Valyuta UZS
  • USD

    12 559.26-59.37

  • EUR

    14 413.01-103.46

  • RUB

    160.17-0.66

+26C

+26C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+26c

  • Hozir

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 21-June

+26C

  • Hozir

    +26 C

  • Shanba, 21

    +26 +20

  • Yakshanba, 22

    +26 +20

  • Dushanba, 23

    +27 +20

  • Seshanba, 24

    +29 +20

  • Chorshanba, 25

    +27 +20

  • Payshanba, 26

    +24 +20

  • Juma, 27

    +25 +20

  • Shanba, 28

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston TIV mehnat muhojirlariga bo'layotgan munosabat yuzasidan Rossiya tomoniga nota jo'natdi

Bir muddat oldin Rossiyada kuch ishlatar tizim xodimlarining mehnat muhojirlariga nisbatan zo'ravonlik va qo'pol munosabatlari aks etgan videotasvir tarqaldi. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya tomoni bilan migratsiya masalalari bo'yicha bo'lib o'tgan uchrashuvda mazkur holatga ham to'xtalib o'tildi.
Siyosat
732 13:41 | 11.06.2025 13:41

Bunda o'zbekistonlik diplomatlar Rossiya hududida ayrim holatlarda O'zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo'pol muomalalar kuzatilayotgani to'g'risidagi xabarlardan tashvishda ekanini ta'kidlagan.


«Bunday holatlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlarga aslo to'g'ri kelmasligi, ularni oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligiga e'tibor qaratdik.


O'zbekiston Respublikasi xorijda yashayotgan va vaqtincha bo'lib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni o'zining ustuvor vazifasi deb biladi.


Ushbu masala yuzasidan O'zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegishli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda.


O'zbekiston tomoni barcha fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinishini ta'minlashga chaqiradi.


Shu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasining tegishli idoralarini O'zbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmaslikka chaqirib qolamiz», – deb yozadi TIV rasmiysi Ahror Burxanov.


O'z navbatida, Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga O'zbekiston Elchixonasi tomonidan nota yuborilgan va Rossiya TIVdan ushbu holatga izoh berish hamda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bo'lmas holatligi ta'kidlanib, kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berish so'ralgan.


O'zbekiston TIV ushbu masalani o'zining doimiy nazoratida ushlab turishini va kerakli hollarda qo'shimcha choralar ko'rishni davom ettirishini ma'lum qilgan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1712 11:30 | 13.09.2023