AQSh Kongressi a'zosi Shavkat Mirziyoev Trampning salomini yetkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoev 17-mart, dushanba kuni AQSh Kongressi a'zosi, O'zbekiston bilan hamkorlik bo'yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida parlament a'zosi davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti, Kongress rahbariyati va O'zbekiston bo'yicha kokus a'zolarining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shundan so'ng O'zbekiston bilan AQSh o'rtasidagi strategik sheriklik va ko'p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kerol Miller Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, demokratik institutlarni, eng avvalo, parlamentni mustahkamlash, gender tenglikni ta'minlash borasidagi ishlar natijalarini yuksak baholadi.
Shuningdek, iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan tog'-kon, sanoat, energetika, qishloq xo'jaligi sohalaridagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
O'zbekiston hududlarining Amerika shtatlari bilan sheriklik aloqalarini yo'lga qo'yish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar va Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0