O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yangi o'quv yiliga "O'zJOKU — insonlar va bilimlar uchrashadigan maskan" deb nom berdi!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Kengashining qaroriga muvofiq, Universitetda har o'quv yili uchun nom berish belgilandi hamda yangi 2025-2026-o'quv yiliga "O'zJOKU — insonlar va bilimlar uchrashadigan maskan" deb nom berildi.
Bu tashabbus respublika oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi bor O'zJOKU tomonidan ilgari surilgan bo'lib, "O'zJOKU — insonlar va bilimlar uchrashadigan maskan" shiori ostida 2025-2026-o'quv yili uchun universitet quyidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilab oldi:
- Hamfikrlar hamjamiyatini shakllantirish;
- Gumanitar va gumanistik yondashuvga urg'u;
- Fanlararo aloqalarni rivojlantirish;
- Innovatsion ta'lim dasturlari va loyihalari;
- Shaxsiy rivojlanish uchun sharoit yaratish;
- Ilm-fan va amaliyot integratsiyasi.
Universitet bu talabalar, o'qituvchilar, ilmiy va ma'muriy xodimlar o'rtasida tajriba almashish, fikrlar bilan bo'lishish va muloqot qilish maydonchasidir.
Universitet bu faqat bilim olish joyi emas, balki uchrashuvlar, kashfiyotlar va birgalikda yaratuvchanlik muhitidir. Har bir talaba va professor-o'qituvchi bu hamjamiyatning faol a'zosi bo'lib, o'z g'oyasini ro'yobga chiqaradi va universitetning umumiy manzarasiga hissa qo'shadi.
Shunday ekan, Sizlarni O'zJOKUda — insonlar va bilimlar uchrashadigan maskanda kutib qolamiz!



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0