Valyuta UZS
  • USD

    11 963.2350.85

  • EUR

    13 970.6697.5

  • RUB

    155.351.96

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 11:00

    +6 C

  • 12:00

    +6 C

  • 13:00

    +7 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +7 C

  • 18:00

    +6 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +4 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 08-December

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 11:00

    +6 C

  • 12:00

    +6 C

  • 13:00

    +7 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +7 C

  • 18:00

    +6 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +4 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Dushanba, 08

    +6 +20

  • Seshanba, 09

    +5 +20

  • Chorshanba, 10

    +3 +20

  • Payshanba, 11

    +3 +20

  • Juma, 12

    +9 +20

  • Shanba, 13

    +9 +20

  • Yakshanba, 14

    +8 +20

  • Dushanba, 15

    +5 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Hukumat qisqartirishga tushgan xodimlarga alohida e'tibor qaratishi lozim - mutaxassis

Mehnat huquqi bo'yicha yurist Saidali MUXTORALIEv hozirgi mehnat bozorida kuzatilayotgan jarayonlar haqida jiddiy va foydali taklifni ilgari surdi.
Iqtisod
338 10:08 | 02.12.2025 10:08

— Sun'iy intellekt va texnologiyalar rivojlangani sari ishxonalarda qisqartirishlar ko'p bo'ladi. Kuni kecha davlat tashkilotidagi bir tanishim bilan suhbatlashib qoldik, ulardagi 2,5 mingta ish o'rni, taxminan 3 yildan keyin 500 taga tushishi mumkin ekan. Ulardagi faoliyat asosan, hisob-kitob va tahlil bilan bog'liq, bu yo'nalishlarga sun'iy intellekt joriy qilinar ekan, inson faktoriga bo'lgan ehtiyoj keskin kamayadi. Natijada ish o'rinlari qisqaradi. Shu kabi boshqa davlat idoralarida ham qisqartirishlar keyinchalik tabiiy holatda yuz beradi. Davlat ham samara bermaydigan ishchi kuchiga harajat qilmoqchi emas. Buni to'g'ri tushunish kerak. Lekin...
Tanganing ikkinchi tomoni ham bor, ya'ni inson taqdiri, potentsial ishsiz fuqarolar taqdiri. Bizdagi asosiy muammo shuki, biz ularni o'z holiga tashlab qo'yyapmiz. Natijada, ishsiz va chorasiz qolgan xodimlar og'ir vaziyatga tushib qolyapti va sudlarga murojaat qilyapti. Bundan foyda bo'lmagach, jamiyatda norozi kayfiyatdagi guruh yuzaga kelyapti.
Fikrimcha, bu insonlar bo'yicha qonunchilikda ko'rsatilgan imtiyozlar (oldindan ogohlantirish, ishdan bo'shash nafaqasi va ish qidirish davridagi kafolatli to'lovlar) bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Davlat tashkilotlarida qisqartirishga tushgan xodimlarning aksariyati oliy ma'lumotli, salohiyatli mutaxassislar ekanini unutmaslik zarur. Ular o'z bilim va tajribasi bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qo'sha oladigan kadrlar. Shunday ekan, ularga ko'mak beruvchi va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi qo'shimcha dasturlarni ishga tushirish kerak.
Masalan, davlat tashkilotlaridan qisqartirishga tushgan yuqori malakali va bilimli kadrlardan muvaffaqiyatli tadbirkorlar chiqishi mumkin. Faqat ularni to'g'ri yo'naltirish uchun yaxshigina turtki kerak. Ular uchun bepul biznes kurslari tashkil etish, imtiyozli kreditlar ajratish, maxsus soliq imtiyozlari joriy etish va shunga o'xshash biznes dasturlarni ishga tushirish maqsadga muvofiq.
Yoki ular uchun ishga joylashtirish bo'yicha maxsus markazlar tashkil qilish mumkin. Nega maxsus markazlar? Shunki ular o'z sohasida yetarli bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan tayyor mutaxassislardir. Xususiy sektorlarda bunday mutaxassislarga talab juda katta. Ishga joylashtirish markazlari esa, ularni mutaxassis qidirib yurgan xususiy sektorlarga yo'naltiradi. Albatta, bu markazlar faoliyati doimiy yoki qisqartirish davriyligiga qarab vaqtinchalik bo'lishi mumkin. Markazda psixologlar, huquqshunoslar, biznes-konsul'tantlar dastur doirasida qisqartirishga tushgan xodimlarga bepul yordam ko'rsatadi.
Ko'plab horijiy mamlakatlarda qisqartirishga tushgan xodimlarni qo'llab-quvvatlovchi bunday dasturlar faol ishlaydi. Bundan ko'zlangan maqsad salohiyatli kadrlarni o'z holiga tashlab qo'ymay, aksincha, ularning boy tajribasidan unumli foydalanishdir.
Bizda ham Hukumat qisqartirishga tushgan xodimlarga alohida e'tibor qaratib, ular uchun ana shunday dasturlarni joriy etishi kerak.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1805 11:15 | 26.10.2023