Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 03-August

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • Yakshanba, 03

    +18 +20

  • Dushanba, 04

    +19 +20

  • Seshanba, 05

    +20 +20

  • Chorshanba, 06

    +19 +20

  • Payshanba, 07

    +19 +20

  • Juma, 08

    +20 +20

  • Shanba, 09

    +18 +20

  • Yakshanba, 10

    +23 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Uchinchi renessans g'oyasi bizning dekolonial loyihamiz emasmi?

Garchi mustaqil bo'lganimizga o'ttiz uch yil bo'layotgan bo'lsa-da, nazarimda, hanuz davlat va jamiyat shakllanishida kechayotgan tendentsiyalar yetarlicha o'rganilayotgani, sharhlanayotgani yo'qdek. Holbuki, bu orada nafaqat mintaqamiz, balki butun dunyoda geosiyosat ham, global mafkurayu qadriyatlar ham bir qadar yangilanganday bo'ldi.
Siyosat
2426 15:38 | 27.02.2024 15:38

Masalaga shu ma'noda yondashadigan bo'lsak, mamlakatimizning bugun jahon sahnidagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy «qiyofa»si tadqiq etishga, o'rganishga, albatta, arziydi. Bu mavzuda gapirilar ekan, ko'pchilik, eng avvalo, bugungi (postsovet) sharoitda davlat va jamiyatimiz bir tarafdan neoliberalizm bosimini his qilayotganini, ikkinchi tarafdan, kuchli ijtimoiy va dunyoviy davlat qurilishi jarayoni kechayotganini tilga olishi mumkin.


Ammo masalaga global nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, mamlakat (barcha postsovet davlatlari kabi) mudom postkolonial va dekolonial nazariyalar ta'sirida «tebranib» turganini his qilishimiz qiyin emas.


O'rni kelganda shuni alohida aytishni istardikki, ayni direktiva (ilmiy yo'l-yo'riq)lar zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlarda keng o'rganiladi. Ayniqsa, G'arb bu mavzuni chuqur tadqiq qiladi.


Xo'sh, o'zbek fanida nima uchun bu atamalar ishlatilmayapti?


Nega universitetlarda postkolonial va dekoloniallikka bag'ishlangan kurslar mavjud emas?


Nima uchun bu atamalar bizning akademik fanimizda mudom taqiqda turibdi?


Ayni savollarga quyida muxtasar javob berishga harakat qilamiz.


Postkolonial atamasi va zamonaviy hayotimiz


Sodda qilib aytganda, postkolonial atamasi mohiyatan «mustamlakadan so'nggi...» ma'nosini beradi va ozodlikka erishgan davlatlar siyosiy madaniyatini tadqiq qiladi. O'tgan asrning 70-yillarida paydo bo'lgan mazkur siyosiy istiloh Edvard Saidning «Orientalizm» asaridan keyin ancha ommalashib ketdi va o'z tarafdorlarini topdi. Zotan, Saidning ushbu asari mazmun va g'oyaviylik jihatidan «postkoloniallik» tadqiqini ham o'z ichiga olgan edi. Afsus, o'tgan asrning yetmishinchi yillarida yozilgan bu asar bugungacha o'zbek tiliga tarjima qilinmagan.


Xo'sh, bu kitob, qolaversa, tilga olayotgan nazariyamiz nimasi bilan muhim?


Tarix shuni ko'rsatadiki, ko'p holatlarda mustaqillikka erishgan davlatlar imperiyaning siyosiy madaniyatidan qutulish uchun ko'pam shoshilishmaydi. Aksincha, ularning ko'pchiligi eski mustamlaka tizim «me'morchiligi»dan yangi davlatchilik qurilishi uchun poydevor o'rnida foydalanadi. Ko'plarida imperiya madaniyatining barcha belgilari ochiq-oydin saqlab qolinadi va qadriyatga ham aylanadi.


Taassufki, bunday ko'rinish O'zbekistonda ham kuzatiladi.


O'zbekiston siyosiy madaniyatiga «toza» postkolonial nazariyani ayni sharoitda qo'llash qiyin. Nimagaki, bu o'z-o'zidan siyosiy elitalarning imperiya merosiga munosabatini yuzaga chiqaradi... Lo'nda aytganda, imperiya modeli tanqidga uchramas ekan, postkolonial nazariya «ishlamaydi».


Bugungi siyosiy-ilmiy matnlar va tadqiqotlarda «postkolonial holat» va «pos­tokoloniallik» so'zlari ham keng qo'llanilmoqda va dunyo siyosati, jamiyatshunosligi faol murojaat qilayotgan ilmiy tendentsiyalardan O'zbekiston butunlay ixota qilingan, deb gapirish ham adolatdan bo'lmaydi. Garchi, bizdagi ilmiy jamoatchilik, akademik doiralar bu mavzuda «kamgap»likni odat qilishgan bo'lishsa-da, tashqarida jamiyatimiz, siyosiy kun tartibimizni ushbu atamalar prizmasi orqali tahlil etayotgan doiralar ham bor. Xususan, S.Abashin, L.Adams, D.Kandiyoti kabi olimlar o'z tadqiqotlarida O'zbekistonda zamonaviy postokolonial nazariya siyosiy madaniyatni, tariximizni tushunishda qo'l kelishi haqida ko'p yozmoqdalar.



Dekolonial atamasi va zamonaviy o'zbek fani


Ko'p olimlarning fikricha, Сhingiz Aytmatov o'z asarida qo'llagan va keyinchalik ommalashib ketgan «manqurt» atamasi sovet O'rta Osiyosida dekolonial harakatning vujudga kelishiga sabab bo'lgan.


Albatta, buning o'ziga xos jihati bor. Сhunki, bizda dekolonial jarayon boshlangan davr bilan Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romani yaratilishi bir vaqt – «qayta qurish» yillarida boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Muxtasar aytganda, nazariya asosida «tarixiy ildizlarga» qaytish yotadi. Ya'ni, milliy til va qadriyatlarni tiklash manqurtlikni, «mustamlaka kompleksi»ni yo'qqa chiqaradi, degan ilmiy xulosa beradi. Hammamiz yaxshi bilamizki, qullik tafakkuri ijodkorlik, yaratuvchilik ustiga tashlangan temir chimmat kabidir. Mustamlaka kompleksi o'z tabiatiga ko'ra, nafaqat taraqqiyot uchun asosiy g'ov, balki mutelikdan rag'bat tuyish, undan shukr qilish kayfiyatini ham tarbiyalaydi. Ehtimol, shu sabab, undan, ya'ni tafakkur qaramligidan xalos bo'lish ba'zi paytlarda siyosiy mustaqillikdan og'irroq kechishi ham mumkin. Ammo undan qutulish, xalos bo'lishning metodlari, albatta, mavjud. Masalan, mashhur olima Linda Tuxivai Smit 25 ta taklifni qamragan quyidagi (dekolonial) loyihani taklif qiladi.

Unga ko'ra:


1) mustamlaka bo'lganlarning xohish-istaklari aks etgan tarixiy voqealarni tiklash;


2) turli xil shaxsiy voqealar majmuini yaratish;


3) og'zaki tarixni rivojlantirish zarur;


4) mustamlaka sharoitida yashab ozodlikka undagan voqealarni nishonlash;


5) tarixiy xotirani tiklash;


6) tarixni o'zlashtirish, ya'ni tub yerli aholining tarix jarayonida rolini ko'rsatish;


7) mustamlaka sharoitiga tub aholining aralashish jarayonini ochib berish;


8) mustamlaka sharoitida milliy tilning regeneratsiyasini ko'rsatish;


9) tarixiy jarayonlarning «bog'langanligini» ko'rsatish;


10) mustamlaka tarixini qaytadan ko'rib chiqish va yozish;


11) yangi nazariya talabi;


12) mustamlaka holati reprezentatsiyasi, ya'ni asosiy «o'yinchilari»;


13) gender tadqiqotlarni kengaytirish;


14) kelajakni siyosiy jihatdan tasavvur qilish;


15) ijtimoiy tarixni qaytadan idrok qilish yoki ko'rib chiqish;


16) tarixiy adolatni tiklash;


17) iqtisodiy tarixni ko'rib chiqish;


18) hokimiyatni demokratlashtirish;


19) «quyi» ijtimoiy qatlamlarni siyosiylashtirish;


20) tarixiy nomlarni qaytarish (geografik jihatdan);


21) tabiatni himoya qilish;


22) ijodkorlikni qo'llab-quvvatlash;


23) ijtimoiy maslahatni kuchaytirish;


24) tafakkurning go'zalligini kashf etish;


25) ilm bilan o'zaro bo'lishish.


Sanab o'tilgan loyihalarning ko'pchiligi bilvosita bo'lmasa-da, xarakter nuqtai nazaridan jamiyatimizga tatbiq qilingan va qilinyapti. Lekin, bir holatni ochiq tan olishimiz zarurki,«dekolonial loyiha»lar ko'p hollarda bizda tarixiy «jarohat»ni oldinga olib chiqishi bilan xarakterlanadi. Bu esa «resentiment tarix»ning yuzaga chiqishi, yot madaniyat va tutumlardan o'ch olish kayfiyati hamda millatni boshqa millatdan ustun qo'yish kabi zararli, ayni paytda arxaik tusga ega bo'lgan boshqa komplekslar shakllanishiga bevosita «hissa» qo'shayotgandek tuyuladi odamga. Qolaversa, bu o'z navbatida, millat olimlarining dekolonial nazariya bo'yicha yetarli tadqiqot qilishmayotgani bilan bog'liq bo'lishi ehtimoldan uzoq emas.


Zamonaviylik, siyosat va ilm


Postkolonial holatda zamonaviy an'analarning qabul qilinishi qiyin kechadi, chunki imperiyaning eskirgan loyihalari bosim qiladi. Natijada ilmiy ijodkorlik va mustaqil siyosiy fikr shakllanishi qiyin kechadi. Afsus, biz hozir shu holatni boshdan kechiryapmiz.


So'zimiz so'nggida bir haqiqatni ham aytishimiz kerak bo'ladi. Yuqorida eslaganimizdek, biz global ilm-fandan batamom uzib tashlangan emasmiz. Xususan, dekolonial nazariya «harorati»ni ham hayotimizda sezib turibmiz. Ammo u ko'p hollarda neoliberalizm va konservativ oqimlar manfaatiga xizmat qilmoqda. Bu haqda olima M.Suyarqulova shunday yozadi:­ «...Markaziy Osiyoda dekolonial jarayon iqtisodiy sharoitni inobatga olmasdan, konservativ va neoliberalizm kontekstida tushunilmoqda va talqin qilinmoqda».Buning natijasida esa bizda dekolonial jarayon emas, balki konservativ va an'anaviy jamiyatga qaytish idealga aylanmoqda. Ya'ni, bizdagi neoliberalizm go'yoki postkoloniallik bu taqdir, deya odamlarga uqtirmoqda. Ijtimoiy hayotimizda bugun shunday manzaraki, bu modellar siyosiy jarayon va norasmiy ijtimoiy guruhlarda ba'zan bevosita, gohida esa bilvosita to'qnashmoqda. Bu holat, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda yaqqol kuzatiladi.


Millatchilik, irqchilik, din va dunyoviylik masalalari, davlat kelajagi, o'zlik masalasi neoliberalizm mafkurasining postokolonial yoki dekolonial ko'rinishida namoyon bo'lmoqda.


O'zbekiston ijtimoiy-gumanitar fani esa postkolonial, dekolonial nazariya va neoliberalizm mafkurasini inobatga olmay, voqelikni rad qilib ilm bilan shug'ullanmoqda! Ya'ni, akademik doiralarimiz hamon eskicha (sovetcha) ilmiy dunyoqarash «botqog'i»dan chiqa olmadi.


Shu o'rinda bir qator haqli savol tug'iladi: olimlarimiz qachongacha bu jarayonlardan chetda turishadi? Yoki ular davlat bu mavzular bo'yicha maxsus buyurtma berishini kutishayotirmi? Ayni o'rinda biz aybdorni qaerdan qidirishimiz kerak bo'ladi?


Holbuki, biz shu turishimizda Uchinchi Renessans g'oyasini ilgari surgan va yuksak marralarni ko'zlagan edik. Holbuki, ushbu ulug' g'oya mohiyatan bizning dekolonial loyihamiz emasmidi?!


Baxtiyor ALIMJANOV,
tarix fanlari nomzodi, O'zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

12

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (12)

Азиз

18:54 | 27.02.2024

Зор макола

Sanjar

22:50 | 19.03.2024

Sizzi fikrlariz va videokontentlarni kòrib shu paytgacha yashagan hayotim yolĝondan iborat va dunyoqarashim 3-shaxs tomonidan shakllantirilganday tuyulyapti.. Bu qanaqasiga bòlishi mumkin.... Sizzi darajezga yetish uchun nima qilishim kk. Òzim 5yillik oliy ta'limda shunchaki vaqt òtkazibman bòlibam tarix fakultetida yana

Sanjar

22:50 | 19.03.2024

Sizzi fikrlariz va videokontentlarni kòrib shu paytgacha yashagan hayotim yolĝondan iborat va dunyoqarashim 3-shaxs tomonidan shakllantirilganday tuyulyapti.. Bu qanaqasiga bòlishi mumkin.... Sizzi darajezga yetish uchun nima qilishim kk. Òzim 5yillik oliy ta'limda shunchaki vaqt òtkazibman bòlibam tarix fakultetida yana

Yana ko'rish (9)
Maqolaga baho bering
5/5

12

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1839 11:30 | 13.09.2023