Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ozarbayjonga borish uchun yetti sabab

Ozarbayjon deganda avvalo Ganjaviy, Nasimiy, Fuzuliylarni yodga olamiz. “Arshin mal olan”, “Qaynona” fil'mlari ko'z oldimizda gavdalanadi.  Zaynab Xanlarovaning qo'shiqlarini hirgoyi qila boshlaymiz. Muslim Magomaev nolalariga jo'r bo'lamiz.
O'zgacha rakurs
954 16:38 | 23.12.2024 16:38

Anor muallim qahramonlari bilan hayolan suhbatga kirishamiz.Umuman, Ozarbayjon qalbimizga juda yaqin. U bizga qadrdon. Akif Bag'irning “O'zbek kelayotir” asari ushbu diyorga, uning go'zal xalqiga sevgimizni yanada olovlantirdi.


Ozarbayjonga borish, Boku bo'ylab sayohat qilish bolalik orzuim edi. Nihoyat, bu yil shu orzuimga erishdim. Sayohat davomida Ozarbayjon tasavvurimdagidan-da maftunkor, har bir hududi, tabiati nihoyatda betakrorligiga amin bo'ldim.


Ozarbayjonga borish uchun sabablar ko'p. Ko'rganlarim asosida yettitasini sanab o'tsam.



Boku — «olovlar mamlakati» poytaxtidan reportaj


Haydar Aliev markazi– taraqqiyot ramzi



Haydar Aliev markaziga yaqinlashar ekanmiz, fantastik fil'mlarda ko'rganimiz kabi g'ayrioddiy imoratning mahobati vujudimizni chulg'adi. Uni yanada chuqurroq his qilish uchun chor tarafini hayrat bilan aylanib chiqdik. Nodir arxitektura namunasi har qanday nozikta'b kuzatuvchining ham diqqatini o'ziga tortadi. Umuman, Bokuda bektakror uslubda bunyod etilgan imoratlar ko'p.


Ichkarida esa yanada go'zal va sirli manzaralar bizni kutardi. Tashqaridan uchar likobchani, ichkaridan bahaybat kemani eslatdi bu bino. Marmar zinalar goh muz maydoni kabi jilvalansa, goh fortepianoning oq klavishlarini namoyon qildi, goh osmon qadar chirmashib ketgan oq atirgullar kabi ko'zimizni quvnatdi.


O'zi uchar ipak ro'mollar... Haydar Alievning temir irodasi aks etgan portret, turkiy dunyo tarixi haqida hikoya qiluvchi fotolar... Darvoqe, ular orasida Xiva, Samarqand manzaralari ham bor. Ozarbayjonning taraqqiyot yo'llari... betakror shaharlarining maketlari... yaqinlashishingiz bilan kuy chala boshlaydigan musiqa asboblari... art rasmlar... mul'ftil'mlar qahramonlari...bir-biridan betakror gilamlar...milliy liboslar...kalagaylar...ularning har biri mo''jiza... Ayniqsa, Haydar Alievning shonli hayoti haqida hikoya qiluvchi bo'limda uzoq turib qoldik...


Ozarbayjon ichra Ozarbayjon bu. Ilm-fan rivojining, tamaddunning mahsuli. Bu shunchaki madaniyat markazi emas, balki eng so'nggi texnologiya va innovatsiya maydoni. Markazni to'liq kashf qilish uchun bir kun kamlik qilarkan. Har bir eksponat qarshisida soatlab o'y surish mumkin. Ularning har birida tarix, hayot, ma'naviyat, madaniyat, ilm mujassam.





Icheri sheherda


Icherisheher bizning Ichan qal'amiz kabi ochiq osmon ostidagi muzey, biroq, arxitekturasi o'zgacha. Qadim shaharning tosh ko'chalari bo'ylab sayr qilar ekansiz, Ozarbayjon diyori necha ming yillar burun ham taraqqiyot markazlaridan biri bo'lganligini, dunyo tamaddunida munosib o'rin tutganligini his qilasiz. Ozarbayjonlar ham islom dini kirib kelishidan oldin xorazmliklar kabi otashparast bo'lishgan. Qal'ada o'sha davrlarga oid yorgorliklar ham saqlanib qolingan. Kaspiy dengizi yaqinidagi mazkur hudud o'z davrida mashhur Shirvonshohlar poytaxti bo'lgan. Bu yerda o'nlab tarixiy me'moriy yodgorliklar – masjidlar, karvonsaroylar, hammomlar, uylar, muzeylar, mehmonxonalar, savdo ob'ektlari, kafe va restoranlar bor.


Eni taxminan 3,5 metr, balandligi esa ba'zi joylarda 10 metrgacha yetadigan devor bilan o'ralgan.


Bizga ma'lum qilishlaricha, Icherisheherda Buyukqal'a, Kichikqal'a ( Saray yo'lu) va Asef Zeynalli (Karvan yo'lu ) deb nomlanuvchi uchta ko'cha bor.Labirint ko'chalarda necha minglab yillardan beri necha minglab insonlar goh shodon, goh o'ychan o'tgandirlar. Ularning nega bunday qurilgani ham dengizga yaqinligi bilan izohlanadi. Ko'pchilik qatori “Brilliant qo'llar” fil'mi suratga olingan ko'chadan o'tdik. Rasmlar ko'rgazmalarini tomosha qildik. Muhammad masjidi, maqbarasi, hammom tarixi bilan qiziqdik.


«Qiz qal'asi» yodgorligi haqidagi turli afsonalarni tingladik. Ularning muhabbat bilan yo'g'rilganligi ozarbayjon xalqining o'z tarixini naqadar ulug'lashini anglatadi. Manbalarga ko'ra, ushbu noyob meros haqida ilmiy farazlar ham turlicha. Ba'zi olimlar Qiz minorasi o'rta asrlarda qurilgan va Shirvanshoh davlati mudofaa tizimining bir qismi bo'lgan deb hisoblasa, boshqa olimlar, yodgorlik ancha oldin qurilgan, deb hisoblashadi. Qiz minorasi ikki bosqichda qurilgani aytiladi. Minoraning ayrim ko'rinishlari bois, astronomik maqsadda foydalanilgan, degan taxminlar ham bor.


Umuman, Bokuning qadimiy qismidagi barcha imoratlarning o'z tarixi bor. Ularning har biri maftunkor.



TOUR TO BAKU (Luxury) | Baku Tours Packages


Sohil bo'yida


Shamollar shahri jozibalaridan yanada ko'proq bahra olish uchun quyosh chekinishga chog'lanayotgan pallada sohil bo'yiga keldik. Dengiz chetidagi tosh o'rindiqlar issiqqina. O'zimizga ma'qul joyga o'rnashib atrofni kuzatamiz. Bir tarafda betakror imoratlar, bir yonda sokin chayqalayotgan dengiz. Tez orada o'rindiqlar yuzlab odamlar band bo'ldi. Ular orasida mahalliy aholi ham, dunyoning turli chekkalaridan kelgan turli millat vakillari ham bor. Yoshu yalang, nuroniylar ham. Musiqa chalib o'tirgan kim, o'y surgan kim, hazil-mutoyiba qilgan kim!? Qiziquvchanligimiz oshib, mahalliy aholi vakillariga turli savollar bilan yuzlandik. Ular erinmasdan javob qaytardilar. Yon-atrofda ko'rinib turgan imoratlar haqida so'zlab berdilar. Biz o'zbekcha, ular ozarbayjoncha, suhbatlarimiz qizigandan qiziydi. Ikki tilda so'zlashayotganimiz yodimizdan chiqib ketdi.


Ma'lumotlarga ko'ra, Sohilbo'yi ko'chasi 24 kilometrga cho'zilgan. Bu yerdan qadim va yangi Boku imoratlarini birday kuzatish, shahar asrlar davomida qanday rivojlanganligini his qilish mumkin.


Sohilbo'yidagi so'lim istirohat bog'lari, ajabtovur daraxtlar, kaktuslar, ko'ngilochar maskanlar, fontanlar, kichik Venetsiya... shaxmat maydoni... umuman, hayratlantiruvchi manzaralar nihoyatda ko'p.


Kechqurun Olov shaklidagi uchta minorasifan binodaOzarbayjon bayrog'i jilvalandi. Aytishlaricha, ushbu imoratning balandligi 180 metrdan oshadi. Сhor atrofda yorishgan boshqa chiroqlar ham ko'zni qamashtirdi. Sohilbo'yida tunga qadar qolib ketdik. Aslida hududni aylanish uchun bir kun kamlik qiladi. Boku jozibasini yanada kengroq his qilish maqsadida mehmonxonaga piyoda keldik. Bizni ozarbayjon xalqining mehmondo'stligi yanada maftun qildi. Kimdan biron joyga qanday boramiz deb so'rasak, erinmasdan bir-ikki kilometr masofani biz bilan birga bosib, manzilga keltirib qo'yishadi. Bahonada ular O'zbekiston, biz Ozarbayjon haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'ldik. Umuman, shaharda ko'proq piyoda va metroda yurdik. Boradigan joyimiz uzoqlik qilsa, “Piyodaga qiynalasiz, keling, taksi to'xtatib beraman” deguvchilar ham bo'ldi.





Ganja jozibasi


Ozarbayjon safarimizda yo'lboshchilik qilgan Gaffor og'a Ganja shahrini Ozarbayjonning ikkinchi poytaxti, eng arzon, eng go'zal shahar deya ta'rifladi.


Darhaqiqat, Ganja nafaqat Ozarbayjon, balki turkiy xalqlar taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega shaharlardan biri. Uning tarixi ayrim manbalarda yettinchi, ba'zilarida to'qqizinchi asrlardan boshlanadi, deyilar ekan. U Kavkaz madaniy markazlaridan biri bo'lgan. Bu davrda ne-ne suronlarni ko'rmagan. Mo'g'ullar, arablar, turklar, ruslar... juda ko'p hoqonlar bu shaharga egalik qilishni istaganlar. Balki bu uning qulay joylashuvi sabablidir.


Ganjadarvozasi, Nizomiy Ganjaviy maqbarasi, Shoh Abbos masjidi deb nomlanuvchi juma masjidi.. Сheyak hammomi...cherkov... shishali bino... O'g'urlu xon saroyi.. xon bog'i... Javadxon ko'chasi...Gaydar Aliev maydoni... Istirohat bog'lari... umuman, ushbu shahardan ko'plab taassurotlar oldik. Zamonaviy imoratlar ham o'ziga xos qurilgan. Ko'chalarda gullar barq urib ochilgan... ko'p qavatli uylarning derazalaridan ham gullar o'rmalagan... Baland daraxtlar shaharga ko'rk bag'ishlash barobarida, musaffoligini ham ta'minlaydi. Kuni bo'yi piyoda yurib charchoq nimaligini bilmadik. Nizomiy Ganjaviy maqbarasi yonidagi xiyobonda sokin oqayotgan suvga termulib, qalbimiz yanada yorishdi.


Bir manatga malina xarid qildik. Ozarbayjoncha shirinliklar tanovul qildik...





Gabala – mussaffo osmonni quchib



Gabala — Ozarbayjonning betakror tabiatini ko'z-ko'z qiluvchi yana bir mashhur hududi. Bokudan 225 kilometr olisda joylashgan. Bir qarashda o'zimizning Bo'stonliqni yodga soladi.


Mashina hududga yaqinlashishi bilan shundoq ham bohavo diyorda yanada kislorodga boy, toza havo dimog'imizni qitiqladi. Bir-biridan chiroyli manzaralar ko'zimizni qamashtirdi. Qadim qal'alardan qolgan yodgorliklarga hayratlanib boqdik. Yo'lboshchimiz bizga Gabala bir vaqtlar Ipak yo'lidagi yirik savdo markazi va Kavkaz Albaniyasining poytaxti bo'lgani haqida gapirib berdi. Purviqor tog'lar... sharsharalar... Bemislgo'zallik oldida lol qolasan kishi.


To'fantog'dagi dor yo'lida sayr qilish uchun bordik. Bizga so'zlab berishlaricha, dor yo'li to'rt qismdan iborat. Qafqaz Riverside mehmonxonasi yonidan boshlanuvchi birinchi qism (balandligi 956-1660 metr; uzunligi 2,5 km) eng tik sanaladi. Ikkinchi qism (1660-1251 metr, 1 km) mashhur Qafqaz Tufandag chang'i kurortiga olib boradi. Uchinchi qism (1251-1410 metr; 1,2 km) undan ko'tarilib, Durja tog'li qishlog'iga yetaklaydi — Bu yerda yuqori stantsiya yonida“Durja” restorani joylashgan. To'rtinchi qism (1410-1920 m; 1,1 km) Durja va Yatmis Gozel tog'i (uyqudagi go'zal) o'rtasida joylashgan.


Uyqudagi go'zal tog'ida go'yoki qo'llaringiz bulutlarga yetadigandek tuyuldi. Ertaklarda o'qigan manzaralarimiz ko'z oldimizda namoyon bo'ldi. Toza havodan simirib-simirib nafas oldik.


Etti go'zal sharsharasi, Qabala istirohat bog'i, No'xur ko'li... Ularning har biri mo''jiza... yo'lboshchimiz Nij qishlog'i va Gabaladagi biz ko'rishga ulgurmagan go'zalliklar haqida gapirib berdi.





Naftalanda


Ozarbayjonga borishdan maqsadimiz Naftalanda salomatligimizni mustahkamlash edi. Bu yerda bir nechazamonaviy sanatoriyfaoliyat ko'rsatar ekan. Ularga harakat tayanch a'zolari, ginekologik, dermatologik kasalliklarga davo izlab kelishadi. Sanatoriyda Markaziy Osiyodan ko'plab dam oluvchilarni uchratdik.


Sanatoriyda elektron navbat joriy qilingan bo'lib, biron daqiqa ham kutib o'tirmaysiz. Asosan neftli vannalar bilan davolashadi. Bundan tashqari ko'plab fizioterapik muolajalar tavsiya qilinadi. Naftalandan o'nlab mahsulotlar tayyorlanar ekan.


Har kuni muolajalardan so'ng shahar aylanishga chiqamiz. Istirohat bog'ida bo'ldik. Ozarbayjon choylari sotiladigan do'konga kirdik. Turfa gullar, daraxtlar, archazorlar shaharga o'zgacha joziba bag'ishlaydi. Aholisi nihoyatda samimiy.


Kechqurun dam oluvchilar uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, kontsertlar uyushtiriladi. Turli xalqlar vakillari bilan miriqib suhbatlashdik. Raqslar tomosha qildik.


Tushlikda ko'pincha Bokudagi maktablardan birida adabiyotdan dars beruvchi Kamila xonim bilan hamsuhbat bo'ldik. Muallimaning zamonaviy ozarbayjon adabiyoti, urf-odatlar haqida hikoyalarini maroq bilan tingladik.


Bo'sh vaqtimizda “Boku” jurnalini mutolaa qildik. Mutolaa davomida ozarbayjon san'ati, madaniyati, adabiyoti naqadar yuksakligini yana bir karra his qildik.





Ozarbayjon taomlari


Ozarbayjon oshxonasi o'zbek oshxonasi kabi rang-barang. Ko'p ovqatlarimiz o'xshab ketadi. Ozarbayjon palovi biznikidan biroz farqlanar ekan. Kyufta, do'lma, shaxpur, dovg'a, kabi milliy taomlar ta'mi og'zimizda qoldi. Anor sirkasi, olchali salat, yong'oqli murabbo, mevalardan tayyorlangan shirinliklar va boshqa o'ziga xos yemaklardan bahramand bo'ldik.


Darhaqiqat, mamlakatda gastronomik turizm nihoyatda rivojlangan. Restoran va kafelar har biri o'ziga xos milliy uslubda jihozlangan. Ofitsiantlar shirinsuhan.



Shuni aytish kerakki, Ozarbayjonda bizni eng maftun qilgan, bu, bag'rikeng xalq bo'ldi. Vatan haqida kuylangan qo'shiqni bayrok ko'tarib tik turib eshitganlarida ko'zimiz namlandi. Aeroportda, mehmonxonada, ko'chada, metroda, magazinda, taksida savollarimizga erinmay javob qaytarishdi. Shunday qardoshlarimiz borligidan g'ururlandik.


Muhabbat TO'RABOEVA



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs