Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 02:00

    +22 C

  • 03:00

    +21 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +20 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +24 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +27 C

  • 13:00

    +27 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +28 C

  • 16:00

    +28 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 02:00

    +22 C

  • 03:00

    +21 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +20 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +24 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +27 C

  • 13:00

    +27 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +28 C

  • 16:00

    +28 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • Juma, 09

    +22 +20

  • Shanba, 10

    +18 +20

  • Yakshanba, 11

    +20 +20

  • Dushanba, 12

    +19 +20

  • Seshanba, 13

    +19 +20

  • Chorshanba, 14

    +19 +20

  • Payshanba, 15

    +19 +20

  • Juma, 16

    +20 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston kasaba uyushmalari ikkinchi jahon urushi davrida

O'zgacha rakurs
41 21:59 | 08.05.2025 21:59

Ma'lumki, O'zbekiston Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etgan va fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga munosib hissa qo'shgan. Urush yillarida xalqimiz ko'rsatgan qahramonlik, jasorat va mardlik namunasi biz uchun haqiqiy jasorat maktabi va g'urur manbai hisoblanadi. Bu abadiy qadriyatlarning ahamiyati vaqt o'tishi bilan tobora ortib bormoqda. Shu bois 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanishida ham bisyor hikmat bor. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlar xotirasini ulug'lash va e'zozlash, fashizmga qarshi janglar hamda mehnat frontida jonini fido qilgan faxriylarga alohida e'tibor va hurmat ko'rsatish ezgu an'anaga aylangani ana shu hikmat va qadriyatlardan biridir.


O'zbekiston kasaba uyushmalari ham fashizm ustidan g'alabaga beqiyos hissa qo'shgan. Mash'um urushning boshlanishi ko'plar qatori kasaba uyushmalarining zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yukladi. O'sha davrning murakkab sharoitlarida kasaba uyushmalari oldiga asosiy va dolzarb vazifalardan biri – ishchilarni front buyurtmalarini bajarishga safarbar qilish, har tomonlama yordam ko'rsatish edi. Bu masaladan kasaba uyushmalari chetda turishi mumkin emasdi. Urushning birinchi kunlaridanoq davlat muassasalari va sanoat korxonalarida kasaba uyushmalari faollari yig'ilishlari, fabrika-zavod va mahalliy qo'mitalarning kengaytirilgan majlislari o'tkazilib, tashkilot faoliyatini urush sharoitlariga mos ravishda qayta tashkil etish, ishchilar va aholini harbiy holatga va harbiy ishlarga tayyorlash masalalari muhokama etildi va zudlik bilan amaliy ishga kirishildi.


Xo'sh, kasaba uyushmalari tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?


Avvalo, harbiy-mudofaa tashkilotlari ixtiyoriga o'z balanslarida bo'lgan klublar, stadionlar va boshqa binolarni taqdim etib, ularni harbiy o'quv bazalari sifatida foydalanish uchun topshirdilar. Ikkinchidan, korxona va tashkilotlarda hamshira va sanitariya guruhlarining o'quv to'garaklari tashkil etildi. Bu to'garaklarda 1941 yil iyuldan 1944 yil aprelgacha aynan kasaba uyushmalari yordami bilan 83 489 nafar askar va harbiy mutaxassis tayyorlandi, 6000 dan ortiq zaxiradagi hamshiralar, 20 mingga yaqin sanitariya instruktori va sanitariya guruhlari faoliyati yo'lga qo'yildi. 3 milliondan ortiq kishi PVXO (havo-himoya va kimyoviy himoya) me'yorlari bo'yicha tayyorlovdan o'tkazildi.



Urush boshlanishi bilan kasaba uyushmalari asosiy e'tiborni ishlab chiqarishni urush sanoatiga moslashtirishga va mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratishga majbur edi. 1941 yil 25-26 iyun' kunlari ipak sanoati, poyabzal sanoati, tikuvchilar, metall buyumlari va davlat muassasalari kabi tarmoq kasaba uyushmalari Toshkent va Samarqand viloyatlarida yig'ilib, 10 soatlik ish kuniga o'tish, zavod va fabrikalarni harbiy mahsulot ishlab chiqarishga o'tkazish bo'yicha tezkor choralar ko'rish to'g'risida qaror qabul qildilar. Jumladan, Toshkent tep­lovoz ta'mirlash zavodi kasaba uyushma qo'mitasi urush boshlangan ilk kundanoq faollar yig'ilishini o'tkazib, zavodni mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga o'tkazish bo'yicha kasaba uyushmalari rolini muhokama qilgan, ishchi-xodimlarni birlashtirish, ixtirochilar, ilg'or ishchilarni safarbar qilish orqali mehnat unumdorligini oshirish tashabbusini ko'targan edi.


Deyarli barcha korxona va tashkilotlarda jamoa shartnomalari qayta ko'rib chiqildi, muddatidan oldin topshiriqlarni bajarish majburiyatlari olindi. 1941 yil yoz va kuz oylarida ko'plab zavod va fabrikalar mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashtirildi.


Kasaba uyushmalari oldidagi yana bir muhim vazifa – evakuatsiya qilingan korxonalarni hududlarga joylashtirish va tezda ishga tushirish edi. 1941 yil 25 avgustda evakuatsiya qilingan korxonalarni joylashtirish, montaj qilish va ishga tushirish bo'yicha respublika hukumat komissiyasi, keyinchalik viloyat komissiyalari tuzildi. Kasaba uyushmalari yordamida ishlab chiqarish maydonlari topildi, kerakli uskuna, ishchi kuchi bilan ta'minlandi. 93 ta sanoat va transport korxonalari uskunalari O'zbekistonga evakuatsiya qilindi. Ularning asosida 47 ta yangi zavod va fabrikalar barpo etildi, qolgan uskunalar mavjud korxonalarni kengaytirishga xizmat qildi.



Evakuatsiya qilingan korxonalar qisqa vaqt ichida ishga tushirildi. Masalan, Sumsk zavodi Сhirchiq shahrida bir oyda montajdan chiqdi. «Elektrokabel'» zavodi besh oyda qayta tiklanib, foydalanishga topshirildi. «Elektrostanok», «Andijanmash», «Qizil dvigatel'» zavodlari qisqa muddatda ishlab chiqarishga o'tdi.


Evakuatsiya qilingan 46 ta zavod va fab­rikada kasaba uyushma tashkilotlari qayta tashkil etildi. Masalan, Сhkalov nomli, «Elektrokabel'», «Qizil Oqsoy», «O'zbeksel'mash» va boshqa korxonalarda kasaba uyushmasi qo'mitalari tarkibi saylandi.


Kasaba uyushmalari mamlakatimizda kuchli mudofaa sanoati shakllanishiga katta hissa qo'shdi. Avvalo, montaj ishlarini tez yakunlash maqsadida quruvchi va bosh­­qa kasb vakillaridan iborat ishchilar otryadlarini shakllantirish va ularni korxonalarga taqsimlash, safarbar etish muhim vazifaga aylangan bo'lsa, ishchilarni turarjoy, bolalar bog'chalari bilan ta'minlash, ularning maishiy va madaniy ­sharoitlarini yaxshilash kasaba uyushmalaridan katta kuch va salohiyat talab etardi. Bu mashaqqatli vazifalarni kasaba uyushmalari a'lo darajada uddaladi. Yirik korxona va zavodlar, jumladan, Сhkalov nomidagi aviazavod ham uch oy ichida ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi, birinchi samolyot tez orada frontga yuborildi.


1943-1944 yillarda respublika kasaba uyushmalari faoliyatida tizimlilik oshdi, aniq rejalashtirish joriy etildi, hisobot-saylovlar o'z vaqtida o'tkazildi. 1943 yil 4 aprel' kuni Farhod GES qurilishida birinchi kasaba uyushmasi konferentsiyasi o'tkazildi, 35 ta tsex qo'mitasi tuzildi. Kasaba uyushmasi a'zolari soni muttasil oshib bordi, 1945 yil fevraliga kelib, 4579 nafar a'zo ro'yxatga olindi.



Yangi sanoat ob'ektlari qurilishida bo'lgani kabi malakali ishchilarni tayyorlash, kasbga o'qitish ishlarida ham kasaba uyushmalari faollik ko'rsatdilar. Jumladan, Farhod GESda 950 dan ortiq malakali ishchi tayyorlangan bo'lsa, ularning 736 nafari ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qitildi.


«Angrenshaxtaqurilish» kasaba uyushmasi qo'mitasi 6000 nafardan ortiq konchi va kon qurilishi mutaxassislarini o'qitdi. Natija kutilgandan ham a'lo bo'ldi: 1944 yilda 36,5 ming tonna, 1945 yilda 103 ming tonna ko'mir qazib olindi.


1943 yilda O'zbekiston metallurgiya zavodi ishga tushirilishida ham kasaba uyushmalarining hissasi katta bo'ldi. Zavodning ilk kunlarida 3000 nafardan ortiq ishchilar kasaba uyushmasiga a'zo bo'ldilar. Kasaba uyushmalari ish unumdorligini oshirishga bor kuch-g'ayratlarini safarbar etdi. Natijada S.Nurutdinov, X.G'aniev kabi ilg'or ishchilar Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldilar.


Urush yillarida Сhirchiq kimyo kombinati, Qo'qon superfosfat zavodi va boshqalar ishga tushirildi. Olmaliq mis eritish kombinati qurilishi boshlandi. Kadrlar yetishmasligi sababli kasaba uyushmalari bu yerda ham yangi ishchilarni kasbga tayyorlashni yo'lga qo'ydi.


Umuman olganda, kasaba uyushmalari yordamida 1941-1945 yillarda 135 mingdan ortiq malakali ishchi tayyorlandi. Jumladan, 46460 nafar mexanizator tayyorlangan bo'lsa, shulardan 25 mingga yaqini ayollar edi.



Urush yillarida O'zbekiston frontga 4,8 mln. tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1,28 mln. tonna don, 48,2 ming tonna kartoshka va sabzavot yetkazib berdi. Kasaba uyushmalari fashistlardan ozod qilingan hududlarga yordam yuborish harakatlarida ham tashabbusni o'z qo'llariga olgan edilar. Jumladan, Xar'kov shahri aholisi uchun kurtka, matras, yostiq, oyoq kiyimi tikildi.


1943 yil mart oyida respublika MTS va sovxozlari tomonidan 1200 ta traktor, 600 ta urug' ekadigan seyalka uskunalari yuborildi. Jumladan, Stavropolga 1142 ta traktor, 400 ta seyalka bilan birga, 1124 nafar traktorchi ayol yuborilishining o'zi ham kasaba uyushmalarining faoliyati samarasi edi.


Bundan tashqari, evakuatsiya qilinganlar uchun kitoblar, kutubxona uskunalari, kiyim-kechaklardan iborat 500 vagon oziq-ovqat va madaniy buyumlar yuborildi.


Kasaba uyushmalari korxona va tashkilotlarda front uchun umumxalq yordami harakatiga boshchilik qildilar. Ishchilar 2-3 kunlik ish haqlarini mudofaa jamg'armasiga berdilar. Umuman olganda, urush davomida O'zbekiston aholisi juda ko'p miqdorda obligatsiya, qimmatbaho buyumlar, tillalarni front uchun hadya qildilar.


Kasaba uyushmalarining Ikkinchi jahon urushidagi eng katta xizmatlaridan yana biri urush hududlaridan evakuatsiya qilingan aholi, jumladan, bolalar va qariyalarni joylashtirishdan iborat edi. Ma'lumki, urush yillari 1 mln. dan ortiq odam, jumladan, 200 ming nafar bolalar evakua­tsiya qilindi. Shunga ko'ra, 100 ta «Bolalar uyi» ochildi. Yetim bolalar uchun bolalar bog'chalari, internatlar tashkil etildi. Ularga 10 ming nafardan ortiq bolalar joylashtirildi. 69 ta tashkilot va korxona 6000 nafardan ziyod bolalarni tarbiyalash uchun o'z qaramog'iga oldi.



Frontdagilarning oilalari uchun dam olish maskanlari, bog'chalar, kvartiralar ajratish vazifasi ham kasaba uyushmalarining zimmasiga tushdi. 137 400 nafar o'g'il-qiz bolalar muassasalariga joylashtirildi. 1943 yilda 50 ming nafari oromgohlarda dam oldirildi. 56 034 nafar frontchilarning oilasi uy-joy bilan ta'minlandi. Ular uchun 192 556 ta kvartira ta'mirlab topshirildi.


Urush sharoitida klublar va madaniyat saroylari kasalxona va yotoqxonalarga aylantirilgan bo'lsa-da, qolganlarida madaniy-ma'rifiy ishlar davom ettirildi. 1945 yilda 242 ta klub, 1329 ta «Qizil burchak», 198 ta kutubxona, 857 ta choyxona faoliyat yuritdi.



Klublarda ilg'or ishchilar bilan uchrashuvlar, kontsertlar, taniqli yozuvchi va aktyorlarning chiqishlari tashkil etildi. 1945 yilda Konserva sanoati kasaba uyushmasi tomonidan 463 ta ma'ruza, 955 ta suhbat, 83 ta kecha, 120 ta spektakl' namoyishi o'tkazildi.


Kasaba uyushmalari tomonidan Samarqand, Andijon, Buxoro zavodlarida havaskorlar to'garaklari tuzildi. Urushdagi qiyinchiliklarga qaramay, xalqning ruhiyati va kayfiyatini ko'tarish maqsadida minglab kontsertlar o'tkazildi.


Toshkent temir yo'l kasaba uyushmasi maxsus madaniy poezd tashkil etib, lektorlar, tibbiyot xodimlari, kutubxonachilar, kino va teatr artistlarini jalb etgan edi.


Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston kasaba uyushmalari Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy safarbarlikni amalga oshirish va og'ir sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ko'tarish, front ortini mustahkamlash, jangchi-askarlar va aholini ruhlantirishda faol ishtirok etib, g'alabani ta'minlashga ulkan hissa qo'shdi.


Hayotjon ShARIPOV,
O'zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi raisi maslahatchisi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs