Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qashshoqlikdan boylik, zabunlikdan baxt sari

Yoxud “Oq nilufarlar yurtida” kitobini o'qib
O'zgacha rakurs
499 11:18 | 18.12.2024 11:18

Finlandiya qanday qilib jahon namunasiga aylandi? Grigoriy Petrovning “Oq nilufarlar yurtida” asari ushbu savolimizga to'laqonli javob beradi.


Finlandiya – noqulay geografik joylashuvi sabab o'tmishda qashshoqlik va mustamlakachilikdan aziyat chekkan mamlakat. Er osti va usti boyliklari yo'qligi bois Rossiya imperiyasi tarkibida bo'lgan vaqtlarda hududning iqtisoiy ahamiyati Qrim, Kavkaz va Turkiston kabi hududlarga nisbatan ancha past bo'lgan. Shunday bo'lsa-da, Finlandiya bugungi kunda dunyoning eng baxtli mamlakati, ta'lim sohasida esa yetakchi o'rinlardan birini egallab turibdi. Xo'sh, bu qanday sodir bo'ldi?


Er yuzida yashash uchun deyarli imkoniyati yo'q bo'lgan xalqlarning rivojlanishi, xususan, Yaponiya, Singapur va Finlandiya kabi davlatlarning muvaffaqiyati ko'pchilikni hayratga soladi. Finlandiya misolida, bu muvaffaqiyatning asosiy omili – milliy ma'rifat va ta'lim sohasidagi islohotlar ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu jarayonda J.V.Snelman kabi millat ziyolilarining o'rni beqiyos bo'lgan. Ular mamlakat rivojini chin dildan istashdi va shu maqsadda dadil harakat qilishdi. "Ziyoli bo'lish modaga ko'ra kiyinish degani emas. Ziyolilar jamiyatning miyasi hisoblanadilar. Xalq sizni yaxshi ta'lim olganingizdan so'ng yuqori maosh olishga va kechqurun karta yoki domino stollarida o'tirib, zavqlanishingiz uchun o'qitmadi. Bunday qiladiganlar haqiqiy ziyolilar emas; ziyolari mog'orlangan demakdir. Ziyolilarning vazifasi jamiyatning aql-zakovati, vijdoni, irodasi va kuchini uyg'otish va safarbar qilish. Siz dehqonlarga, ishchilarga va jamiyatning quyi qatlamidagilarga qanday qilib yaxshiroq yashashni va buning uchun nima qilish kerakligini o'rgatishingiz kerak", – deydi Snellman.


“Qonunbuzarlikning eng katta o'qituvchilari kimlar?” degan savolga javob berar ekanmiz, ko'z oldimizga o'sha qonunlarga rioya qilmaydigan davlat xizmatchilari keladi. Ular jamiyatni qonunga bo'ysunmaslikka o'rgatishadi. Shuning uchun ham J.V.Snellman “Finlandiya davlati nomidan sizdan iltimos qilaman: Siz qonunlarga rioya qilishga qasamyod qildingiz! Iltimos, xalqimizni qonuniy va adolatli bo'lishga o'rgating”, deya murojaat qiladi.


Har yili BMT tomonidan e'lon qilinadigan “Dunyodagi baxtiyorlik hisoboti” nomli hisobotda Xelsinki dunyoning eng baxtli shahri sifatida qayd etilmoqda. Finlandiya davlati 2018-2020 yillar oralig'ida uch yil ketma-ket dunyoning eng baxtli mamlakati deb e'lon qilingan.


The simple strength of Finnish education - thisisFINLAND


Finlandiyaning nega bunchalar baxtli mamlakat ekanligini aniqlash uchun jamiyatning ba'zi odatlari o'rganib chiqildi. Ulardan biriga ko'ra Finlarning juda ko'p kitob o'qish odati ekan. Finlandiyada ko'plab kutubxonalar mavjud. 2018yilning 5 dekabrida ochilgan “Oodi” nomidagi kutubxona bir yil o'tar-o'tmas “Dunyoning eng yaxshi jamoat kutubxonasi” mukofotini oldi. Shuningdek, BMT tomonidan e'lon qilingan hisobotda Finlandiya xalqi dunyoning eng savodli va eng ko'p kutubxonalarga tashrif buyuradigan xalq ekanligi ta'kidlangan.


Statistika ma'lumotlariga ko'ra, 5,5 million aholisi bo'lgan Finlandiyada kutubxonalardan yiliga 68 millionga yaqin kitob o'qish uchun olinadi. Ularda “kitob o'qib olim bo'larmiding” degan qarashlar umuman yo'q. Aksincha, kitobga barcha muammolarning yechimi sifatida qarashadi.


Darhaqiqat, har bir inson oliy ma'lumotli bo'lishi shart emas. O'z kasbining ustasiga aylanib ham jamiyatda o'z o'rnini topishi mumkin. Lekin har bir odam kitob o'qishi kerak deb hisoblayman. Hech bo'lmaganda kitob mutolaasi o'z hayotingizni go'zalroq qilishga yordam beradi.


Finlar ta'limni nafaqat bilim olish, balki millatni uyg'otish, rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun vosita deb bildilar. O'qituvchilarga berilgan erkinlik, ularning mas'uliyatini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, o'quvchilarga uy vazifalarining berilmasligi, maktabning asosiy vazifasi ta'lim berish ekanligini yana bir bor ta'kidlaydi.


“Odatda, ishlamasdan yoki ishlab chiqarmasdan farovon hayot kechirish usullarini qidiradigan va topadigan Finlandiya tajribasi bizga bir haqiqatni isbotlaydi: millatning yuksalishi nafaqat tabiiy boyliklarga, balki ma'rifatga, ta'limga, insonlarga ishonchga va shaffoflikka bog'liqdir. Bu o'rinda, “Har bir millat o'zi loyiq bo'lgan boshqaruvga va boshqaruvchiga ega bo'ladi” degan ibora juda o'rinli. Demak, biz o'zgarishni o'zimizdan boshlashimiz, ma'rifatli jamiyat qurishga intilishimiz, ta'limga alohida e'tibor berishimiz va qonun ustuvorligini ta'minlashimiz zarur.


Bu kitobni shunchaki o'qish mumkin emas, har bir so'zini anglash, tahlil qilish va undan xulosa chiqarib, ta'lim tizimimizda qo'llashga harakat qilishimiz kerak. Shunda biz ham Finlandiyadek muvaffaqiyatli va baxtli jamiyat qurishimiz mumkin.


Rossiyada bo'lgani kabi, Yevropaning ba'zi mamlakatlarida ham jamoatchilikka ishonchsizlik muhiti hukm suradi. Shuning uchun nazoratchilarga nazoratchilar kerak bo'ladi. Finlandiyada esa, jamiyatga ishonch muhiti hukmronlik qiladi. Ular nazoratga emas, balki insonlarga ishonishadi. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatning hamjihat bo'lishiga va rivojlanishiga yordam beradi.


Finlandiyada uysizlar umuman yo'q. Barcha uysizlarga davlat uy qurib beradi. Buning uchun insonlar yillar davomida ishlab pul yig'ib va boshlaridan oshgunga qadar qarzga botishga majbur emaslar. O'qituvchilar darslarni o'zlari istaganlaridek rejalashtiradilar va ularga hechkim uni yo buni qil deb aytmaydi. O'quvchilarga uy vazifalari berilmaydi, chunki ular o'qish joyi bu faqatgina maktab va o'quvchilar maktabda o'qishlari kerak deb hisoblaydilar. O'qituvchilar qachonki magistrlikni tamomlasalar undan keyin malaka oshirishlarga jo'natilgan holda dars berish huquqiga ega bo'ladilar. Hech kim to'rt yillik bakalavrdan keyin shunchaki dars o'tib keta olmaydi. O'qituvchilik Findlandiyada eng mas'uliyatli va sharafli kasbdir.


Finlandiya tajribasi bizga bir haqiqatni isbotlaydi: millatning yuksalishi nafaqat tabiiy boyliklarga, balki ma'rifatga, ta'limga, insonlarga ishonchga va shaffoflikka bog'liqdir. Bu o'rinda, “Har bir millat o'zi loyiq bo'lgan boshqaruvga va boshqaruvchiga ega bo'ladi” degan ibora juda o'rinli. Demak, biz o'zgarishni o'zimizdan boshlashimiz, ma'rifatli jamiyat qurishga intilishimiz, ta'limga alohida e'tibor berishimiz va qonun ustuvorligini ta'minlashimiz zarur.


Bu kitobni shunchaki o'qish mumkin emas, har bir so'zini anglash, tahlil qilish va undan xulosa chiqarib, ta'lim tizimimizda qo'llashga harakat qilishimiz kerak. Shunda biz ham Finlandiyadek muvaffaqiyatli va baxtli jamiyat qurishimiz mumkin.


Mashhura JO'RAQULOVA


“ISHONCH”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs