“Hozir kam hazil qilaman, kulishni esa deyarli to'xtatdim” — Putinning onlayn muloqti qanday kechdi?
Kecha — 19 dekabr' kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk marta o'zi rossiyaliklarning savollariga javob beradigan an'anaviy onlayn muloqot — “Pryamaya liniya”da qatnashdi. Putinning bu galgi muloqoti birato'la matbuot anjumani ko'rinishida ham o'tkazildi. Unda nafaqat rossiyalik, balki Yevropa Ittifoqi va dunyoning boshqa ko'pgina davlatlaridan ham jurnalistlar ishtirok etgan. Onlayn muloqotda tabiiyki, asosiy masala urush mavzusi bo'ldi. Ammo migrantlar bilan bog'liq mavzuda ham Putin o'zining jiddiy pozitsiyalarini bayon etdi.
Ishonch.uz onlayn muloqtda yangragan Rossiya rahbarining e'tiborga molik, shuningdek, urush va migrantlar bilan bog'liq fikrlarni havola qiladi.
Urush va davlatlar bilan munosabatlar mavzusi
– Men hozir juda kam hazil qilaman, kulishni esa deyarli to'xtatdim
– Men Rossiyaga o'z oilam kabi munosabatda bo'laman.
– Rossiya hozirning o'zida nafaqat Kievda, balki Ukrainaning boshqa shahrida ham “Oreshnik” yordamida “texnologik duel'” o'tkazishga tayyor — Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
– Tramp bilan qachon uchrashishimizni bilmayman, u bilan to'rt yildan ortiq vaqt davomida gaplashmaganmiz;
– Rossiya so'nggi ikki-uch yilda ancha kuchaydi, chunki biz haqiqiy mustaqil davlatga aylanyapmiz;
– Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligi hozir dunyodagi eng yuqori darajada;
– Rossiya armiyasi va kuch tuzilmalarini 1,5 million kishiga yetkazmoqda;
– Belarusni himoya qilish Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasi uchun juda muhim;
– Rossiya barcha tarixiy hududlarini tiklash uchun yetarli kuch va vositalarga ega;
– Qora dengizda neft' tankerlaridan yonilg'i toshib ketishi oqibatlari ekologik ofatni keltiradi;
– Biz bilan NATOning deyarli barcha davlatlari jang qilmoqda.
– Suriyada yuz bergan vaziyat Rossiya uchun mag'lubiyat emas;
– Suriyadagi maqsadimizga erishdik: terrorchilik anklavi yaratilishiga yo'l qo'ymadik. U yerda hokimiyat tepasiga terrorchilar emas, boshqa kuchlar keldi.
– Suriyada qo'shinlarimiz bo'lmagan, u yerda faqat ikkita harbiy bazamiz bor edi;
– Rossiyaning Suriyada harbiy bazalarini saqlab qolish bizga kerakmi o'zi yoki yo'qmi — shu haqda o'ylashimiz kerak. Shuningdek, yangi hukumat bilan munosabatlar qanday shakllanishiga qarash zarur;
– Hmeymim bazasidan 4 ming eronlik askarlarni Tehronga evakuatsiya qildik;
– Alepponi 350 nafar jangarilar egalladi, 30 ming hukumat qo'shinlari va eronparast bo'linmalar jangsiz orqaga chekindi.
– Qora dengiz bo'yidagi Yevropa davlatlari doim Rossiyaga moyil bo'lgan, chunki ularning aksari eski Rossiya yerlari. Ukrainaning nima aloqasi bor? Qrim, Odessa rus shaharlari. Vladimir Lenin bu yerlarni Ukrainaga berib yuborganiga, SSSR tarqalgach ham bu yerlar Ukraina tarkibida qolishiga ko'ndik. Lekin keyin ularning munosabati o'zgarib ketdi. Donbassda 8 yil davom etgan voqealar bizni hozir bo'layotgan ishlarga undadi. Yevropa Ittifoqida esa bularni ko'rmaganga olishdi. Minsk kelishuvini imzoladik, ukrainlar bunga tupurib qo'yishdi.
– G'azodagi vaziyatni tiklash bo'yicha Turkiya Prezidentining xizmatlari katta. U dunyo jamoatchiligining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Unga salomatlik tilayman.
– Endi bizning “maxsus harbiy amaliyot”ni qarang va G'azoda bo'layotgan voqealarni ko'ring. Ukrainada bunday ishlarni ko'rmaysiz. BMT bosh kotibi G'azoni dunyodagi eng katta bolalar qabristoni deb atadi. Bu ko'p narsani anglatadi.
– Men yaqinda Erdo'g'an bilan uchrashmoqchi edim. Afsuski, uning grafigiga to'g'ri kelmadi. Mening emas, uning grafigiga. Balki kelasi yil boshida uchrashishga harakat qilarmiz. U bilan doimiy aloqadaman.
– Yevropada “katta og'alari” AQSh ta'sirida bo'lmagan kam sonli siyosatchilar qolgan. Fitso (Slovakiyaning yangi bosh vaziri Robert Fitso) paydo bo'ldi, Viktor Orban (Vengriya bosh vaziri) bor. Ular rossiyaparast siyosatchilar emas, o'z millati manfaatlarini himoya qiladigan odamlar. Shunday ekan, biz Yevropa Ittifoqi bilan ham, AQSh bilan ham munosabatlarni tiklashga tayyormiz, dedi Putin.
Muhojirlar masalasi
— Rossiya uchun muhojirlar masalasi o'ta dolzarbdir;
— Mehnat muhojirlari sonini kamaytirish uchun mehnat unumdorligini oshirish zarur;
— Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda mehnat muhojirlarini tayyorlashimiz, ularni madaniyat, Rossiya qonunlari bilan tanishtirishimiz, shuningdek, talablarni kuchaytirishimiz kerak;
— Migratsiya bo'yicha alohida bo'limga ehtiyoj sezilmayapti, lekin Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi doirasida bunday tuzilmani kuchaytirish zarur;
— Ichki ishlar vazirligi tarkibida migratsiya sohasidagi ishlar bilan shug'ullanuvchi “alohida, kuchli” markazni tashkil etish zarur;
— Huquq-tartibot idoralari xodimlari migrantlarning Rossiya an'analarini hurmat qilishini nazorat qilishlari kerak;
— Rus tilini bilmaydigan muhojirlar bolalarini maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qo'llab-quvvatlayman.
Zebo Namozova tayyorladi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0