Prezident Mirziyoevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi
Davlat rahbari 31-avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyantszin shahridagi “Meytszyan” kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.
1-sentyabr kuni esa ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishi va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda qatnashib, ko'p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
2-sentyabr kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Tszin'pin bilan rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to'plami imzolandi.
Shuningdek, Prezident Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Davlat rahbari Xitoy Bosh vaziri Li Tsyan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uchrashuvlar o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidenti 3-sentyabr kuni Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan G'alaba paradida ishtirok etdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo'nab ketdi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy rasmiylari kuzatib qo'ydi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0