O'zbekiston va Xitoy o'rtasida qator hujjatlar imzolandi
Prezident Shavkat Mirziyoev va XXR Raisi Si Tszin'pinning Pekin shahrida bo'lib o'tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo'ldi.
Shu jumladan:
- “O'zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo'l” tashabbusini o'zaro bog'lash bo'yicha hamkorlik dasturi;
- Madaniyat markazlarini o'zaro ta'sis etish to'g'risida bitim;
- Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to'g'risida bitim.
Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:
- O'zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo'yicha;
- texnik-iqtisodiy hamkorlik to'g'risida;
- muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to'g'risida;
- O'zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to'g'risida;
- kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to'g'risida;
- raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to'g'risida;
- inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha;
- raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha;
- Samarqand viloyati va Tyan'tszin' shahri o'rtasida sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risida;
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko'maklashish kengashi o'rtasidagi hamkorlik to'g'risida.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0