Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 926.51-9.17

  • EUR

    14 092.48-72.09

  • RUB

    156.00-2.8

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 01:00

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 23-March

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 01:00

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Yakshanba, 23

    +15 +20

  • Dushanba, 24

    +16 +20

  • Seshanba, 25

    +12 +20

  • Chorshanba, 26

    +8 +20

  • Payshanba, 27

    +8 +20

  • Juma, 28

    +4 +20

  • Shanba, 29

    +6 +20

  • Yakshanba, 30

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Tarixdagi eng yosh siyosatchi: 12 yoshidayoq Nobelga nomzod Gregori Smit

Amerikalik Gregori Smit o'zining tarjimai holidagi faktlar bilan o'quvchilarni hayratga soladi. Bu vunderkind bola ikki yoshida o'qishni o'rgangan va o'n yoshidayoq universitetda tahsil olgan. U tarixdagi eng yosh siyosatchi sifatida tanilgan. Gregori mashhur siyosatchilar Mixail Gorbachev va Bill Klinton bilan uchrashgan va to'rt marta Nobel mukofotiga nomzod bo'lgan.
Siyosat
503 12:55 | 11.12.2024 12:55

Bu voqealarning barchasi u 33 yoshga kirmasdanoq sodir bo'lgandi. Smit atigi o'n yoshida talaba bo'lgan, lekin universitetda ham kattalar orasidan do'stlar topdi. Iste'dodli o'smir shon-shuhrat cho'qqisiga chiqqanda, boshqa bolalarga yordam berishga qaror qildi va xayriya ishlari bilan shug'ullana boshladi. Ajabtovur natijalarga erishgan vunderkind bolakay tarixi haqida hikoya qilamiz.


Gregori Robert Smit 1989 yil 9 iyunda tug'ilgan. Uning ota-onasi Robert va Janet kollejda tanishgan. Ularning tanishuvi xuddi filmlarni eslatardi: yigit sportchi edi, qiz esa uni tomoshabinlar orasida turib qo'llab-quvvatlardi. Keyinchalik yosh oila boshlig'i mikrobiologiya bo'yicha magistrlik darajasini oldi va uning rafiqasi xususiy raqs akademiyasini ochdi. Afsuski,ular to'ng'ich farzandlaridan ayrildilar: Greg kenja farzand bo'lib, operatsiya yo'li bilan dunyoga kelgan.


Bola tug'iliboq atrofdagilarni hayron qoldirishga tushdi, 3 oyligida gapira boshladi, 7 oyligida yura boshladi, 1 yoshu 2 oyligida uning qobiliyatidan hayratda qolgan ota-onasiga yodlagan narsalarini aytib berdi, 1,5 yoshida matematik masalalarni yechdi, 2 yoshida dinozavrlarning hayoti haqida boshqalarga ishtiyoq bilan gapirib berdi: u ushbu mavjudotlar haqida ko'p narsani bilardi.


Bolakayning onasi Janet Smitning Washington Post gazetasiga hikoya qilishicha, go'dakni tarbiyalashda hech qanday maxsus usullar qo'llanilmagan. Ona IQ darajasini ko'taruvchi maxsus parhezlar qilmagan.


Ota bolasini o'zi bilan birga sayohatlarga olib bordi va unga eng tushunarli so'zlar bilan atrof-muhit haqida gapirib berdi; go'dak bunga javoban savollar berdi va ota-onalar yetarlicha javob olmaganda, ular unga kitoblar va o'yinchoqlar berishdi, kutubxonalarga, kinoga, muzeylarga olib borishdi. Gregori ikki yoshga to'lganda, onasi saraton kasalligiga chalindi. Janet kuchli dori-darmonlar bilan xastalikni yengishga qaror qildi va shifoxonada qolishdan bosh tortdi, chunki u tirikligida o'g'li onasi yashashini istamagandi. Muolajalardan keyin ona saratonni deyarli yengishga muvaffaq bo'ldi.


6 yoshida Gregori maktabga bordi, lekin ilm-fanni boshqalarga qaraganda juda tez o'rgandi; masalan, 2–8-sinflar uchun dasturni o'zlashtirishda unga atigi ikki yil kerak bo'ldi. U bir nechta maktablarni o'zgartirdi va katta Smit o'g'li uchun mos ta'lim muassasasini topish uchun Pensilvaniyadan Floridaga ko'chib o'tishga majbur bo'ldi. Ota ishdan ketdi, ona ham raqs akademiyasini yopdi. Ota-onalar o'qituvchilar bilan o'zlarining vunderkind farzandlari uchun maxsus dastur bo'yicha muzokaralar olib borishar ekan, u jahon va mahalliy yangiliklar bilan qiziqdi. O'sha paytlarda maktabdagi otishmalar oddiy fojia bo'lgan va onasining saratonga chalinganidan so'ng Gregori uni qo'rqitadigan ikkinchi narsani aniqladi: bu atrofdagi odamlarning tajovuzkorligi edi.


— O'rta maktabimda zo'ravonlik ko'p bo'lgan. Qurolli soqchilar zallarda patrullik qilishardi. Janjallarga guvoh bo'lganman. Men qo'rqib ketgandim. Biroq, men ulg'ayib, faol sifatida zo'ravonlikka qarshi gapira boshlaganimda, odamlar meni haq deb o'ylashdi va qo'llab-quvvatladilar! - degandi Greg matbuot nashrlaridan biriga. 10 yoshda maktab o'quv dasturi to'liq o'zlashtirildi va Greg ulg'ayganida kim bo'lishni xohlayotganini allaqachon bilar edi. Aviatsiya muhandisi, biotibbiyot tadqiqotchisi va AQSh prezidenti!


Maktabdan keyin bola davom etishga qaror qildi. Ota-onasi unga maktabdagi tajribasini eslab, uyda o'qishni taklif qilishdi, ammo Gregori kollejda o'qishni talab qildi. 10 yoshli talabani qabul qilishga tayyor bo'lgan yagona mos ta'lim muassasasi Virjiniya shtatida edi. Bu Rendolf-Meykon kolleji bo'lib, muvaffaqiyatli abiturientlarga 70 000 dollar stipendiya taklif qilgan. Greg kollejni yoqtirib qoldi va uning umidlarini oqladi. O'zi ilgari surgan g'oyalarini yoqtiradigan do'stlarini topdi. O'sha yillarda Gregori allaqachon yaxshi notiq edi va tinglovchilarga qanday moslashishni bilardi.13 yoshida o'smir matematika bo'yicha bakalavr darajasini oldi; 16 yoshida, 2006 yil may oyida matematika magistri bo'ldi. Keyin u Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahridagi Karnegi Mellon universitetida tahsil oldi va u yerda biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.


Universitetga juda erta kirganidan so'ng, Greg mashhur teleko'rsatuvlarga taklif qilina boshladi: ular ichida «60 daqiqa», «Devid Letterman bilan tungi shou», «Opra Uinfri shousi» kabilar bor edi.


Yosh Smit Xalqaro yoshlar advokatlari tashkiloti(International Youth Advocates)ga asos soldi, u bugungi kunda ham faol va butun dunyo bo'ylab bolalar huquqlarini himoya qilish uchun ishlaydi. Xayriya missiyasi homiyligida vunderkind bola Braziliyaning San-Paulu shahrida Sharqiy Timor yetimlari va yoshlari uchun insonparvarlik yordami loyihalarini tashkil etishga muvaffaq bo'ldi; Ruandaga birinchi ommaviy kutubxonasini qurishda yordam berish va Xristian bolalar jamg'armasining yoshlar elchisi sifatida Keniyada urushayotgan uchta ko'chmanchi qabilalarning bolalari uchun «tinchlik maktabi» qurish uchun 350 000 dollarlik kampaniyani boshlashga erishdi.


Сhet elga sayohat qilishdan bo'sh vaqtlarida Gregori Amerikada bolalar va yoshlar bilan ma'ruzalar o'qidi va uchrashuvlar uyushtirdi. Uning ta'kidlashicha, tinchlik va axloq g'oyalari «ahloqsizlar» uchun emas, balki haqiqiy zamonaviy odamlar uchundir.


Smit AQSh prezidenti Bill Klinton va sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov bilan uchrashdi, delegat sifatida BMTning bolalar huquqlari bo'yicha maxsus sessiyasida qatnashdi va BMT Xavfsizlik Kengashi, Florida va Virjiniya Bosh Assambleyalari va Jahon Forumida nutq so'zladi. Smit o'zining xayriya loyihalari uchun to'rt marta Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod bo'lgan, birinchi marta 12 yoshda nominant bo'lishga muvaffaq bo'ldi.


Greg hozirda N'yu-Yorkdagi Ikana tibbiyot maktabida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. U yerda stokastik gen ifodasini o'rganadi; bu sohadagi yutuqlar to'g'ri tashxis qo'yish, irsiy moyillik bo'lishi mumkin bo'lgan kasalliklarni davolash usullarini ixtiro qilish imkonini beradi. Gregori o'z interv'yularidan birida onasining kasalligi bolaligida unga qattiq ta'sir qilganini aytadi. Kasallik har daqiqada qaytalanishi mumkin va Gregori Smit insonlar salomatligi uchun izlanishdan to'xtamayapti.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat