Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Og'ir bolalik, Muhammad Ali bilan afsonaviy jang: Jorj Formanning hayot yo'li

21-mart kuni AQShda mashhur bokschi, super og'ir vaznda bir necha bor jahonda tengsiz deb topilgan Jorj Forman vafot etdi. U 76 yoshni qarshilayotgan edi. Forman o'ta kambag'al oilada tug'ildi, nosog'lom muhitda ulg'aydi, ammo oxir-oqibatda boks tarixida chuqur iz qoldirgan sportchiga aylandi. Uning Muhammad Ali bilan o'tkazgan afsonaviy jangi hanuz muhokamalarga sabab bo'ladi. Quyida marhum bokschining hayot yo'li, natijalari va boshqa qiziqarli ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz.
O'zgacha rakurs
383 15:31 | 22.03.2025 15:31

Uning natijalari havas qilgulik edi: og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni (1973-1974), WBC (1973-1974), WBA (1973-1974; 1994-1995), IBF (1994-1995) bo'yicha jahon chempioni. “Yil bokschisi” (1973; 1976) va “Yil qaytishi” (1994) mukofotlari g'olibi. To'rt marta uning janglari “Ring” jurnali tomonidan yilning eng yaxshi jangi deb topilgan. WBC Formanni boks tarixidagi eng kuchli og'ir vaznli sportchi sifatida tan olgandi. Ammo Forman bularga erishgunga qadar bo'lgan yo'lni osongina bosib kelmagandi. Bokschi nochor oilada dunyoga kelgan, uning sharoitida mashhur sportchi bo'lish uyoqda tursin, tuzukroq ta'lim olish ham imkonsizdek edi. U 1949-yil 10-yanvarda Texasning Marshall shahrida tug'ilgan. U olti farzand ichida yolg'iz onaning qo'lida tarbiyalangan. U o'qishni tashlab, sport faoliyatini boshlashdan oldin ko'chada hatto talonchilik bilan ham shug'ullanib ko'rgandi.


Jahon boksining bo'lajak afsonasi dastlab u hayotda hech qanday istiqbolga ega bo'lmagan navbatdagi ko'cha bezorisi sifatida ko'rilgan. Hikoya qilinishicha, Formanning singlisi unga: “Nima xohlasangiz, shuni qiling, baribir siz hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz” degan ekan. Bu vaqtga kelib Jorj juda ko'p politsiya qo'liga tushaverib, antirekordlar to'plagandi. Yaqinlarining undan hafsalasi pir bo'lgach, Forman bezori do'stlarini tashlab, boksga qiziqib qoldi.


“Professional boks va musobaqalar dastlab xayolimga kelmagan. Men mashg'ulotlarni boshlaganimdan so'ng bir yil ichida yaxshi ko'cha jangchisi bo'lishga qaror qildim. X'yustonga qaytib boraman va u yerda hammani mag'lub qilaman deb o'ylagandim. Bu yo'l oxir-oqibat meni oltin medallarga olib borishini tasavvur ham qilmaganman", deb eslaydi Forman.



19 yoshida Jorj 1968-yilda Mexiko shahrida bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlariga borib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Yutuq unga misli ko'rilmagan shon-shuhrat olib keldi, ushbu g'alabadan bir yil o'tib professional boksda o'z imkoniyatini sinab ko'rishga qaror qildi. Formanning jismoniy holati va zarba berish qobiliyati juda kuchli edi. Jorj mashg'ulotlarni ko'paytirdi, tinimsiz shug'ullandi va natijada ancha-muncha sportchini esankiratib qo'yadigan bokschiga aylandi. Professional boksdagi dastlabki olti oy ichida Jorj g'alabalar bo'yicha 13:0 hisobida rekord o'rnatdi.


1973-yilda Forman o'sha paytgacha mag'lubiyat nimaligini bilmagan afsonaviy Muhammad Alini ringga qulatishga erishgan Jo Freyzer bilan chempionlik jangiga kirishdi. Kuchga to'lgan Forman raqibini ayab o'tirmadi: birinchi raundda uchta nokdaun, ikkinchisida ham uchta nokdaun va yakunda jang hakam tomonidan to'xtatildi. Shunday qilib, Jorj boksning super yulduziga aylandi. Endi uni Muhammad Ali bilan superto'qnashuv kutib turardi.


Biroz vaqt o'tgach, Forman boks tarixidagi eng mashhur jang – “Junglidagi shovqin”ning ishtirokchisiga aylandi. Jang Afrikada, Kongo demokratik respublikasida tashkil etildi. Muhammad Ali Formanni sinchiklab o'rgandi, raqibining dahshatli kuchini yaxshi bilar edi, shuning uchun u Jorjning ko'proq harakatlanishiga imkon berdi. Alal-oqibatda Ali charchagan Jorjga hal qiluvchi zarbani berdi, Forman nokautga uchradi. Taxminlarga ko'ra, jang tashkilotchilarga jami 510 million dollar foyda olib kelgan.


Ammo Formanning o'zi mag'lubiyatini boshqacha talqin qiladi: “Ali bilan jangdan oldin murabbiyim menga bir stakan suyuqlik uzatdi. Bir qultum ichib, tuflab yuborishimga sal qoldi. Suvning ta'mi qandaydir doriga o'xshardi. Murabbiyim Sadler bu “har doimgidek suv” ekanligini ta'kidladi. Shundan keyin men Dik Sadler bilan boshqa hech qachon ishlamadim... O'sha kechasi nimadir bo'lganini ikkalamiz ham bilardik”. Ali bilan jangda mag'lubiyatga uchragandan keyingi bir necha yil ichida Forman faoliyatini davom ettirdi, Freyzerni yana mag'lub etdi va 28 yoshida Jimmi Yangdan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, to'satdan boksni tark etdi va o'zining tug'ilgan X'yustonida ruhoniy-voiz bo'ldi. Forman bu yerda cherkov qurdi va mahalliy yoshlarga ustozlik qildi. Jorj umrining 10 yilini shu zaylda o'tkazdi.



38 yoshida Forman boksga qaytdi va yana ajoyib natijalar qayd etdi - uch yil ichida 24 g'alaba! Professional sport me'yorlari bo'yicha katta yoshda ham Forman o'sha davrning eng yaxshi sportchilarida qo'rquv uyg'otdi. Ayrim boks tahlilchilari hatto Mayk Tayson ham Forman bilan ringga ko'tarilishni istamagan deyishadi. G'alabali seriya 42 yoshli Formanni mutlaq chempion Evander Xolifild bilan jangga yetaklab keldi. Jang yaxshi o'tdi, ammo Jorj oxir-oqibat yutqazdi. Ikki yil o'tgach, u Tommi Morrisonga yutqazib, WBO kamarini qo'lga kirita olmadi. Forman navbatdagi jangida WIF va IBF kamarlari uchun duelda Maykl Murer bilan uchrashdi. Murer jangda ustunlik qildi, ammo 10-raundda Jorj hal qiluvchi zarbani berdi va Maykl o'rnidan turmadi. Forman 45 yoshida jahon chempioni bo'ldi va yosh ko'rsatkichi bo'yicha rekord o'rnatdi. Bu Tayson va Muhammad Ali kabi bokschilar bilan bir davrda qo'lga kiritilgan ulkan yutuq edi.


G'alabadan keyin Forman sportni tashlab qo'ymadi va hatto ko'proq mashq qilishni boshladi. Jorj yana to'rtta professional jang o'tkazdi va Shennon Briggsga bahsli mag'lubiyatdan so'ng u 76-5 rekordi bilan 48 yoshida nafaqaga chiqdi. Forman tarixga misli ko'rilmagan kuchga ega bo'lgan odam sifatida kirdi, bu uning tankga o'xshash uslubi bilan bir qatorda unga raqiblarini yo'q qilishga imkon berdi. Ring Jorjni boks tarixidagi eng zo'r zarba beruvchi kuchli o'ntalikka kiritdi. Ba'zilar hatto Forman ushbu ro'yxatning boshida bo'lishi kerakligini ta'kidlaydilar.


Yillar o'tib, Forman yana ringga qaytishga tayyor edi, ammo ikkinchi kambek sodir bo'lmadi. Jorj sportdan ketib muvaffaqiyatli biznesmenga aylandi, diniy davralarda va'z o'qidi. 2023-yilda u haqda fil'm ham suratga olindi. Nihoyat, 2025-yil 21-martida oilasi davrasida vafot etdi. Forman boks tarixida yoshi ulug' bo'lsada, kuchli qaytish qila olgan charm qo'lqop ustasi sifatida iz qoldirdi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs