Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Og'ir kasallik va qariyalar uyi: uddaburon o'g'ri “Miroslavskiy”ning hayot yo'li

“Ivan Vasil'evich o'z kasbini o'zgartiradi” komediyasini o'ta ayyor o'g'ri Miroslavskiy obrazisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uning eng asosiy qurollaridan biri – har qanday qiyin vaziyatdan qutilib chiqish yo'lini topadi. Dastlab uyni o'marish niyatida borgan kissavur taqdir taqozosi bilan o'rta asrlarga ravona bo'ladi va o'limdan zo'rg'a qutilib qoladi.
O'zgacha rakurs
524 22:23 | 24.03.2025 22:23

Fil'mni o'zbekcha talqinida marhum aktyor To'lqin Tojievning ovozi Miroslavskiyga yanada qiziqarli qilgan. Obrazni mahoratli aktyor Leonid Kuravlyov mohirlik bilan gavdalantirgandi. Fil'mda barchaga samimiy kulgi ulashgan san'atkorning hayoti esa bir tekis bo'lmadi. Shunga qaramay “Anton Shpakning do'sti” yana boshqa yorqin rollarni ham ijro etishning uddasidan chiqdi.


Leonid Kuravlyov 1936 yilda Moskva chekkasida yashovchi oddiy oilada tug'ilgan. Uning otasi Vyacheslav Yakovlevich “Salyut” aviatsiya zavodida mexanik bo'lib ishlagan, onasi Valentina Dmitrievna esa dastlab ko'nchilik zavodida ishlagan, keyin ayollar sartaroshi bo'lgan. 1941 yilda bo'lajak aktyorning onasi o'sha davrda mashhur bo'lgan SSSR Jinoyat kodeksining 58-moddasi (“Sovet hokimiyatini ag'darish, buzg'unchilik, davlatni ichdan zaiflashtirish yoki individual aksilinqilobiy jinoyatlarni sodir etishga chaqiriqlarni o'z ichiga olgan tashviqot”) bo'yicha hibsga olingan. U keyingi yetti yilni Qaragandada surgunda o'tkazdi, metallurgiya zavodida ishladi va kichkina Lenya onasining singlisi, xolasi Nadejda tomonidan tarbiyalandi.


Kak Gayday izmenil obraz Miloslavskogo - Kinoakula


1948 yilda surgun joyi Kola yarim oroliga o'zgartirildi, u yerda ona va o'g'il nihoyat uchrashdilar. Ular 1951 yilda Murmansk viloyatidagi Zashek qishlog'idan Moskvaga qaytib kelishgan, o'sha paytda Leonid 15 yoshga to'lgan edi. Kuravlyov maktabda yaxshi o'qidi, lekin u aniq fanlar: matematika, fizika va kimyo bo'yicha juda no'noq edi.


"Men juda iste'dodli bolalar bilan bir sinfda o'qiganman. Bizda jami yettita oltin va kumush medal sohiblari bor edi. Lekin guruch kurmaksiz bo'lmaydi, degan gap bor. Men matematikadan juda yomon o'qidim”, - deb eslaydi Leonid Vyacheslavovich maktab davri haqida.


San'atkorning so'zlariga ko'ra, bu omil bilvosita uning kasb tanlashiga ham ta'sir ko'rsatdi. Leonidga teatr institutiga kirishni maslahat bergan odam uning amakivachchasi edi. Qizning o'zi aktrisa bo'lishni orzu qilar edi, lekin u tanlovdan o'ta olmadi va qarindoshini omadini sinab ko'rishga ko'ndiradi: "Omadingizni sinab ko'ring, hech bo'lmaganda bu yerda matematika yo'q".


Yigitchaning 1953 yilda Kinematografiya institutiga kirishga birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi. U Moskva arteliga ishga joylashdi va ikki yil davomida shishadan yasalgan archa bezaklari, bezaklar va kameralar uchun linzalar yasadi. 1955 yilda u ikkinchi bor imtihon topshirdi va bu safar omadi chopdi.


1960 yilda o'sha paytda rejissyorlik bo'limida o'qishni tugatayotgan Vasiliy Shukshin Leonidning iste'dodini payqadi va unda o'ziga xos bir narsani ko'rdi. Shukshinning “Ular Lebyajedan ​​xabar berishadi” qisqa metrajli fil'mida Kuravlyov duduqlanishdan aziyat chekadigan kombaynchi Senya Gromov rolini ijro etdi. 1964 yilda Shukshin yana Kuravlyovni o'z fil'mida rol o'ynashga taklif etdi. “Shunday yigit yashaydi” fil'mi tomoshabinlarga yoqdi va haydovchi Pashka Kolokol'nikov obrazi uzoq vaqt davomida xotirada qoldi. Oddiy, xayolparast, biroz sodda, lekin hayot va odamlarni sevish - bu rol' haqiqatan ham Kuravlyovga uzukka ko'z qo'ygandek tushgandi.


Bir yil o'tgach, Kuravlyov va Shukshinning fil'mi chiqdi, u ikkalasiga ham katta shuhrat keltirdi. “Sizning o'g'lingiz va ukangiz” fil'mida Kuravlyov murakkab dramatik rol ajro etdi.


Ko'pchilik tomoshabinlar Leonid Kuravlyovni birinchi navbatda komediya ustasi sifatida bilishadi. Shukshin bilan birgalikdagi faoliyatdan so'ng, u Leonid Gayday, Georgiy Daneliya va Mixail Shveytser kabi komediya janri ustalarining e'tiborini tortdi. Aynan Shveytser Kuravlyovga o'zining eng ko'zga ko'ringan rollaridan birini – “Oltin buzoq” komediyasidagi mayda firibgar Shura Balaganovni berdi. Fil'm, xuddi Il'f va Petrovning asari asosida yaratilgani kabi, tezda klassikasiga aylandi. Leonid Kuravlyov usta firibgar - Ostap Benderning sherigi va firibgarlardan biri “leytenant Shmidtning bolalari” obrazini mohirona gavdalantirgan.


Leonid Kuravlev v roli Jorja Miloslavskogo / Foto: Kinopoisk


Lekin Leonid Kuravlyovning xalq orasida eng mashhur va sevimli roli - o'g'ri Jorj Miloslavskiy edi. Bu qahramonning ko'p gaplari mashhur iboralarga aylandi: "Texnika mo''jizasini ko'rganmanu, lekin bunaqasini...", "Fuqarolar, pulingizni omonat kassasida saqlang! Agar albatta, u sizda bo'lsa"; “Hali hecham umrimda guvoh bo'lish nasib etmagan...” va boshqalar bunga yaqqol misol bo'la oladi.


Mazkur fil'mdan so'ng aktyor yana boshqa yorqin rollarni ham ijro etdi. “Afonya”, “Robinzon Kruzo”ning ajoyib hayoti va sarguzashtlari fil'mlari shular jumlasidandir. Robinzor Kruzo haqidagi fil'm hanuz tomoshabinlari tomonidan sevib tomosha qilinadi. 1973 yilda suratga olingan fil'm hozir Abxaziya hududlarida ishlangan bo'lsada, umumiy manzaralarda Kurill orollari manzaralaridan ham foydalanilgan.


Fil'mlarda tomoshabinlarni kuldirgan aktyorning shaxsiy hayoti unchalik quvonchli tugamadi. Leonid Kuravlyov bo'lajak rafiqasi Nina bilan 1952 yilda tanishgandi. Sakkiz yil o'tgach, ular turmush qurishdi.


"Mening xotinim juda go'zal, latofatli edi. Nina meni rashk qilmasdi, hech narsadan gumon qilmagan. Men ham uni hech qachon aldamaganman. Nega? Mening allaqachon suyukli ayolim bor edi, boshqasini izlamoqchi emasdim", - deydi aktyor.


Nina Vasil'evna ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishlagan va maktabda direktor bo'lgan. Kuravlyovga aynan shunday turmush o'rtoq kerak edi - xotirjam, mehribon, g'amxo'r. Nina Vasil'evna har doim erini qo'llab-quvvatlardi. Kuravlyovlar oilasining ikki farzandi bor edi: qizi Yekaterina 1962 yil, o'g'li Vasiliy 1978 yilda tug'ilgan. Yekaterina Shchukin maktabini tamomlagan, fil'mlarda rol o'ynagan, ammo oxir-oqibat boshqa yo'lni tanlagan - u psixoterapevt diplomini oldi, o'z mutaxassisligi bo'yicha ishladi.


O'g'il ham boshqa yo'ldan ketdi. Moskva avtomobil yo'llar institutini tamomlagandan so'ng Vasiliy iqtisod fanlari nomzodi bo'ldi va keyinchalik biznes bilan shug'ullandi. Nina va Leonid Kuravlyov 60 yil birga hayot kechirdi. Afsuski Kuravlyovning turmush o'rtog'i 2012 yil 5 aprelda yurak operatsiyasidan so'ng vafot etdi.


Og'ir yo'qotishdan so'ng, aktyor yolg'iz hayot kechirdi, kamdan-kam hollarda omma oldida paydo bo'ldi va fil'mlarda suratga tushishdan bosh tortdi. 2021 yilda u Moskvadagi qariyalar uyiga ko'chib o'tdi - qarindoshlarining so'zlariga ko'ra, aktyor doimiy tibbiy yordamga muhtoj edi. 2022 yil 5 yanvarda Leonid Kuravlyov virusli pnevmoniya bilan Kommunarka kasalxonasiga yotqizildi. Pnevmoniyadan tashqari, 85 yoshli aktyorning sog'lig'ida boshqa jiddiy muammolar borligi aniqlangan. Nihoyat, 2022 yil 30 yanvarda Leonid Kuravlyov vafot etdi. Xalq artisti Rossiya poytaxtidagi Troekurov qabristonida rafiqasi yoniga dafn qilindi. Komediyalardagi mahoratli rollari bilan xalq mehrini qozongan iste'dodning 85 yillik umri shu tariqa o'z nihoyasiga yetdi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs