Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 02-August

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Shanba, 02

    +24 +20

  • Yakshanba, 03

    +24 +20

  • Dushanba, 04

    +24 +20

  • Seshanba, 05

    +24 +20

  • Chorshanba, 06

    +25 +20

  • Payshanba, 07

    +23 +20

  • Juma, 08

    +24 +20

  • Shanba, 09

    +24 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Zudlik bilan yurtimizdan daf bo'lingiz!” – Ibrohimbek qo'rboshining jasorati

“Sharq Napoleoni”, “Laqaydan chiqqan Bonapart” nomlari bilan dunyo nigohiga tushgan ajdodimiz Muhammad Ibrohimbek haqida nimalar bilamiz?
O'zgacha rakurs
838 10:59 | 10.03.2024 10:59

Bosqinchilarga qarshi kurashgan, milliy ozodlik harakati yetakchisi Ibrohimbek o'zbekning laqay urug'idan bo'lib, soni 102 o'zbek urug'lari ro'yxatida laqaylar oltinchi, 92 deb keltirilgan manbada ular 82-o'rinda turadi. Ibrohimbek 1889 yil Dushanbe atrofidagi Ko'ktosh qishlog'ida dunyoga kelgan. Ibrohimbekning qizil armiyaga qarshi shiddatli hujumlari Sharq va G'arbga yoyilgach, el orasida uning ismiga laqay qo'shilib “Ibrohimbek Laqay”, “Laqaylik Robingud”ga aylanadi. Suronli davr Muhammad Ibrohimbekni qo'rboshi sifatida shakllantirib, yirik siyosiy figura bilan maydonga olib chiqqan. Milliy ozodlik harakatchisi bo'lgan Ibrohimbek Buxoro amiri Amir Olimxon tomonidan “Uchinchi Iskandar”, “Islom lashkarboshisi” kabi unvonlar bilan e'tirof etilib, lashkarboshilar ichida yuksak hurmatga sazovor bo'ladi. Nemis olimi Reynxard Eyzener bejiz u haqida: “Ibrohimbek o'z yerini bosqinchilardan ozod etish uchun kurash bayrog'ini ko'targan qahramonlarning sardori edi”, demagan edi.


Sho'ro qo'shinlariga qarshi harakatlar
“Ma'lum bo'lsinikim, 1920 yilning sentyabrida qizil armiyaning Buxoro amirligiga shiddatli hujumi, tinch aholini qirg'in qildi. Buxoro amiri Amir Olimxon mag'lubiyatga uchrab, Sharqiy Buxoroga chekindi. Shundan so'ng bizning laqay urug'i oqsoqollari qurultoy o'tkazib, yig'ilganlarni sovet hukumatiga qarshi oyoqlanishga da'vat etdilar. Unda Eshon Sulton rahbarligidagi Hisor laqaylari ham, Ko'r Ortiq dodho Ashirov boshliq Baljuvon laqaylari ham bu kurashda rahbarlikni menga topshirishdi. Shu kundan boshlab, bol'shevik zulmi ostida qolgan Turkiston uchun jangga kirdim!” – deb yozgandi Ibrohimbek. Vatanni sevish, unga sadoqatli bo'lish uchun o'lish shart emas. Shunchaki, bu yo'lda kerak bo'lsa, o'limni bo'yinga olish, millat uchun har qanday xatar yuziga tik boqishni anglatadi bu.


Ibrohimbek Сhaqaboev Markaziy Osiyo bo'ylab yoyilib ketgan qizil armiyaga tik boqdi. 10 yil mobaynida Turkiston sarhadlaridan bosqinchilarni quvish yo'lida o'limni bo'yniga oldi. U o'z askarlari bilan Dushanba shahrini qamal qilib, o'rinsiz qon to'kilishiga yo'l qo'ymaslik uchun shahar harbiy qismining boshlig'iga yuborgan talabnomasi shunday degan edi: “Zudlik bilan yurtimizdan daf bo'lingiz, to'rt tarafingiz qibla! Talafotsiz chiqib ketishlaring uchun imkon yaratib beraman. Bundan tashqari, otlaringizni yem-xashak bilan ta'minlayman. Faqat tezroq qorangiz o'chsa, bas!” (Marksizm-leninizm institutining Markaziy firqa hujjatgohi, 122-jamg'arma, 1-son ro'yxat, 257-jild, 115-bet).
U qisqa muddatda 10 mingdan oshiq askar to'plab, Ko'lob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarining katta qismini sovet askarlaridan ozod qiladi. So'ng Dushanbe shahrini bosqinchilardan tozalashga yo'l oladi. Manbalarda keltirilishicha, Ibrohimbek askarlarining soni Hisorning o'zida 20 ming kishi edi. Uning Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qizil armiyaga qarshi janglari murosasiz kechdi. 1925 yilda esa, Surxon, Sherobod-Boysun atroflarida sho'ro qo'shinlariga qarshi harbiy harakatlar uyushtirdi. 1931 yilning ilk kunlarida Ibrohimbek harakatini faollashtirib, tarqoq kuchlarini yana birlikka chaqiradi. Сholtovda bo'lgan qo'rboshilar qurultoyida aholini sovet hukumatiga qarshi yalpi qo'zg'olonga da'vat etuvchi murojaatnomalar tarqatadi. Quyida shunday murojaatnomalardan biri:


MUROJAATNOMA
“Barcha do'stlar – tatarlar, qozoqlar, armanlar, ruslar, o'zbeklar, tojiklar va boshqa millatlar bol'sheviklar zulmi ostidalar. Ma'lumingiz Allohning yordami ila men Amudaryodan o'z armiyam ila Buxoro hududiga qadam bosdim! Qadrli birodarlar! Yillar davomida Siz bol'sheviklar hukumati zulmi ostidasiz. Bugun biz o'z vatanimizni, xalqimizni, dinimizni ozod etishga kirishdik va sovetlarni yo'q qilishni istadik. Keling birlashaylik.


Muhr. Ibrohim. 1349 yil 20 zulqa'da (08.04.31.)”
Tarqoqlik
Afsuski, O'rta Osiyo xalqlari o'shanda birlasha olmadi va salkam bir asr bol'sheviklarga qaram bo'lib qoldi. Ibrohimbek agar Turkiston birlasha olmasa, oqibati shunday bo'lishini bilardi. Сhunki u bejiz yo'lboshchi, qo'rboshi - noyob iqtidor egasi emasdi...
Har yon tarqab ketgan O'rta Osiyoni bosqinchilar zulmidan ozod etishga qaratilgan harakatlar oson kechmadi.Uzoq janglardan so'ng 12 iyunda Oqbosh tog'idagi so'nggi to'qnashuvda Ibrohimbek qo'shini mag'lubiyatga uchrab, o'zi ham yaralandi. 1931 yil 23 iyunda chekistlar tomonidan qo'lga olinib, Toshkentga olib kelinadi.


O'shanda Durov tomonidan o'tkazilgan so'roqda Ibrohimbek:


“Biz jangga kirishdan oldin Yusuf Muqumboev orqali Millatlar Ligasiga chiqib, xalqaro yordam bo'lishidan umid qilgan edik. Men sovetlar zulmi ostiga tashlangan yurtimni, ularning qo'li ostidan ozod qilish orzusida hayot-mamot jangiga kirganman. Qizil askarlarga qarshi kurash hayotim mazmuni bo'ldi”, degan edi. Omonulla Olimov tarixiy biografik asarida Ibrohimbek to'g'risida shunday yozadi: “Ibrohimbek o'ta qo'rqmas kishi edi. U har bir hujum yoki mudofaa oldidan ta'kidlab aytardiki, biz o'z uyimiz – Vatanimizni, dinimizni himoya qilayotirmiz. Biz bol'sheviklar yurtiga bostirib borgan emasmiz, ular bosqinchilik qilib kelishgan. Qo'rqmanglar. Hushyor, epchil bo'linglar. Pirlarimiz madadkor bo'lsin, omin”.


Afsuski, 1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyo Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi qarori bilan Ibrohimbekka “Qurolli to'dalar, sovet hududiga qurolli qo'zg'olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelishi”va “Сhet el davlatlari bilan aksilinqilobiy maqsadlarda aloqada bo'lish” kabi ayblovlar qo'yilib, otuvga hukm qilingan edi. Ordan 91 yil o'tib, 2021 yil 25 avgustda O'zbekiston Oliy sudi Ibrohimbek va uning 15 nafar safdoshini nohaq ayblangan deb topdi va ularni oqladi.


Muhammad Ibrohimbek haqida shu vaqtgacha ko'plab asarlar bitildi. U to'g'risidagi tarixiy o'rganish va izlanishlar nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham davom etmoqda. O'ylaymizki, Ibrohimbek kabi ajdodlarimizning qahramonligi, ko'rsatgan jasorati hali uzoq yillar kelajak nasllarga ibrat bo'lib qoladi.


Maftuna Karimova, Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs