz shuni yengishimiz kerak. O'z shuurimiz, ongimiz, zehniyatimizda o'zgarish qilishimiz kerak. Hech bo'lmaganda “bu odamni aniq tepaga chaqirishadi” kabi gaplardan tiyilishimiz kerak. Asta-sekinlik bilan o'zgarish bo'ladi. Shuningdek, Gustav Lebonning kitobida frantsuz xukumati o'z ta'lim tizimi orqali o'ziga nisbatan norozi va isyonkor shaxslarni yetishtirgani, fuqaroga erkinlik yaratishi kerak bo'lgan qonunlar qanday qilib teskari vazifada ishlashi, qonunlarni ishlab chiquvchilar kim bo'lishi kerakligi haqida batafsil yozilgan.



Ulug'bek RAMAZONOV



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs